Yuridik texnikumlarda huquqshunos mutaxassisligi
Oriental Renaissance: Innovative
Download 82.32 Kb. Pdf ko'rish
|
132 Norboboyev Baxtiyor Jaxongir ogli 836-844
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oʻquvchilar akademik mobilligi va kreditlarni tan olish
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(4), April, 2023 841 Oʻquvchilar oʻzlashtirishini baholash tizimi Yuridik texnikumlarda taʻtil vaqtida, qoida tariqasida, yozgi semestr tashkil etilishi mumkin. Yozgi semestr modullarni oʻzlashtirish (akademik qarzlarni topshirish), oʻquv dasturidagi farqlarni yoʻqotish maqsadida pullik asosda tashkil qilinadi. Yozgi semestrning davomiyligi oʻquv jarayonining grafigi asosida yoʻnalishlar, mutaxassisliklar va kurslar kesimida belgilanadi. Bunda, oʻquvchilar bilimini baholash amalda belgilangan tartib asosida tashkil etiladi va yozgi semestrga jalb qilingan pedagog xodimlarga soatbay asosida ish haqi toʻlanadi. Oʻquvchilar oʻzlashtirishi natijalari transkriptda aks ettiriladi. Kreditlarni koʻchirish yuridik texnikumda baholash tizimini boshqa baholash tizimlariga konvertatsiya qilish jadvalini boshqa taʻlim muassasasida tuzilgan shunga oʻxshash jadval bilan solishtirish asosida amalga oshiriladi. Oʻquvchilar akademik mobilligi va kreditlarni tan olish Akademik mobillikni taʻminlash va oʻquvchining kreditlarini boshqa yuridik texnikum tomonidan tan olinishida quyidagi hujjatlardan foydalaniladi: 1. ta’lim dasturi (fanlar) katalogi; 2. ta’lim toʻgʻrisidagi kelishuv, ma’lumotnoma va sertifikat. Mazkur hujjatlar ta’lim olish natijalarini aks ettiradi va yuridik texnikumga kreditlarni tan olish va koʻchirib oʻtkazish uchun asos hisoblanadi. Oʻquvchi tomonidan yuridik texnikum ta’lim dasturi boʻyicha toʻplangan kreditlar miqdori boshqa yuridik texnikumda (TDYUda) belgilangan ta’lim olish natijalariga muvofiq oʻzlashtiriladigan kreditlar miqdoriga teng hisoblanadi. Oʻquvchi joʻnatuvchi ta’lim muassasasi tavsiyasiga asosan qabul qiluvchi taʻlim muassasasiga akademik mobillikni amalga oshirish uchun zarur hujjatlarni topshiradi. Joʻnatuvchi ta’lim muassasasi tomonidan oʻquvchiga belgilangan shakldagi transkript taqdim etiladi. Oʻquvchining akademik mobillik davrida oʻzlashtirilishi belgilangan ta’lim elementlarini joʻnatuvchi ta’lim muassasasining roziligisiz va u bilan kelishmasdan oʻzgartirish mumkin emas. Xorijdagi hamkor taʻlim muassasalarining oʻquv dasturlarida belgilangan ta’lim olish natijalari yuridik texnikumlarning oʻquv dasturi boʻyicha taʻlim olish natijalariga mos kelishi yoki ularni toʻldirishi lozim. Qabul qiluvchi ta’lim muassasasida oʻquvchi tomonidan oʻzlashtiriladigan ta’lim elementlari joʻnatuvchi ta’lim muassasasining oʻquv dasturiga integratsiya qilinganligi, shuningdek, akademik mobillik davrida oʻquvchining bilim darajasini aniqlovchi koʻrsatkichlarning joʻnatuvchi va qabul qiluvchi ta’lim muassasalarining |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling