Yuridik texnikumlarda huquqshunos mutaxassisligi


Fanlarni tanlash imkoniyati


Download 82.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana17.06.2023
Hajmi82.32 Kb.
#1528561
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
132 Norboboyev Baxtiyor Jaxongir ogli 836-844

Fanlarni tanlash imkoniyati 
Oʻqishning dastlabki yillarida soha boʻyicha umumiy bilimga ega boʻlgandan 
soʻng talabalarda ayrim yoʻnalish va fanlar boʻyicha chuqurroq bilimga ega boʻlish va 
kelajakda shu yoʻnalishda ishlashga ishtiyoq paydo boʻlishi tabiiy. Talabalar yildan-
yilga mutaxassis sifatida shakllanib borar ekan, ular uchun oʻqish dasturidagi ayrim 
fanlarning ahamiyati ortib, ayrim fanlarning ahamiyati kamayib boradi. Hozirda 
universitetlar, texnikumlar qatʼiy belgilab qoʻyilgan oʻquv dasturlari asosida ish 
yuritadi. Yaʼni, talabalar oʻqishga kirgandan boshlab to bitirgunga qadar dasturda 
belgilangan barcha fanlarni oʻrganishga majbur. Bu qay darajada toʻgʻri? Taʻlim 
muassasasida taʼlim olayotgan talabalar qatʼiy belgilangan standart oʻquv dasturi 
asosida taʼlim olishi shartmi? Dasturdagi barcha fanlar har bir talabaning qiziqishlari, 
kelajak rejalariga toʻgʻri kelmasa-chi? 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(4), April, 2023 
840 
Aslida, har bir talaba oʻz qiziqishlari, imkoniyatlari, kelajakda qaysi kasbni 
egallashi va bu uchun kerakli fanlarni universitet maʼmuriyatidan koʻra yaxshiroq 
biladi. Talabani majburlab xonada olib oʻtirish mumkin, lekin uning fikr va eʼtiborini 
xonada ushlab oʻtirib boʻlmaydi. Kredit-modul tizimiga oʻtishning muhim 
jihatlaridan yana biri bu – oʻquv dasturiga tanlov fanlarining kirib kelishidir. 
Unga koʻra, talabalar oʻqishning dastlabki yillarida sohaga oid asosiy, umumkasbiy 
fanlarni oʻzlashtirib, soha boʻyicha umumiy bilimni egallab olganlaridan soʻng, 
sohaga oid maxsus fanlarni oʻz qiziqishlaridan kelib chiqib oʻzlari tanlash 
imkoniyatiga ega boʻladilar. Bunda taʻlim muassasasi talabalarga oʻquv yili 
davomida taklif qilinayotgan tanlov fanlarning roʻyxatini va ular haqida batafsil 
maʼlumot taqdim etadi. Talabalar esa ushbu roʻyxat va maʼlumotlar asosida oʻzlari 
qiziqqan fanlarni tanlaydilar. Bu jarayon har bir talaba oʻzining oʻqish dasturini 
maʼlum maʼnoda oʻzi shakllantirishiga imkon yaratadi. Yaʼni, guruhda 50 nafar talaba 
boʻlsa, ularning har biri oʻz qiziqishlariga koʻra oʻz oʻqish dasturlariga ega boʻlishadi. 
Tanlov fanlari soni kursdan-kursga koʻpayib borishi zarur boʻladi. Chunki talaba 
kursdan-kursga oʻtgani sari mutaxassis sifatida shakllanib boradi va unda mustaqil 
qaror qabul qilish qobiliyati ham shakllanib boradi. Taʻlim muassasalari esa asta-
sekinlik bilan talabalarga oʻz fakultetlaridan tashqarida, yaʼni boshqa fakultetlardan 
ham tanlov fanlari olishga imkoniyat yaratishlari zarur. Fanlarni tanlash amaliyoti 
nafaqat talabalar uchun oʻzlari xohlagan yoʻnalish boʻyicha chuqurroq bilim 
olishlariga imkoniyat yaratadi, balki oʻquv dasturidagi fanlar tarkibi tabiiy ravishda 
saralanib borishiga ham xizmat qiladi. Chunki talabalar qiziqish va ehtiyojlariga 
javob bermaydigan fanlar dasturini tark etib borishadi, oʻrganayotgan fanlari 
roʻyxatini davr talablari va qiziqishlariga moslashtirishadi. Bunda oʻqituvchi uning 
fani oʻziga yetarli miqdorda talabalarni jalb qila olishi uchun doimiy ravishda oʻz 
ustida ishlashi, fanning talabalar uchun ahamiyatini saqlab qolish uchun darslar 
sifatini doimiy ravishda yaxshilab borishi zarur boʻladi. Aks holda ushbu fan oʻquv 
dasturidan chiqib ketishi va oʻqituvchi oʻz ishini yoʻqotib qoʻyishi mumkin boʻladi. 
Bu jarayon darslar sifati yaxshilanishiga ham xizmat qiladi. Fanlarni tanlash 
amaliyoti rivojlangan davlatlarda oʻzining foydasini isbotlagan amaliyotdir. Ulardagi 
fan taraqqiyoti, rivojlangan iqtisodiyot, mutaxassislarning salohiyati xususan 
taʼlimdagi aynan shu jihat bilan ham bogʻliq. Kredit-modul tizimi tarixi, uning paydo 
boʻlishi fanlarni tanlash amaliyoti bilan chambarchas bogʻliq. Yaʼni, kredit- modul 
tizimining yuzaga kelishiga tanlov fanlari amaliyoti sabab boʻlgan. Shunday ekan
agar taʻlim muassasasi oʻzida kredit-modul tizimini joriy etsa-yu, oʻquv dasturlariga 
fanlarni tanlash imkoniyatini olib kirmasa, ushbu taʻlim muassasasi tom maʼnoda 
kredit-modul tizimida faoliyat yurityapti, deb boʻlmaydi. 



Download 82.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling