«yuridik psixologiya» fanidan


Psixik faoliyatning psixogen dezorganizatsiyasi reaktiv holatlarda kuzatiladi va quyidagilarni


Download 58.67 Kb.
bet8/12
Sana18.06.2023
Hajmi58.67 Kb.
#1569849
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
yangi 6 yuridik

Psixik faoliyatning psixogen dezorganizatsiyasi reaktiv holatlarda kuzatiladi va quyidagilarni о‘z ichiga oladi, xususan:

Reaktiv holatlar jinoyat sodir qilgan shaxslar orasida tez-tez uchrab turadi. Bu holat orqaga qaytuvchi va vaqtinchalik psixik faoliyatning buzilishi, kuchli ruhiy shikastlanishga ta’sir javob reaksiyasi hisoblanadi. Reaktiv holatning chuqurligi psixogen (mikrosotsial ziddiyat, turli kuch va davomiylikdagi ruhiy shikastlanish) omillar sababli paydo bо‘lgan psixologik reaksiyadan tortib (uning asosida emotsiyaning fiziologik mexanizmi yotadi) to og‘ir reaktiv psixoz (uning asosini oliy nerv faoliyatining chuqur patofiziologik buzilishlari tashkil etadi) holatigacha bо‘lishi mumkin. Shunday qilib, ushbu holatga quyidagilar xosdir:

  • ruhiy shikastlanish bilan bog‘liqlik;

  • og‘ir iztiroblarda kо‘rinadigan psixik travma;

  • psixik travmani bartaraf etish bilan holatni tо‘xtashi.

V.M. Bleyxer va I.V. Kruklar (1986) psixogen sindromlarni psixogen-psixotik (klinikada – reaktiv psixoz) va psixogen-nevrotik (klinikada – nevroz va nevrotik reaksiya) reaksiyalariga ajratishgan [4]. Hozirgi kunda reaktiv holatlarning quyidagi formalari ajratilgan:

  • Affektiv, shok bilan bog‘liq bо‘lgan psixogen reaksiY. Bu holat inson hayotiga real xavf solinganda, ommaviy falokatli vaziyatlarda uchraydi. Bunda inson yoki ma’nosiz, tartibsiz xatti-harakatlarni amalga oshiradi, yoki umuman harakatsiz bо‘lib qoladi;

  • Depressiv psixogen reaksiya yoki reaktiv depressiY. Hayotiy omadsizlik yoki yо‘qotish hissining oqibatida kuchli va uzoq davom etgan iztiroblar natijasida paydo bо‘ladigan holat;

  • Reaktiv (psixogen) vasvasa psixozi, isterik reaksiyalar va psixozlar. Oxirgi ikki kо‘rinishi (vasvasa va isterik holatlar) kо‘pincha sud-psixiatrik va penitensiar amaliyotida uchraydi. Reaktiv holatlarni jazoni о‘tash vaqtlarida, ayniqsa adaptatsion paytlarida kuzatish mumkin. Shuning uchun reaktiv holatlarni о‘rganish kriminologiya va jinoiy huquq sohalarida ham alohida о‘rin tutadi.


Download 58.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling