Yurituvchi subyektlar faoliyatini rejalashtirish va byudjetlashtirish


Download 253.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/19
Sana02.11.2023
Hajmi253.74 Kb.
#1739066
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
4-bob (3)

Rejalashtirish. 
Rejalashtirishning asosiy qarorlari, odatda 
dasturlarni tayyorlash jarayonida ishlab chiqiladi va byudjetni ishlab 
chiqish jarayoni ushbu rejalarni aniqlashtirish uchun ishlatiladi. 
Byudjetni ishlab chiqish jarayoni rejalashtirishning eng aniqlashtirilgan 
shakli hisoblanadi. Byudjetlar xo‘jalik yurituvchi subyektning yaqin 
muddatdagi faoliyatlarini belgilab beradi.
Muvofiqlashtirish. Xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha tarkibiy 
bo‘linmalari bir-birining faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Byudjetni ishlab 
chiqish jarayonida xo‘jalik yurituvchi subyektning ayrim faoliyat turlari 


161 
shunday muvofiqlashtiriladiki, bunda barcha bo‘limlar birgalikda ish 
olib borgan holda, xo‘jalik yurituvchi subyektning umumiy maqsad va 
vazifalarini amalga oshishini ta’minlaydi. Shunga alohida e’tibor berish 
kerakki, ishlab chiqarish rejalari xo‘jalik yurituvchi subyektning 
marketing bo‘limi rejalari bilan muvofiqlashtirilgan bo‘lishi lozim, ya’ni 
rejalashtirilgan sotuv hajmi va tayyor mahsulotning maqbul bo‘lgan 
zaxiralar darajasini inobatga olib, so‘ngra mahsulot ishlab chiqarish 
hajmini belgilash lozim. Xuddi shuningdek, xomashyo va materiallarni 
sotib olish rejasi mahsulot ishlab chiqarish ehtiyojidan kelib chiqishi 
kerak. 
Xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha xodimlari qo‘yilgan 
rejalarning mohiyatini to‘liq tushunib yetmagunicha, boshqaruv 
tomonidan belgilangan maqsadga erishib bo‘lmaydi. Ushbu rejalar o‘z 
ichiga qancha mahsulot yoki xizmat turlarini ishlab chiqish, bu borada 
qanday usullar, ish kuchi va jihozlardan foydalanish, qancha miqdordagi 
xomashyo materiallarini sotib olish, sotuv narxini belgilash, kelgusida 
Budjetning funksiyalari 
Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy maqsadini ta’minlashda 
xizmat qiladigan jarayonlarni rejalashtirish

Alohida bo‘limlar va turli xil faoliyatlarni yagona tarzda 
muvofiqlashtirish

Barcha 
bo‘g‘inlardagi 
rahbarlarni 
o‘z 
ma’suliyatidagi 
vazifalarini yug‘ori darajada bajarishini rag‘batlantirish 

Intizomni ta’minlash maqsadida joriy faoliyatni nazorat qilish 

Alohida bo‘g’inlar bo‘yicha rahbarlarning o‘z rejalarini bajarish 
darajasini baholash asosi 

Rahbarlarning malakasini oshirish hamda o‘qitish-o‘rgatish
vositasi



162 
qanday cheklovlardan qochish kabi aniq bandlarni oladi. Tasdiqlangan 
byudjet miqdoriy axborot bilan mavjud bo‘lgan cheklamalarni 
muvofiqlashtiruvchi eng muhim vosita sanaladi.
Rag‘batlantirish. Byudjetni ishlab chiqish jarayoni xo‘jalik 
yurituvchi subyekt oldiga qo‘yilgan mushtarak maqsadlarga erishishda 
rahbariyat tomonidan kuchli rag‘batlantirish vositasi sifatida ham 
ishlatilishi mumkin. Har bir rahbar o‘z bo‘limidan kutilayotgan natijani 
aniq bilishi lozim.
Agar menejerlar o‘z bo‘linmasining byudjetini ishlab chiqishda 
faol ishtirok etsa, bu byudjetning rag‘batlantiruvchi roli yanada oshadi. 
Nazorat. Byudjetni, u tuzilayotgan vaqtida keyinchalik bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan, ya’ni kutilayotgan natija to‘g‘risidagi prognoz-hisobot 
deb tushunish mumkin. Puxta hisob-kitoblar asosida tayyorlangan 
byudjet amalda erishilgan natijalar bilan taqqoslanadigan eng qulay 
mezondir. Chunki u byudjetni ishlab chiqish davrida bashorat qilingan 
barcha o‘zgarishlarni baholash samarasini o‘z ichiga qamrab olgan 
bo‘ladi.
Yaqingacha joriy natijalarni o‘tgan yillar bilan taqqoslash umumiy 
amaliyoti qo‘llanilar edi. Ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarda bu 
turdagi taqqoslash hozirgacha ham ishlatiladi. Lekin, ushbu taqqoslash 
turi ayrim kamchiliklardan xoli emas. Masalan, ko‘rsatkichlarni bir-biri 
bilan taqqoslaganda faoliyat yo‘nalishi hamda kelgusi yilga 
rejalashtirilgan dasturlardagi o‘zgarishlar inobatga olinmaydi.
Amalda erishilgan natijalar byudjet ko‘rsatkichlari bilan 
taqqoslanganda birinchi navbatda menejerlarning e’tiborini qayerga 
qaratishni va qanday boshqaruv tadbirlarini amalga oshirish lozimligini 
ko‘rsatadi. Amalda erishilgan natijalar bilan byudjetda aks ettirilgan 
ko‘rsatkichlar orasida vujudga kelgan chetlanishlarning tahlili: 
1) birinchi navbatda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan muammoli 
sohalarni aniqlashtirishga yordam beradi; 
2) byudjetni ishlab chiqish jarayonida ko‘zda tutilmagan yangi 
imkoniyatlarni ochadi; 


163 
3) dastlabki ishlab chiqilgan byudjetdagi ayrim xatolarni 
ko‘rsatadi.
Baholash. Byudjetning har bir bandi bo‘yicha har oyda aniqlanishi 
lozim bo‘lgan tadbir, ya’ni byudjetdan chetlanishlarni hisoblash, yil 
davomida nazorat maqsadlarida xizmat qiladi. Amalda erishilgan 
natijalar byudjet ko‘rsatkichlari bilan taqqoslaganda har bir bo‘lim va 
uning rahbari faoliyatini real baholash imkoniyati ochiladi. Ayrim 
xo‘jalik yurituvchi subyektlarda byudjetning ma’lum moddalari bo‘yicha 
ijobiy chetlanishga erishgan mutaxassis va rahbarlar uchun, uni bir 
vaqtning o‘zida rag‘batlantirish mexanizmi sifatida samarali ishlatish 
mumkin.
Malaka oshirish hamda o‘qitish-o‘rgatish. Byudjet menejerlarning 
malakasini oshirish borasida samarali hamda qulay vosita hisoblanadi. 
Byudjetni ishlab chiqish jarayonida rahbar o‘z bo‘limi faoliyati va uning 
boshqa bo‘limlar bilan birgalikda olib borayotgan ishlari haqida batafsil 
ma’lumotga ega bo‘ladi. Bu ayniqsa yangi tayinlangan rahbar xodimlar 
uchun zarurdir. Yillik byudjetni ishlab chiqish tajribasiga ega har bir 
xodim bu jarayonning ijobiy va foydali tomonlarini yaxshi biladi. 
Byudjet menejerlarning iqtisodiy bilimlar bazasini kengaytirib borishni 
talab qiladi, tahlil qilish, buning uchun o‘rganish, guruhlash, baholash va 
xulosalar chiqarish kabi qarorlar va harakatlar qilishga undaydi.

Download 253.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling