Yuridik texnikumlarda huquqshunos mutaxassisligi


Oriental Renaissance: Innovative


Download 82.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana17.06.2023
Hajmi82.32 Kb.
#1528561
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
132 Norboboyev Baxtiyor Jaxongir ogli 836-844

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(4), April, 2023 
837 
Ushbu qaror va nizom asosida Yuridik texnikumlarda taʻlim tizimi tashkil etilib 
kelinmoqda. Quyida ushbu qaror va nizom bilan batafsil tanishib chiqamiz. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik 
taʻlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar 
toʻgʻrisida” 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, 
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi taʻlim muassasalarida kredit-
modul tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi Toshkent davlat yuridik 
universiteti hamda yuridik texnikumlarda kredit-modul tizimini (Kredit toʻplash va 
koʻchirishning Yevropa tizimini) joriy etish belgilangan. 
Ushbu tizimga koʻra oʻquv rejasi majburiy va tanlov fanlari asosida ishlab 
chiqiladi hamda taʻlim oluvchiga oʻzining taʻlim dasturini mustaqil shakllantirish 
imkoniyati yaratiladi. Taʻlim oluvchi tomonidan muayyan modul (fan) boʻyicha 
oʻzlashtirilgan oʻquv yuklamasi kreditlar asosida hisoblanadi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlarida oʻquv yili 
(semestr) boshida oʻquvchilarning shaxsiy taʻlim trayektoriyasi shakllantiriladi
oʻquvchilar fan (modul) va oʻqituvchilarni tanlash boʻyicha roʻyxatdan oʻtkaziladi 
hamda akademik guruhlar shakllantiriladi. Har oʻquv yilida oʻquv rejasiga muvofiq 
dars jadvali shakllantiriladi va oʻquv jarayoni amalga oshiriladi hamda doimiy 
ravishda taʻlim natijalari boʻyicha talabaning kreditlari hisoblanadi. 
Shuningdek, yuridik texnikumlarda taʻlim sifati, pedagogik faoliyat darajasi
oʻquv-metodik ishlar, oʻquvchilar va bitiruvchilar bilimini tavsiflovchi maʻlumotlar 
bazasini tizimli shakllantirish hamda ularni reyting indikatorlariga muvofiq baholash 
asosida yuridik texnikumlarning har yili yangilab boriladigan reytingi joriy qilingan. 

Download 82.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling