Yurituvchi subyektlar faoliyatini rejalashtirish va byudjetlashtirish
Download 253.74 Kb. Pdf ko'rish
|
4-bob (3)
T.r
Ko‘rsatkichlar Haqiqiy bajaril- gani Haqiqiy bajarilganga moslashtirilgan byudjet Haqiqiy byud- jetning mos- lashtirilgandan chetlanishi 1 Tushum 235000 245000 +10000 2 Ishlab chiqarish xarajatlari 145000 150000 +5000 3 Marjinal daromad 90000 95000 +5000 4 Davr xarajatlari 50000 51000 +1000 5 Operatsion foyda 40000 44000 +4000 Xo‘jalik yurituvchi subyektda moslashuvchan byudjetlar tuzish xarajatlar va daromadlarni samarali boshqarishga, chetlanishlar bo‘yicha tezkor choralar qabul qilishga, ijobiy va salbiy chetlanishlarni rejalashtirilgan foyda summasiga mos ravishda tuzatib borishga imkon yaratadi. O‘zgarishlarga ta’sir qilgan har bir ko‘rsatkichning ta’sir darajasini hisoblashga zamin yaratadi. 5-§. Byudjetlashtirishda ishlab chiqarish dasturi Ishlab chiqarish dasturini tuzish xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini byudjetlashtirishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish dasturi mahsulot ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish, ish bajarish) va sotishning istalga muddatga, odatda yillik hajmi, nomenklaturasi, tovarlar va xizmatlar bozori talabi asosida sifat va muddatni tavsiflovchi kompleks rejani o‘zida namoyon etadi. Ishlab chiqarish dasturini tuzish jarayonida dastavval xaridorlarning talablari asosida ishlab chiqarilgan tovarlarga bo‘lgan bozor ehtiyoji o‘rganiladi. Buning uchun tuzilgan shartnomalar va buyurtmalarning 176 mavjud portfeli, shuningdek, mahsulot (ish, xizmat)larning taklif qilinishi mumkin bo‘lgan hajmi xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqarish dasturining asosini tashkil etadi. Ishlab chiqarish dasturini tuzishda turli usullar: darajali taxminlash, vaziyatli rejalar tuzish, chiziqli dasturlash, mahsulot (ish va xizmat)lar turlarini diversifikatsiyalash (kengaytirish) qo‘llaniladi. Darajali taxminlash ishlab chiqilgan mahsulotlarni sotish va ana shu jarayondan olinishi kutilayotgan foyda hajmini uchta: maksimal, ehtimol, minimal nuqtalari bo‘yicha avvaldan rejalashtirishni nazarda tutadi. Vaziyatli rejalashtirish xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish jarayoni bilan bir qatorda beqaror bozor sharoitlarida uni amalga oshirishda ham bir qancha qulayliklar tug‘diradi. Faoliyat turi va mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarish dasturini tuzish, uch bosqichda amalga oshiriladi: 1. Xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha faoliyatini o‘zida jamlagan yillik ishlab chiqarish rejasini tuzish. 2. Rejalashtirilayotgan hisobot davri uchun ustuvor maqsadlarni aniqlash. 3. Yillik ishlab chiqarish rejasini xo‘jalik yurituvchi subyektning alohida segmentlari yoki ishtirokchilari, ya’ni bajarish uchun mas’ullar bo‘yicha taqsimlash. Odatda, bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar amaliyotda ishlab chiqarish dasturini rejalashtirishning «quyidan yuqoriga» yoki nomarkazlashtirilgan holda, «yuqoridan quyiga» yoki markazlashtirilgan holda va takroran rejalashtirish ko‘rinishlari qo‘llaniladi. Ishlab chiqarish dasturini shakllantirishda quyidan yuqoriga rejalashtirish yondashuvining qo‘llanilishi shuni anglatadiki, bunda ishlab chiqarish rejasi boshqarishning quyi darajasida ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyekt segmentlari va funksional xizmatlari bo‘yicha tuzilib 177 borib, oxirida butun subyekt bo‘yicha umumlashgan yaxlit bir hujjat shakliga keltiriladi. Ishlab chiqarish dasturini tuzish jarayoni yuqoridan quyiga rejalashtirish tamoyiliga asoslanganda esa, rejalar butun xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha ishlab chiqiladi va bo‘linmalar uchun tezkor rejalashtirish asos bo‘lib xizmat qiladi. Takroran rejalashtirish xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati bilan barcha segmentlar va funksional xizmatlar o‘rtasidagi o‘zaro uzviy hamkorlikni e’tiborga oladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki uning segmentlari bo‘yicha yillik ishlab chiqarish hajmini aniqlash - mahsulot birligini mos taxminiy bozor baholariga ko‘paytirish orqali quyidagi formula bilan hisoblanadi 1 : 0 p y m m m p p y y i i i M M B M B M B = + + ∑ ∑ ∑ bu yerda: M 0 - xo‘jalik yurituvchi subyektning umumiy ishlab chiqarish dasturi, p.b.da; M m , M p , M y Download 253.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling