«yuridik psixologiya» fanidan


Download 58.67 Kb.
bet9/12
Sana18.06.2023
Hajmi58.67 Kb.
#1569849
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
yangi 6 yuridik

Reaktiv psixozlar – og‘ir ruhiy jarohatlar oqibatida paydo bо‘lib, psixotik darajadagi buzilishlar, ya’ni ruhiy buzilishlarda namoyon bо‘ladi. Ruhiy jarohat deganimizda, yong‘in, yer qimillashi, yaqin odamini olamdan о‘tishi, seksual mojarolar, xizmat joylaridagi turli janjallar yoki uzoq davom etgan ruhiy jarohat holatlarini ham inobatga olish lozim. Bunday holatlarda insonlarda suitsidal xulq-atvor kо‘rinishlari paydo bо‘lishini ham inkor etib bо‘lmaydi. Reaktiv psixozning paydo bо‘lishida ikki omilni inobatga olish lozim, bu esa ruhiy jarohatning kuchi va о‘ziga xosligidir (boshidan kechirgan kasalliklar, yoshi, aqliy rivoji va b.).
Nevrozlar – funksional-qaytish xususiyatiga ega bо‘lib, ruhiyatni shikastlovchi omillarga nisbatan shaxsning reaksiyasidir. Uning paydo bо‘lishi kuchli yoki surunkali ruhiy jarohat, emotsional zо‘riqish, uzoq vaqt davomida charchash, uyqusizlik oqibatida bо‘lishi mumkin. Unda psixik buzilishlar psixotik darajaga yetib bormaydi, ya’ni о‘rganish-in’ikos faoliyatining buzilishiga olib kelmaydi. Bemorlar о‘z holatlariga tо‘g‘ri va tanqidiy qaray oladilar, о‘zlarini boshqara oladilar. Shu bilan birga, nevrotik ruhiy buzilishlar о‘ziga xos dinamikaga ega: nevrotik reaksiyalar, nevrotik holatlar, uzoq chо‘zilgan nevrotik holatlar natijasida shaxsning patologik nevrotik shakllanishidir.
Nevrozlar – eng kо‘p tarqalgan kasallik hisoblanadi. Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda nevrozlar taxminan 5–15%ni tashkil etadi. Nevroz holatining kechishida nafaqat ruhiy, balki somatovegetativ buzilishlar rо‘y beradi (bemorlar bosh og‘rig‘i, ichki organlarda turli noxush sezgilarni his qilish).
Nevrozni juda kо‘p uchraydigan turi – nevrasteniY. Uning о‘ziga xos belgilari quyidagicha:
– tez charchab qolish (ayniqsa, kunning oxirida);
– serjahllik, psixik giperesteziya (qattiq tovushlarni va yorqin nurlarni kо‘tara olmaslik), ishtahaning buziligi, uyquning turli buzilishlari (yuzakiligi, bezovtalik, qо‘rqinchli tushlar kо‘rish), “nevrastenik qо‘lqopi” kо‘rinishidagi bosh og‘rishi, erkaklarda potensiyaning susayishi, umumiy darmonsizlanish, samoto-vegetativ buzilishlar (taxikardiya, tez terlash va b.).
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, patopsixologik sindromlarni aniqlashda shaxsning funksional psixologik mexanizmlari muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham kriminologik nuqtai nazarda tizimli shakllanuvchi omil sifatida shaxs yetakchi о‘rinni egallaydi. Psixopatik shaxslar xulq-atvorining motivatsiyasini о‘rganish shuni kо‘rsatadiki, psixopatik о‘z-о‘zini anglash motivini amalga oshirishda ijtimoiy holatlar bilan bog‘liqlik, ya’ni ham g‘ayriijtimoiy, hamda ijtimoiy jihatdan maqbul shaklda bо‘lishi mumkin. Isterik psixopatlar mashhur firibgarlar yoki ihtidorli aktyorlar bо‘lishi mumkin. Jinoyatchilik harakatlarining qonuniyatlarini ruhiy buzilishlari bor shaxslarda ijtimoiy jihatdan maqbul yoki g‘ayriijtimoiy xulq-atvor belgilarini kompleks tarzda о‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.



Download 58.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling