Yuridik texnikumlarda huquqshunos mutaxassisligi
Download 82.32 Kb. Pdf ko'rish
|
132 Norboboyev Baxtiyor Jaxongir ogli 836-844
- Bu sahifa navigatsiya:
- System — ECTS
- Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida taʻlimning kredit-modul tizimida oʻquv jarayonini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga koʻra: Yuridik texnikumlarda oʻquv jarayonida kredit-modul tizimi Kredit toʻplash va koʻchirishning Yevropa modeli (European Credit Transfer and Accumulation System — ECTS)ga muvofiq tashkil qilinadi. Oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etishning tashkiliy masalalariga oid maʻlumotlar, shu jumladan, taʻlim dasturi, fanlar katalogi, akademik mobillikni taʻminlash, taʻlim toʻgʻrisidagi maʻlumotnoma, kreditlarni tan olish va koʻchirib oʻtkazishga taalluqli hujjatlar hamda diplomga ilovaning shakllari, shuningdek, akademik mobillik davrida oʻquvchining bilim darajasini aniqlash boʻyicha koʻrsatkichlar va boshqa zarur hujjatlar namunalari TDYU tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(4), April, 2023 838 Yuridik texnikumlarning oʻquv yili uchun taʻlim dasturi tuzilmasi bir yoki bir nechta modullardan iborat taʻlim elementlaridan tashkil topgan boʻlib, TDYU kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Taʻlim dasturi auditoriya mashgʻulotlari, ilmiy loyihalar, mustaqil taʻlim, amaliyot va boshqa taʻlim elementlaridan iborat boʻlishi mumkin. Taʻlim dasturida kreditlarning miqdori oʻquv yuklamasi asosida koʻrsatiladi. Taʻlim dasturi katalogi va oʻqitish sharoitlari toʻgʻrisidagi batafsil maʻlumotlar yuridik texnikumning rasmiy veb-saytiga qulay yuklanadigan shaklda oʻquv yili boshlanishidan kamida bir oy oldin joylashtiriladi va eʻlon qilib boriladi.Yuridik texnikumlarda oʻquv jarayoni oʻquv (auditoriya mashgʻulotlari, amaliyot va mustaqil ishlarning tashkil etilishi) va nazorat (modullar boʻyicha bilimlar oʻzlashtirilishini va ularning natijalarini baholash) tadbirlaridan tashkil topadi. Oʻquv jarayoni oʻquvchilar, pedagog xodimlar va maʻmuriyat oʻrtasida ochiq muloqot shaklida oʻquvchiga yoʻnaltirilgan yondashuv asosida rejalashtiriladi. Ushbu jarayonda oʻquvchilarning talab va istaklari muhokama qilinadi. Barcha manfaatdor tomonlar taʻlim dasturining yaratilishi va oʻzlashtirilishining konstruktiv muhokamasiga jalb etilishi mumkin. Bunday muhokamalarda oʻquvchilar vakillari ovoz berish huquqi orqali ishtirok etishlari mumkin. Download 82.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling