«yuridik psixologiya» fanidan
Download 58.67 Kb.
|
yangi 6 yuridik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixastenik psixopatlar
- 1.2 Jinoyatchilar ichida tarqalgan psixik anomaliyaning ko’rinishlari
- Oligofreniya
Asteniklarda о‘zlarini baholash pasaygan, ta’sirotlarni yuqori darajada qabul qilish, atrofdagilarning qо‘pol harakatlaridan aziyat chekish, yangi sharoitga qiyin moslashish, о‘z sharoitini о‘zgartirishni istamaslik, tez charchash, о‘z-о‘zini koyish, о‘z-о‘zini ayblash, kо‘pchilikni oldiga chiqish qiyinligi holatlariga xos belgilar mavjud. Astenik simpomatika fonida yolg‘izlikka intilishi ularni psixologik himoyalanish mexanizmidan dalolat beradi.
Psixastenik psixopatlar asteniklar bilan kо‘p tomondan о‘xshash bо‘lib, ulardan farqli о‘laroq о‘ziga ishonchning pastligi, uyatchanlik, tortinchoqlik, kamgaplik, ikkilanish, qaror qabul qilishning qiyinligi, harakatlarini va qilgan ishlarini kо‘p tahlil va mushohada qilish kabi xislatlari bilan ajralib turadilar. Ular о‘zlarining sog‘liqlari haqida ikkilanadilar, arzimagan sezgilarga, havo yetishmasligiga, charchoqlarga katta e’tibor bilan qaraydilar. 1.2 Jinoyatchilar ichida tarqalgan psixik anomaliyaning ko’rinishlari Jinoyatchilar ichida tarqalgan psixik anomaliyaning uchinchi kо‘rinishi – bosh miyaning organik shikastlanishi, ayniqsa bosh miyaning travmatik jarohati hisoblanadi. Bunday holatlarda bosh miya jarohatining asoratlari birinchi navbatda travmatik asteniya belgilari bilan kuzatiladi. Ularga, serjahllik va tez holdan toyish, charchash, ikkilanish va xavotirlikni oson paydo bо‘lishi, kо‘ngil bо‘shliklar kiradi. Shu bilan birga, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, parishonxotirlik, unutuvchanlik, diqqatni jalb qilishning qiyinligi paydo bо‘ladi. Bolalik va о‘spirinlik davrlarida olingan bosh miya jarohatlari oqibatidagi buzilishlar tez rivojlanib, turg‘unligi bilan ajralib turadi. Unda kayfiyatning tez о‘zgaruvchanligi va isterik reaksiyalar paydo bо‘ladi. Kayfiyatning past paytlarida badjahllik, kо‘tarinki paytida esa telbanamo harakatlar xosdir. Ayniqsa, anomaliyaga alkogolizmning aralashishi uni og‘irlashtiradi. Bosh miya jarohati va alkogolizmning birligi psixopatologik buzilishlarga olib kelib, huquqbuzarlikni kelib chiqishiga extimolni oshiradi. Shuning uchun ham kriminologik maqsadda kasallikni о‘z vaqtida oldini olish muhim ahamiyat kasb etadi. Ba’zi bir tadqiqotchilarning ilmiy natijalariga kо‘ra, yetarli darajada adaptatsiyasi bо‘lmagan о‘smirlarning ¾, voyaga yetmaganlarning 1/3, qismida va yosh jinoyatchilarda miyaning organik shikastlanishining (ensefalopatiya) belgilari mavjud. Shunday qilib, organik simtomokompleksning о‘ziga xos xususiyatlarini kо‘rib chiqamiz. Bunda: intellektning umumiy pasayishi; oldingi ma’lumotlarni va bilimlarni buzilishi; mnestik buzilishlar (operativ va uzoq muddatli xotira); aqliy faoliyatning va diqqatning buzilishi; tafakkurning maqsadiyligi va operatsional tarafining buzilishi; emotsional holatidagi affektiv noturg‘unlik о‘zgarishlar; о‘z-о‘zini boshqarish va tanqidiy qobiliyatning buzilishi. V.M. Bleyxer va I.V. Kruklar (1986) organik kasallarni ekzogen-organik va endogen-organik sindromlariga ajratishgan. Klinik sharoitlarda ekzogen-organik sindromlariga serebral aterosklerozi, bosh miya jarohati natijasi, toksikomaniya va boshqalar kiradi, deb ta’kidlashgan. Endogen-organik sindromini haqiqiy epilepsiya va bosh miya protsessidagi birlamchi atrofiya (ensefalopatiya) bilan bog‘lashgan. Kriminogen ahamiyatga ega bо‘lgan oligofrenik simtomokompleksga quyidagilar xosdir: tushunchalarni shakllantirish va ta’lim olishga qobiliyat-sizlik; intellektning yetishmasligi; umumiy ma’lumotlar va bilimlarni yetishmasligi; tafakkurning soddaligi va konkretligi; abstraksiyaga qobiliyatsizlik; yuqori darajada ta’sirga beriluvchanlik, emotsional buzilishlar. Oligofreniya – bu tug‘ma yoki erta orttirilgan (birinchi uch yil) aqli zaiflik hisoblanadi. Unda intellektga doir psixik yetilmaganlik, bosh miya faoliyatining boshlang‘ich rivojlanish davrlaridagi buzilishlar (ona qornidaligi birinchi oylar) yoki irsiy miya faoliyatining tо‘liq emasliklari kiradi. Oligofreniyaning tarqalishi ham tibbiyot sohasining hamda kriminologiyaning muammosi hisoblanadi [3]. Download 58.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling