Yurituvchi subyektlar faoliyatini rejalashtirish va byudjetlashtirish


Download 253.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/19
Sana02.11.2023
Hajmi253.74 Kb.
#1739066
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
4-bob (3)

 
Talab qilinadi: 
1. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan foydalanib kelgusi yil 
uchun, har oydagisini alohida ko‘rsatgan holda, ishlab chiqarish 
byudjetini tuzing. 
2. Kelgusi yilning 31-dekabr kuniga qoladigan oxirgi qoldiq miqdori 
qanchaga teng bo‘ladi? 
4. Materiallar xaridi byudjeti 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt yog‘och eshiklar ishlab chiqaradi. 
Kelgusi yil uchun sotuv hajmi bo‘yicha dastlabki besh oylik istiqbol reja 
quyidagicha (donada): 


198 
Iyun 
50 000 
Yanvar 
10 800 
Fevral 
15 600 
Mart 
12 200 
Aprel 
10 400 
May 
9 800 
Har oyning oxiridagi tayyor mahsulot qoldig‘i, kelgusi oyda 
sotilishi belgilangan miqdorning 25 foiz hajmida bo‘lishi lozim. Yanvar 
oyining dastlabki kunida ombordagi shu mahsulot qoldig‘i 2 700 dona 
bo‘lgan. Oy oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish qolmaydi. Bir dona 
mahsulotni ishlab chiqarish uchun ikki xildagi materiallardan 
quyidagicha miqdorda kerak bo‘ladi: 
«A» materialidan 
4 dona 
«V» materialidan 
5 dona 
Har oyning oxiridagi materiallar qoldig‘i, kelgusi oyda ishlatilishi 
belgilangan miqdorning yarmisi hajmida bo‘lishi lozim.
Talab qilinadi: 
Kelgusi yilning I-kvartalidagi har bir oy uchun xarid qilinishi lozim 
bo‘lgan materiallar miqdorini toping – materiallar xaridi byudjetini 
tuzing. 
8. g) Vaziyatli masalalar 
 
«Avto-motor» xo‘jalik yurituvchi subyekti yuqori malakali 
mutaxassislar mehnatiga tayanib va maxsus quyilgan po‘latlardan yengil 
avtomashinalarga ehtiyot qismlari ishlab chiqaradi. Xo‘jalik yurituvchi 
subyekt rahbariyati kelgusi yil uchun bosh (asosiy) byudjetni ishlab 
chiqishga kirishdi. Uni tuzish jarayoni bo‘yicha quyidagi mulohazalar 
mavjud: 
1. Tugallanmagan ishlab chiqarish zaxirasi juda kam va shunga 
muvofiq uni e’tiborga olmaslik mumkin; 
2. Materiallar va tayyor mahsulotlarga bo‘lgan baho o‘zgarmaydi; 


199 
3. 
Barcha umum ishlab chiqarish xarajatlari bitta bazaga, ya’ni to‘g‘ri 
mehnat sarfi soati miqdoriga muvofiq hisoblanadi. 

Download 253.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling