Yurituvchi subyektlar faoliyatini rejalashtirish va byudjetlashtirish


Download 253.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/19
Sana02.11.2023
Hajmi253.74 Kb.
#1739066
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
4-bob (3)

 
 


180 
Tovar bozorida
xo‘jalik yurituvchi subyekt ulushi 
(pul birligida) 
Mahsulot 
turi 
Ishlab 
chiqarish 
hajmi 
Bozorga 
chiqarilgan 
mahsulot
Barcha ishlab 
chiqaruvchilar 
tomonidan bozorga 
chiqarilgan 
mahsulotlarning 
umumiy hajmi 
Bozorga yetkazib 
berilgan mahsulot 
ulushi, %da 
A 
4500 
4000 
45800 
8.7 
V 
5000 
4500 
98500 
4.6 

150 
140 
350 
40.0 

500 
495 
65000 
0.8 
 
6-§. Pul mablag‘lari byudjeti
Pul mablag‘lari harakati xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha 
mablag‘lari aylanmasining samarasini belgilovchi, unga ta’sir 
o‘tkazuvchi muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Bosh byudjetni ishlab 
chiqish jarayonida avval barcha davriy byudjetlar, xususan, kapital 
xarajatlar byudjeti, kutilayotgan foyda va zarar to‘g‘risidagi byudjetlar 
va shu kabilar tuzilganidan so‘ng pul mablag‘lari byudjeti tuziladi.
Pul mablag‘lari byudjeti (yoki kutilayotgan pul aylanmalari) bu 
kelgusi davrda bo‘ladigan pul mablag‘lari tushumi va to‘lovlar rejasi 
bo‘lib, bosh byudjetda ko‘rsatilgan barcha kelgusi tadbirlar bilan bog‘liq 
pul aylanmalarini o‘z ichiga qamrab olgan. Umuman olganda, bu 
byudjet davr yakunidagi pul mablag‘lari byudjetida kutilayotgan 
yakuniy saldo va byudjet tuzilayotgan yilning har bir oyining moliyaviy 
holatini ko‘rsatadi. 
Ana shu byudjet ko‘rsatkichlari asosida, rahbar, o‘z xo‘jalik 
yurituvchi subyekti uchun eng ko‘p va eng kam pul mablag‘lari 
davrlarini rejalashtirishi mumkin.


181 
Pul mablag‘lari hisobidagi katta saldo moliyaviy mablag‘lar to‘liq 
samara bilan ishlatilmaganligini bildiradi. Kichik saldo esa xo‘jalik 
yurituvchi subyekt o‘z vazifalari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishga 
qobil emasligini ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun, pul mablag‘larini 
rejalashtirishni puxta ishlab chiqish lozim. 
Pul mablag‘lari byudjeti ikki maqsadni ko‘zlaydi. Birinchidan, u 
kutilayotgan buxgalteriya balansini yakunlash uchun byudjet davri 
oxiriga pul mablag‘lari hisob raqamidagi yakuniy qoldiqni ko‘rsatadi. 
Va ikkinchidan, byudjet davri ichida har bir oyning yakuniga byudjet 
mablag‘lari qoldig‘ining istiqbolini belgilab, moliyaviy resurslarning 
ortiqchaligini yoki yetishmasligi davrlarini aniqlaydi. Birinchi maqsad 
umumiy byudjetni tayyorlash jarayonida bu byudjetning o‘rnini 
ko‘rsatsa, ikkinchi maqsad umumiy byudjetni biznes faoliyatining 
barcha turlarida zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘larni boshqarish quroli 
sifatida e’tirof etadi. Boshqacha qilib aytganda, pul mablag‘larisiz hech 
qanday biznes amalga oshmaydi. 
Pul mablag‘lari va to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlarning boshqa 
manbalari ham mavjud. 
Ko‘rib o‘tilgan misolda xo‘jalik yurituvchi subyektning keyingi yil 
uchun pul mablag‘larining asosini tovarlarni sotishdan tushgan tushum 
tashkil etmoqda. Aytish lozimki, sotuv vaqtida sotuvning 60 foizgacha 
bo‘lgan hajmi darhol to‘lash sharti bilan, sotuvning 2 foizidan esa 
tushum tushmaydi. Tovarlarni kredit hisobiga sotish hajmi 38 foizni 
tashkil etib, bu mablag‘lar keyingi oyda olinishi mumkin. Bu kabi 
barcha ma’lumotlar sotuv byudjetidan olinadi. 
Pul mablag‘lari byudjetini tayyorlashda xo‘jalik operatsiyalarining 
sodir bo‘lishi vaqtida emas, balki moliyaviy hisobotni tuzishning muhim 
tamoyili bo‘lgan amaldagi tushumlarning yoki pul mablag‘lari 
to‘lovining vaqtiga e’tibor qaratish lozim. Har bir xo‘jalik yurituvchi 
subyektda joriy holat to‘g‘risida oldingi tajribalar va rahbariyat qarorlari 
asosida kredit hisobiga sotuvdan kutilayotgan pul mablag‘larining 
tushumi (foiz hisobida) aniqlanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning moddiy boyliklar sotib olish


182 
mehnatga haq to‘lash va boshqa xarajatlarni qoplash bo‘yicha to‘lov 
siyosatini ham hisobga olish zarur. Masalan, turli xildagi tijorat 
xarajatlari kabi ayrim xarajatlarning to‘lovi kredit hisobiga 30 va undan 
katta bo‘lgan muddatga, ko‘pgina hollarda mehnatga haq to‘lash 
xarajatlari ma’lum sabablarga ko‘ra uzoq muddatga cho‘zilmasligi 
lozim. Shuningdek, xarajatlarning ayrim moddalari, masalan 
amortizatsiya pul mablag‘larini talab qilmasligini hisobga olish kerak.
Pul mablag‘lari byudjetining umumiy ko‘rinishi va ma’lumotlar manbai 
quyidagi jadvalda keltirilgan: 
Pul mablag‘i byudjetining 
elementlari 
Ma’lumotlar manbai 
Pul mablag‘lari tushumi: 
naqd pulga sotuvdan 
Sotuv byudjeti (naqdga)
- kreditga sotuvdan 
Sotuv byudjeti (kreditga) 
- boshqa aktivlar sotuvidan
Foyda va zararlar to‘g‘risidagi prognoz 
hisoboti 
- olingan qarzlar 
Oldingi oylarning pul mablag‘lari byudjeti 
Pul mablag‘lari to‘lovi: 
asosiy materiallar uchun 
Xarid byudjeti 
- yordamchi materiallar uchun 
Umum ishlab chiqarish xarajatlari va 
materiallar xaridi byudjetlari 
- to‘g‘ri mehnat xarajatlariga 
Ish haqi byudjeti 
- umum ishlab chiqarish 
xarajatlariga (UICHX) 
UICHX byudjeti 
- tijorat xarajatlariga 
Tijorat xarajatlari byudjeti 
- umumiy va ma’muriy xarajatlar 
uchun 
Umumiy va ma’muriy xarajatlar byudjeti 
- kapital xarajatlar uchun 
Kapital xarajatlar byudjeti 
- foyda solig‘i to‘lovi uchun 
«Moliyaviy natijalar» to‘g‘risidagi hisobot
- foizlar bo‘yicha to‘lovlar uchun 
Foyda va zararlar to‘g‘risidagi prognoz 
hisoboti 
- qarzlarning qaytarilishiga 
Kredit shartnomalari 
 
Pul mablag‘lari byudjetini tuzish bo‘yicha illyustrativ misol. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektda jami 5 operator ishlaydi. Ularning har 
biri bir oyda 160 soatdan ishlaydi. Bulardan tashqari yana quyidagi 
ma’lumotlar mavjud: 


183 
(pul birligida) 
joriy yil, 
haqiqiysi 
kelgusi yilga
prognoz 
noyabr dekabr yanvar fevral 
mart 
Sotuv hajmi 
25 400 
35 
000 
25 
000 
20 000 
40 000 
Tijorat xarajatlari 
4 500 
5 000 4 000 
4 000 
5 000 
Umumiy va ma’muriy 
boshqaruv xarajatlari 
7 500 
8 000 8 000 
7 000 
7 500 
Material xarajatlari 
2500 
3500 
2500 
2500 
4000 
Umumishlab chiqarish 
xarajatlari 
3200 
3500 
3000 
2500 
3500 
Qo‘shimcha quyidagi ma’lumotlar mavjud: 
1. Xo‘jalik yurituvchi subyekt 12 000 p.b.da bank krediti olgan. 
2. Yillik bank foizi 12% (foiz har oyda to‘lanadi). 
3. Kreditning 2000 p.b. kelgusi yilda to‘lanishi (fevralda) kerak. 
4. Joriy yilning foyda solig‘i summasi 4550 p.b. va u 15 martda 
to‘lanishi kerak bo‘ladi. 
5. Xodimlarning bir soatlik ish haqi miqdori 8.50 p.b. (har biriniki). 
Pul tushumlari rejasi quyidagicha: 
1. Sotuv hajmining 60 foizi birdan kelib tushadi. 
2. 30 foizi sotilgandan keyingi birinchi oy mobaynida kelib tushadi. 
3. 10 foizi sotilgandan keyingi ikkinchi oy davomida kelib tushadi. 
4. Materiallar to‘lovi ular kelib tushgan oyda to‘lanadi. 
5. Tijorat va boshqa barcha xarajatlar kelgusi oyda to‘lanadi. 

Download 253.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling