Yurituvchi subyektlar faoliyatini rejalashtirish va byudjetlashtirish
Har qanday dasturni tayyorlash quyidagi uchta asosiy
Download 253.74 Kb. Pdf ko'rish
|
4-bob (3)
Har qanday dasturni tayyorlash quyidagi uchta asosiy
qismdan iborat bo‘ladi Joriy dasturlarni qayta ko‘rib chiqish Dasturlarni muvofiqlashtiruvchi tizimni yaratish Yangi taklif qilinayotgan dasturlarni yaxshilab o‘rganib chiqish 154 Eng avvalo dasturlar tuzish quyidagi uchta uzviy qismlardan iborat ekanligiga alohida e’tiborni qaratish lozim: Ishlab chiqarish darajasi uzoq vaqt mobaynida stabil bo‘lib kelayotganligiga qaramasdan amaldagi dastur ko‘rsatkichlarini hamisha qayta ko‘rib turish va tegishli o‘zgartirishlarni kiritib borish talab qilinadi. Chunki xo‘jalik yurituvchi subyekt miqyosida o‘zgarish bo‘lmagani bilan xo‘jalik yurituvchi subyektning shu mahsuloti sotiladigan tashqi muhitda (bozorda) o‘zgarishlar tez ro‘y beradi. Xususan, yangi texnologiyalar juda tez o‘zlashtiriladi, bozordagi raqobat muhiti o‘zgaradi, iste’molchilar talabi darajasi va sh.k. Ana shunday o‘zgarishlarni o‘z vaqtida hisobga olish va ular ta’sirida amaldagi dasturga o‘zgartirishlar kiritish juda muhimdir. Zamonaviy xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari hamisha yangi dasturlarni qabul qila oladigan, ya’ni taklif qilinayotgan dastur loyihalariga nisbatan ijobiy yondashishi lozim. Yangi tavsiya qilinayotgan dasturning afzalligini ko‘rsatuvchi parametrlarning har birini batafsil o‘rganib chiqishi, yangi imkoniyatlar ochilishi shubhasiz Joriy dasturlar Taklif qilinayotgan yangi dasturlar Dasturlarni muvofiqlashtirish Ishlab chiqarish juda yaxshi davom etayotgan bo‘lsa ham, albatta joriy dasturlar qayta ko‘rilishi lozim. Sababi, xaridor va buyurtmachilarning talabi o‘zgaradi, iqtisodiy sharoitlar o‘zgaradi, ishlab chiqarish texnologiyasi o‘zgaradi. Yangi dasturlar hamisha puxta o‘rganilishi lozim va har bir rahbar yangi dasturlarni qabul qiluvchi va uni puxta o‘rganuvchi bo‘lishi zarur. Yangi dastur samarasini tahlil qilishda juda keng miqyosda foydalaniladigan usul - «samara / xarajat» usulidir. Ma’qul bo‘lgan va xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy reja va maqsadlarini amalga oshirish imkoniga to‘g‘ri tushadigan dasturlarni tanlab olish va o‘zaro muvofiqlashtirish 155 bo‘lganda, uni boshqa dasturlar bilan kompleks holda tahlil qilib chiqishi va operativ tarzda tegishli boshqaruv qarorini qabul qila bilishi lozim. Bozor munosabatlari rivojlangan demokratik mamlakatlarda aynan mana shu vaziyatda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlari samarali foydalanib keladigan tahlil usuli bor. Bu “samara / xarajat” usuli deb yuritiladi. Bu usulning mohiyati shundaki, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari shu masala bo‘yicha mavjud barcha ma’lumotlarni shaxsan o‘zi o‘rganib, shu dasturni qabul qilish qancha xarajat talab qilishi va uni realizatsiya qilish qancha daromad keltirishiga o‘zi iqror bo‘lishi, olinishi mumkin bo‘lgan real daromad miqdorini amaldagi dastur ko‘rsatkichlari bilan taqqoslashi lozimdir. Nima uchun xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari shu masalani shaxsan o‘zi o‘rganib chiqib, shaxsan o‘zi qaror qabul qilishi lozim? – degan o‘rinli savol tug‘iladi. Sababi, aynan rahbar hisobga olishi lozim bo‘lgan juda ko‘p omillar vujudga keladi-ki, ularning ko‘plarini bevosita miqdor jihatdan o‘lchash imkoni bo‘lmaganligi uchun, mutaxassislar ularni e’tibordan chetda qoldirishadi, ya’ni hisobga olishmaydi. Masalan, yangi dasturni qabul qilish xo‘jalik yurituvchi subyekt imidjini ko‘tarishi, atrof-muhit ifloslanishini kamaytirishi, mehnat sharoitini yaxshilashi, ma’lumotlar ishonchlilik darajasini oshirishi va shu kabi bevosita miqdor jihatdan o‘lchab bo‘lmaydigan samaralarni berishi mumkin. Juda ko‘p xo‘jalik yurituvchi subyektlar mana shu masala borasidagi amaliyotlarida dasturlarni muvofiqlashtirish tadbirini ko‘p amalga oshirishadi. Buning uchun ular dastavval amaldagi dastur va taklif qilinayotgan loyihalar o‘rtasidagi farqli tomonlarni o‘rganishadi, so‘ngra taqqoslab ko‘rishadi va nihoyat ikkalasidagi eng ma’qul ko‘rsatkichlar doirasida muvofiqlashtirilgan dastur parametrlarini shakllantiradi. Muvofiqlashtirilgan dasurlar odatda uzoq muddatga, 2-3 yil, ba’zi vaqtlarda 5-10 yillarga mo‘ljallanadi va shunga muvofiq u oldindan tayyorlanadi. Muvofiqlashtirilgan dasturning muhim tomoni shundaki, unga asosan byudjet shakllanishi mumkin bo‘ladi. Aniqrog‘i, kelgusida 156 bo‘ladigan barcha tadbirlar aniq belgilangan bo‘ladi va bu o‘z navbatida endilikda ana shu tadbirlarning amalga oshirilish xarajatlarini sarf-hisob qilish va u xarajatlarni qoplash manbalarini belgilash imkonini yaratadi. Download 253.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling