Yuridik texnikumlarda huquqshunos mutaxassisligi


Oriental Renaissance: Innovative


Download 82.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana17.06.2023
Hajmi82.32 Kb.
#1528561
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
132 Norboboyev Baxtiyor Jaxongir ogli 836-844

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(4), April, 2023 
843 
oʻqish soni chegaralanmaydi. Oʻquvchi ikkinchi kursni tugatgandan soʻng ikkala 
bosqichlari uchun belgilangan eng kam kreditlar miqdorini toʻplab, shartnoma 
toʻlovidan qarzi boʻlmasa “bitiruvchi” maqomiga ega boʻladi. Bunda bitiruvchi 
maqomiga ega oʻquvchi modullarni mustaqil oʻzlashtirgan holda muntazam ravishda 
oʻtkaziladigan imtihon sessiyalarida imtihon topshirish yoki yakuniy davlat 
attestatsiyasidan shartnoma-toʻlov asosida oʻtish uchun murojaat qilishi mumkin. 
Oʻquvchi oʻquv rejasida nazarda tutilgan kreditlarni toʻplasa, shu jumladan 
yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli oʻtsa oʻrta maxsus professional 
ma’lumot darajasiga ega boʻladi. 
Yuridik texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlab TDYUga oʻqishga yakka 
tartibdagi suhbat orqali qabul qilingan talabalarning TDYUning birinchi kursi uchun 
yuridik texnikumlarda toʻplangan kreditlari TDYU kengashi qarori bilan koʻchiriladi. 
Yuridik texnikumlarda ta’lim olishning toʻlov qiymati qonunchilik hujjatlariga 
muvofiq Adliya vazirligi tomonidan mustaqil belgilanadi. 
Oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt 60 kredit miqdorida hisoblanadi. 
Oʻzlashtirishlari shart boʻlgan (majburiy va tanlov modullar doirasida) kreditlardan 
tashqari oʻquvchilarga oʻz ixtiyorlari bilan qoʻshimcha modulni qoʻshimcha toʻlov 
asosida oʻzlashtirishiga ruxsat etiladi. 
Fanlar boʻyicha qayta ta’lim olish uchun toʻlov qiymati Adliya vazirligi 
tomonidan butun oʻquv yilining kontrakt summasidan kelib chiqqan holda 
belgilanadi. Qayta ta’lim olish uchun toʻlov mexanizmi Adliya vazirligi tomonidan bir 
kredit qiymatini hisoblash asosida belgilanadi. Bir kredit qiymati oʻquv yili 
davomidagi ta’lim olish uchun toʻlanadigan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorini 
rejalashtirilgan kreditlar miqdoriga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi. 
Ta’lim dasturida belgilangan natijalarga erishish hamda kredit-modul tizimi 
toʻgʻri va haqqoniy qoʻllanilayotganligini aniqlash va baholash maqsadida oʻquv 
jarayonining monitoringi oʻtkaziladi. Monitoring yuridik texnikumlar va TDYU 
tomonidan soʻrovnoma, fokus-guruhlar, intervyu olish yoki erishilgan natijalarni 
tahlil qilish va boshqa usullarda amalga oshirilishi mumkin. 

Download 82.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling