«yuridik psixologiya» fanidan


Sudlanuvchi shaxsning individual psixologik xususiyati va sodir etilgan jinoiy voqeaning psixologik holatlarini aniqlash


Download 58.67 Kb.
bet11/12
Sana18.06.2023
Hajmi58.67 Kb.
#1569849
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
yangi 6 yuridik

2.2.Sudlanuvchi shaxsning individual psixologik xususiyati va sodir etilgan jinoiy voqeaning psixologik holatlarini aniqlash.

Guvohlar va jabrlanuvchilarni so‘roq qilishga tayyorgarlikning psixologik jihatlari quyidagi asosiy qismlardan tarkib topadi:


1) reja tuzish, ish materiallarini o‘rganish va aniqlik kiritilish lozim bo‘lgan masalalar tahlili;
2) so‘roq qilinadigan shaxsni o‘rganish;
3) muvaffaqiyatli so‘roq uchun zarur sharoitlarni ta'minlash;
4) tergovchining xulq-atvori va o‘zini hozirlashi.
Reja so‘roqning asosi bo‘lib hisoblanadi, unda aniqlik kiritilishi uchun zarur savollar, ularning mazmuni va tartibi belgilab qo‘yiladi. So‘roqdan avval ish materiallarini o‘rganish, guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilish chog‘ida aniqlanishi kerak bo‘lgan savollar doirasi bilan bog‘liq dalillarni tahlil qilish zarur.
So‘roqqa kirishishdan avval guvohlar va jabrlanuvchilar shaxsiyatini o‘rganish talab etiladi. Ularning tarjimai holi, shaxsiy-tipik yoshlari bilan bog‘liq xususiyatlar, psixologik rivojlanganlik darajasi, kasb-kori, qiziqish doirasi, jinoiy xatti-harakatga aloqadorligi va hokazo ma'lumotlar shular jumlasidandir. Rasmiy so‘roq oldidan, bevosita tanishuv chog‘ida tergovchi gumondor, guvoh yoki jabrlanuvchining tashqi qiyofasi, madaniyati, nutqining alomatlari, psixofiziologik ta'sirot va holatlari (hayronlik, loqaydlik, hayajon, qo‘rquv, xotirjamlik, dushmanlik va hokazo)ni kuzatish orqali ularning tergovga yordam berish istagi yoki aksincha iloji boricha kamroq, ahamiyatsiz, yolg‘on ma'lumotlar berish bilan cheklanishga intilishi haqida muayyan tushuncha hosil qiladi. Guvoh yoki jabrlanuvchi shaxsiyatiga oid ma'lumotlar psixologik muomala (kontakt) o‘rnatish, so‘roqning eng maqbul yo‘sinini (taktikasini) tanlashda qo‘l keladi. Guvoh va jabrlanuvchilarni chaqirtirish vaqti va usuli, shuningdek tergov harakati o‘tkazilayotgan sharoit va joy alohida psixologik ahamiyatga ega. Umumiy qoidaga ko‘ra guvoh va jabrlanuvchilar imkoni boricha zudlik bilan so‘roq qilinmog‘i kerak. Biroq bu yerda ham istisnolar mavjud. Agar jabrlanuvchi, ba'zan esa guvoh ko‘z o‘ngida sodir etilgan jinoyat tufayli ruhiy hayajonga tushgan, asablari qaqshagan, o‘zini yo‘qotib qo‘ygan bo‘lsa so‘roqni kechiktirgan ma'qul.
Bezorilik, bosqinchilik, nomusga tegish kabi jinoiy ishlarning tergovida zudlik bilan so‘roq qilish bilan birga jinoyatchini qidirib topish va hibsga olish uchun zarur ma'lumotlar jamlanganidan keyin, guvoh va jabrlanuvchilarni qaytadan, batafsil so‘roq qilish maqsadga muvofiqdir.
Psixologik nuqtai nazardan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roqqa chaqirish vaqtini belgilayotib, ish manfaatlari bilan chaqirilayotganlarning imkoniyatlari va manfaatlarini uyg‘unlashtirishga intilish lozim.
Agar chaqirilayotgan shaxslarning ko‘rgazmalari ish uchun juda ham ahamiyatli bo‘lsa, ularni chaqirish uchun telefondan foydalanish afzalroqdir. Telefon orqali so‘zlashuv psixologik muomala (kontakt) o‘rnatilishiga imkon beradi, bundan tashqari so‘roqqa maxsus chaqiruv qog‘ozi bilan ham chaqirtirish mumkin, ular guvoh, jabrlanuvchining uyiga albatta konvertga solib jo‘natiladi.
Jabrlanuvchi, guvohni so‘roq qilishning joyini belgilash ham psixologik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Misol uchun, jabrlanuvchi yoki guvohlar jinoyatga oid muhim tafsilotlarni unutgan bo‘lsalar, ularni voqea yuz bergan joyda so‘roq qilish maqsadga muvofiq bo‘lib hisoblanadi.
So‘roq joyini tanlayotgan paytda odob-axloqqa oid mulohazalarni ham e'tibordan soqit qilmaslik kerak. Yoshi o‘tib qolgan yoki bemor kishilarni tergovchi huzuriga chaqirtirish tavsiya etilmaydi. Tergovchining o‘zi ularning oldiga borishi va o‘sha joyning o‘zida so‘roq qilishi kerak. Agar buning imkoniyati bo‘lmasa, ushbu ish bo‘yicha surishtiruv olib borilayotgan joydagi tegishli tergovchiga shaxsni yashash joyida so‘roq qilishga oid alohida topshiriq yuborish lozim. Bemor jabrlanuvchi yoki guvohni faqat vrachning ruxsati bilan, u yotgan joyda (uyida yoki kasalxonada) so‘roq qilish mumkin.
So‘roq kutilgan natijani berishi ko‘p jihatdan o‘tkazilayotgan sharoitiga bog‘liq. Bitta ish bo‘yicha chaqirilgan guvohlar alohida-alohida, boshqa guvohlarsiz so‘roq qilinadi. Ayni chog‘da tergovchi bitta ish bo‘yicha guvohlar bir-birlari bilan kelishib olmasliklari uchun tegishli choralarini ko‘rishi zarur. Butun so‘roq mobaynida tergovchi, ayblanuvchi, guvoh yoki jabrlanuvchini hech narsa chalg‘itmasligi, telefon qo‘ng‘iroqlari, kirib-chiqayotgan xodimlarning gap-so‘zlari tergovchiga xalaqit bermasligi muhimdir. E'tiqodli (printsipial), adolatparvar, halol, va odobli tergovchi so‘roq qilayotgan kishining hurmatini qozonadi, unda rostmana ko‘rgazmalar bilan tergovchiga yordam berish istagini uyg‘otadi. So‘roq qilinayotgan shaxsning ko‘ngliga individual-psixologik nuqtai nazardan yo‘l topish tergovchining eng muhim xususiyatlaridan hisoblanadi. Buning uchun tergovchi so‘roq qilinayotgan kishining yoshi, manfaatlari, jinsi, ma'lumoti, turmush tajribasi, madaniyatlilik darajasi, e'tiqodlari, so‘roq paytidagi psixik kechinmalarini e'tiborga olib, o‘zaro ishonch vaziyatini tug‘dirishga intilishi lozim. Tergovchining tashqi ko‘rinishi, yaxshi xulq-atvori, sarishtaligi, kirishimliligi, odamgarchiligi, diqqat-e'tiborliligi, xushmuomalaliligi hamohang ravishda so‘roq qilinayotgan shaxsda ishonch va muomalaga hozirlik kayfiyatini uyg‘otadi.
So‘roqning dastlabki, kirish qismida tergovchi so‘roq qilinayotgandan asosan tarjimai holi, yashash va ishlash joyi kabi ma'lumotlarni (anketa ma'lumotlarini) oladi. Mohiyat-e'tiboriga ko‘ra bu savol-javoblar suhbatdoshlarning bir-biriga nisbatan bundan keyingi munosabatlarini belgilab beradi.
So‘roqning ikkinchi bosqichi psixologik muomala (kontakt) o‘rnatishni taqozo etadi, bunda so‘roq qilinayotganning hozirjavobligi, rosmana ko‘rgazma berishga shaylangani tushuniladi. Bu bosqichda so‘roq suhbatning maromi, ohangi, emotsional darajasi, suhbatdoshlarning kechinmalari va bir-birlarini ishontirish uchun keltiriladigan, o‘zlarining haqliklarini ta'kidlaydigan dalil-isbotlar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Jabrlanuvchi va guvohlarning ijtimoiy-psixologik fazilatlariga ta'sir o‘tkazish orqali psixologik muloqot (kontakt) o‘rnatilishi mumkin. Ba'zan tergovchi o‘ziga ishonch uyg‘otish, jabrlanuvchi va guvohlarda suhbatlashishga ishtiyoq tug‘dirish, o‘zi bilan ularning mayl-ehtiyojlari, qiziqish doiralari o‘rtasida umumiylikni namoyon qilish orqali psixologik kontakt o‘rnatishga erishadi.
Tergovchi guvoh va jabrlanuvchilarning ko‘rgazmalariga xayrixohlik va ishonch bilan munosabatda bo‘lishi shart. U tomondan qo‘pollik, istehzo, nazar-pisand qilmaslik, ishonchsizlik, shoshqaloqlik, e'tiborsizlik kabi muomala ko‘rinishlariga yo‘l qo‘yilishi tergov samarasiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
So‘roq qilinayotgan kishi voqea tafsilotlarini o‘z bilganicha so‘zlab berganidan keyin, tergovchi uning tergovni qiziqtirayotgan holatlarni tilga olmayotgani yoki mavzudan chetga chiqib ketayotganini payqasa, qo‘shimcha, aniqlik kirituvchi savollarni beradi.
Jinoiy ishlar tergov qilinayotganda ko‘pincha jabrlanuvchi, guvohlarni tergov qilayotib ular aytib berayotgan voqea sodir bo‘lgan aniq vaqtni tasdiqlab olish zaruriyati tug‘iladi. Tergovchi so‘roq qilinayotgan kishining esiga tushiruvchi mulohazasi bilan unga yordamlashishi mumkin. Ana shu maqsadda xronometraj usuli ham qo‘llanadi. Muqaddima tarzida guvoh yoki jabrlanuvchi uchun xotirasidan o‘chmaydigan bironta sana, voqea eslatiladi, so‘ngra tergovchi o‘sha kuni uning yana nimalar bilan shug‘ullangani, faoliyatining maromi, muddatlari bilan qiziqib, shu orqali o‘sha kunni tergovni qiziqtirayotgan daqiqalargacha vaqt jadvaliga soladi.
So‘roqning yakuniy bosqichida tergovchi turlicha vositalar: qo‘lyozma, mashinka yoki kompьyuter yozuvi, audio, video yozuv bilan so‘roq jarayonida olingan ma'lumotlarni qayd etib, so‘roq qilinayotgan kishiga yozma ravishda topshiradi, u tanishib chiqib, o‘z imzosi bilan bayonnoma (protokol)dagi ma'lumotlarning asliga to‘g‘riligini tasdiqlaydi.
So‘roq mobaynida so‘roq qilinayotgan kishining kechinmalarini aniqlab olish maqsadida uni diqqat bilan kuzatish lozim, negaki uning ichki kechinmalari tashqi qiyofasida, xulq-atvorida, eshitgan ma'lumotlarni qanday qabul qilishida, nutqining xususiyatlari (maromida, mazmuniga ko‘ra bog‘liqligi, takrorlar, uzuq-yuluqligi va hokazo)da yaqqol ko‘zga tashlanadi. Misol uchun, rangning oqarishi yoki qizarishi, nutq tezligi va maromining o‘zgarishi, duduqlanish, qaltirash, to‘xtamay gapirish, chala-chulpa so‘zlash, ovozni balandlatish yoki xaxolay boshlash, nafas olishining tezlashishi yoki sekinlashishi qattiq hayajonlanishdan dalolat beradi. Bunday psixologik kechinmalarni qayd etish so‘roq berayotgan kishi qay paytda rost, qay paytda yolg‘on aralashtirib yoki faktlarni bo‘rttirib gapirayotganini aniqlab olishga ko‘maklashadi.


XULOSA
Sud-psixologik ekspertizasi predmeti shundan iboratki, bu yerda ayiblanuvchi, sudlanuvchi, guvoh va jabrlanuvchi kо‘rsatmalarining tо‘g‘ri yoki notо‘g‘riligini aniqlash emas. Bu tergov va sudning vakolatlariga kiradi. Sud – psixologik ekspertizasining asosiy vazifasi psixik jarayonlarning kechishi natijasida, sо‘roq qilinuvchi shaxsning individual xususiyatlariga kо‘ra, isbot uchun tegishli bо‘lgan faktlarni u tomonidan adekvat qabul qilinishi, eslab qolishi va sо‘zlab berish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Sud-psixologik ekspertizasi -sud ekspertizalarining bir turi bо‘lib u sud ishlarini yuritilishida adolatni о‘rnatish vositasi bо‘lib hisoblanadi.
Qonunda belgilanishicha, ekspertizani о‘tkazish majburiydir. Bu jarayon davomida:
- о‘limning sabablari va tan-jarohatlarining xarakterini aniqlash;
- ayiblanuvchi yoki gumon qilinuvchi shaxslarning psixik holatlarini aniqlash;
- о‘z harakatlariga javob bera olishiga yoki tartibga solishga qodirligi, guvoh va jabrlanuvchi shaxslarning ruhiy va jismoniy holatlarini aniqlash (bu jarayon jinoiy ishning holatlarini tо‘g‘ri qabul qilish va ular asosida tо‘g‘ri kо‘rsatmalar berishda amalga oshiriladi);
- ayiblanuvchi, gumon qilinuvchi, guvoh va jabrlanuvchi shaxs-larning yoshini aniqlash kabi savollar belgilanadi.
Tergov ishi bо‘yicha quyidagi ekspertiza turlari belgilanadi:

  • sud-meditsina;

  • sud-psixiatriya;

  • sud-psixologik;

  • har tomonlama, ya’ni, sud meditsina, sud psixiatriya, psixologik ekspertizalar.

Ekspertizalarning har bir turlari bilan tergovchi yaxshi tanish bо‘lishi lozim, chunki bu bilimlar ekspertiza masalalariga oid savollarni hal etishga imkoniyat beradi. Sud-psixologik ekspertizasi -yuridik doirasiga oid savol-larni hal etmaydi (ya’ni: kо‘rsatmalarning tо‘g‘ri yoki notо‘g‘riligini aniqlash; jinoyatning motivlari va maqsadi; aybining turlarini belgilashi). Sud-psixologik ekspertizasi – psixik jarayonlarning kechish holatlarini aniqlaydi (ya’ni: qabul qila olish, xotira, tafakkur, tasavvur qilish, sezish jarayonnlarining jihatlari va h.k.) Tergovchi о‘zining nuqtai nazari va ish holatiga kо‘ra eksper-tizani tayinlaydi, chunki har vaqt ham ekspertning yordamiga muxtoj bо‘lavermaydi. Lekin undan bosh tortish ham tergov ishiga ta’luqli dalillarni yо‘qatish bilan teng. Ekspertizani kerakli vaqtda va kerakli yerda о‘tkazish lozim.
Sud-psixologik ekspertizasini о‘tkazish uchun tergovchi quydagi tashkiliy ishlarni olib boradi:

  • о‘rganish uchun kerakli bо‘lgan obyektni;

  • tо‘g‘ri keluvchi muassasalarni tanlaydi.

Ekspert tergovchi sud oldida javob beradi va о‘z ishiga baho oladi. Agarda sud-psixologik ekspertizasi natijalari qoniqarli va tushunarli bо‘lmasa tergov jarayoni ishtirokchilariga qayta eksper-tiza tayinlanishi belgilanadi.
Tergovchi va ekspert о‘rtasida psixologik munosabatlarning о‘rnatilishi muhimdir (bir birini hurmat qilish, ishonish, ishdagi hamkorlik ...).
Tergovchi tomonidan ekspertga ta’sir о‘tkazish taqiqlanadi. Tergovchi tomonidan quydagi ta’ziq о‘tkazish shakillari man etiladi:

  1. ekspertga shaxsiy fikrini singdirish;

  2. shaxsiy manfaatidan foydalangan holda unga psixologik bosim о‘tkazish;

  3. ekspertiza muddatini qisqartirish maqsadida о‘ta sodda usullarni qо‘llashni talab qilish.

Ayblanuvchining protsessual huquqlarini ta’minlash va psixologik muhitni qо‘llash maqsadida tergovchi ayiblanuvchiga sud-psixologik ekspertizasining о‘tkazilish sabablari, uning mazmuni va natijalari tо‘g‘risida tushuntirish ishlarini rolib boradi. Ekspert-psixolog xulosalarining tо‘g‘riligi haqida gap yuri-tish uchun tergovchi о‘zi har tomonlama bilimlarga ega bо‘lishi lozim. Tergov amaliyoti shuni ta’kidlaydiki, insonlarning hayoti, sog‘-lig‘i, ozodligi va shaxsiyati, mulki, jamiyat xavfsizligi, jamiyatdagi tartiblarga qarshi jinoiy ishlar, balog‘at yoshidagi jinoiy ishlari, yо‘l-transport hodisalariga tegishli vaziyatlar sodir bо‘lganda sud-psixologik ekspertizasining kerakligi ma’lum bо‘ladi. Kо‘p hollarda ekspertiza obyektlari bо‘lib balog‘at yoshdagi qonunbuzarlar bо‘lishi mumkin. Odatda, ularning kо‘rsatmalariga bu yoshdagi hayolparastlik, boshqa odamlarning ta’siri katta ahamiyatga ega bо‘lishi mumkin. Ekspert-psixolog zimmasiga quyidagi obyektiv holatlarni aniqlash yuklaniladi:

  • charchagan hollar;

  • qattiq qо‘rquv;

  • katta musibat;

  • depressiya va h.k.lar.

Bu holatlar jabrlanuvchining harakatlaridan kelib chiqqan bо‘lsa, uning jazosi yengil bо‘lishi mumkin. Boshqa tomondan bular orqali jinoyatning tarkibi aniqlanadi. Sud-psixologik ekspertizasini о‘tkazish uchun maxsus mutaxas-sislarning ishtiroki kerak bо‘ladi (ya’ni ilmiy tadqiqot laboroto-riyalarda ishlaydigan kishilar va h.k.). Chunki zamonaviy tadqiqot usullar orqali sifatli ekspertiza о‘tkazilishi lozim. Sud-psixologik ekspertizasi natijalari yozma ravishda rasmiylashtiriladi. Oxirgi vaqtlar ichida majmuali ekspertizalar qо‘llaniladi (sud-psixologik–psixiatrik). Bu yerda bir necha mutaxassislarning tizimli yondoshuvi orqali ma’lumotlar yig‘iladi.Ekspert-psixologning diqqat markazida jinoyatchi shaxs gavda-lanadi. Demak, bu yerda ekspert-psixolog shaxsning ongi, uning chuqurligi va qilmishiga munosabati, oila va jamiyatdagi о‘rni, jinoiy guruhdagi о‘rni kabi savollar bilan qiziqadi.

Download 58.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling