Yuridik texnikumlarda huquqshunos mutaxassisligi
Oriental Renaissance: Innovative
Download 82.32 Kb. Pdf ko'rish
|
132 Norboboyev Baxtiyor Jaxongir ogli 836-844
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻquvchilarni oʻqishdan chetlashtirish, qayta tiklash, kursdan kursga oʻtkazish
- Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 30 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(4), April, 2023 842 baholash tizimlariga konvertatsiya qilinganligi akademik mobillik toʻgʻrisidagi shartnomada aniq koʻrsatilgan boʻlishi lozim. Qabul qiluvchi ta’lim muassasasida oʻzlashtiriladigan kreditlar miqdori yuridik texnikum (TDYU)da yoki xorijda oʻqish davriga (6 oy yoki 1-2 yil) mutanosib boʻlishi kerak. Joʻnatuvchi ta’lim muassasasi tomonidan oʻquvchi akademik mobillik davrida oʻzlashtirgan (toʻliq yoki qisman) kreditlar tan olinadi. Oʻquvchi joʻnatuvchi ta’lim muassasasiga qaytib kelgach, akademik mobillik davrida toʻplangan kreditlar miqdoridan kelib chiqqan xolda amaldagi tartib- qoidalar asosida uni keyingi kursga oʻtkazish yoki kursda qoldirish belgilanadi. Oʻquvchilarni oʻqishdan chetlashtirish, qayta tiklash, kursdan kursga oʻtkazish Yuridik texnikum oʻquvchilarini oʻqishdan chetlashtirish qonunchilik hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Oʻquvchi chetlashtirilguniga qadar oʻzlashtirgan kreditlar miqdori yuridik texnikum tomonidan toʻliq hajmda hisobga olinadi.Chetlashtirilgan oʻquvchiga belgilangan shakldagi ta’lim toʻgʻrisidagi maʻlumotnoma beriladi. Oʻquvchilar qonunchilik hujjatlari asosida oʻqishini qayta tiklash va koʻchirish huquqiga ega. Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 30 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan oʻquvchi ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan boʻyicha tegishli kreditlarni oʻzlashtirmagan hisoblanadi. Yakuniy nazorat turiga kiritilmagan yoki kirmagan, shuningdek, ushbu nazorat turi boʻyicha qoniqarsiz baho olgan oʻquvchi akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor oʻquvchilar ta’til vaqtida yoki keyingi semestrlar mobaynida tegishli fanlardan oʻzlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy toʻlov- kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda toʻlovni amalga oshirgandan soʻng oʻzlashtirilmagan fanlarni oʻz hisobidan qayta oʻqish huquqiga ega boʻladi. TDYU kengashi qarori bilan auditoriya soatini sababsiz qoldirish foizi qisqartirilishi va akademik qarzdorlikni bir marta bepul topshirishga ruxsat berilishi mumkin. Oʻquvchini kursdan kursga oʻtkazish uning GPA qiymatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Yuridik texnikumlar oʻquvchilarini kursdan kursga oʻtkazishda GPA koʻrsatkichi TDYU tomonidan belgilanadi. GPA koʻrsatkichini toʻplay olmagan oʻquvchi qayta oʻqish uchun tegishli kursda qoldiriladi. Semestr va oʻquv yili yakuni natijalari boʻyicha akademik qarzdorligi bor taʻlim oluvchilar oʻqishdan chetlashtirilmaydi va kursda qoldiriladi. Kursda qolgan oʻquvchilar faqat qarzdor boʻlgan modullarni oʻzlashtirib ularga mos ravishda shartnoma mablagʻlarini toʻlaydi. Shartnoma asosida bir kursda qayta |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling