Yurituvchi subyektlar faoliyatini rejalashtirish va byudjetlashtirish


-§. Bosh byudjet, uning tarkibi va tuzish tartibi


Download 253.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana02.11.2023
Hajmi253.74 Kb.
#1739066
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
4-bob (3)

 
3-§. Bosh byudjet, uning tarkibi va tuzish tartibi 
Bosh byudjet xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha bo‘linmalari 
yoki yo‘nalishlari bo‘yicha muvofiqlashtirilgan ish rejasi hisoblanadi. U 
ikki asosiy byudjet shakli: tezkor (operativ) va moliyaviy byudjetlarni 
o‘z ichiga oladi.
Tezkor (opreativ) byudjet. U shuningdek joriy, davriy byudjet 
bo‘lib ham sanaladi. Tezkor (operativ) byudjet xo‘jalik yurituvchi 
subyektning alohida yo‘nalishi uchun kelgusi yilga mo‘ljallangan 
tadbirlarni namoyon etadi. Uni tuzish jarayonida rejalashtirilayotgan 
sotuv va ishlab chiqarish hajmi xo‘jalik yurituvchi subyektda faoliyat 


164 
yuritayotgan barcha bo‘linmalarning daromadlari va xarajatlarining 
miqdoriy ko‘rinishiga aylanadi. Tezkor (operativ) byudjet foyda va zarar 
to‘g‘risidagi byudjet hisobotini o‘z ichiga oladi. Ushbu hisobot sotuv 
byudjeti, ishlab chiqarish byudjeti, tovar-moddiy zaxiralar byudjeti va 
tijorat, umumiy va boshqaruv xarajatlari byudjetlaridan tuziladi. 
Bosh byudjet 
Moliyaviy byudjet
 
Operativ byudjet 
Sotuv byudjeti 
Kapital quyilma xarajatlari 
byudjeti 
Tijorat byudjeti 
Pul mablag‘lari oqimi prognozi 
Moliyaviy natijalar prognozi 
hisoboti 
Ishlab chiqarish byudjeti 
Materiallar va xomashyo haridi 
byudjeti 
Mehnat xarajatlari byudjeti 
Umum ishlab chiqarish 
xarajatlari byudjeti 
Ma’muriy boshqaruv xarajatlari 
byudjeti 
Foyda va zararlarning 
rejalashtirilgan hisoboti 


165 
Sotuv byudjeti. Kutilayotgan sotuv hajmi eng asosiy ko‘rsatkich 
bo‘lganligi uchun byudjetni tuzish jarayoni shu ko‘rsatkichni 
aniqlashdan boshlanadi va uning o‘zgarishi boshqa ko‘rsatkichlarga 
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Sotuv rejasi xo‘jalik yurituvchi subyekt 
marketing bo‘limi tadqiqotlarining bosh yo‘nalishi hisoblanadi. Ko‘p 
hollarda sotuv hajmi xo‘jalik yurituvchi subyektda mavjud bo‘lgan 
ishlab chiqarish quvvatlari bilan cheklanadi. Sotuv hajmi byudjeti va 
uning mahsulot ishlab chiqarish turlari bo‘yicha tarkibi xo‘jalik 
yurituvchi subyektning umumiy faoliyati va darajasini belgilab, boshqa 
byudjetlarga ta’sir ko‘rsatadi.
Tijorat xarajatlari byudjeti. Bu byudjetda kelgusida mahsulot va 
xizmatlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha kutilayotgan xarajatlar 
o‘z aksini topadi. Tijorat va transport bilan bog‘liq ayrim xarajatlar 
o‘zgaruvchan bo‘lib, reklama va xodimlarning ish haqi kabi xarajatlar 
doimiy hisoblanadi. Tijorat xarajatlari byudjetini tuzish va uni amalga 
oshirish uchun xo‘jalik yurituvchi subyektning sotuv bo‘limi mas’uldir. 
Ishlab chiqarish byudjeti. Rejalashtirilgan sotuv hajmining 
miqdoriy sonini o‘rnatgandan so‘ng, kutilayotgan sotuv va zaxiralarning 
kerakli darajasini ta’minlash maqsadida mahsulot va xizmatlarni qancha 
miqdorda ishlab chiqarish lozimligini aniqlash imkoniyati yaratiladi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati tayyor mahsulot zaxirasini 
oldingiday saqlab qolish yoxud uni ko‘paytirish yoki kamaytirish 
borasidagi tegishli qarorga kelishi kerak. Tayyor mahsulot zaxirasi 
hajmi, byudjet muddati boshlanishidagi mavjud bo‘lgan mahsulot hajmi 
hamda sotuv hajmiga oid ma’lumotlardan kelib chiqib ishlab chiqarish 
jadvali tuziladi.
Xomashyo hamda materillarni sotib olish va ishlatish byudjeti. 
Xomashyo hamda materiallarni sotib olish va ularni ishlatishning 
rejadagi ehtiyoji bir hujjatda, shuningdek alohida-alohida hujjatlarda 
ham tayyorlanishi mumkin. Ko‘pgina xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
yagona hujjatni afzal deb bilishadi. Bu byudjetda ishlab chiqarish 


166 
rejasini bajarish uchun xarid qilish muddatlari, xomashyo, materiallar va 
yarim fabrikatlar turlari hamda soni aniqlashtiriladi. Xomashyo 
materiallarini ishlatish ishlab chiqarish byudjeti va moddiy zaxiralar 
darajasida kutilayotgan o‘zgarishlardan kelib chiqadi. Har bir dona 
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning narxi va uning soni 
ko‘paytirilganda xomashyo materiallarini xarid qilish byudjeti 
aniqlanadi. 

Download 253.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling