Yurituvchi subyektlar faoliyatini rejalashtirish va byudjetlashtirish


-§. Xo‘jalik yurituvchi subyekt byudjeti mohiyati va uni


Download 253.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/19
Sana02.11.2023
Hajmi253.74 Kb.
#1739066
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
4-bob (3)

2-§. Xo‘jalik yurituvchi subyekt byudjeti mohiyati va uni 
shakllantirish 
Odatda, byudjet haqida gap ketganda juda ko‘pchilik xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar rahbarlari o‘zlarini g‘ayritabiiy sezishadi. Sababi, 
byudjet termini odatda davlat moliyasiga, mahalliy byudjet tushunchalari 
bilan bog‘liq deb qaralib kelingan, hamda u xarajatlar smetasi 
ko‘rinishida tasavvur qilingan. Xo‘jalik yurituvchi subyekt miqiyosida 
esa bu tushunchaning asl mohiyatiga tegishli darajada e’tibor 
qaratilmagan. Zamonaviy xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlari 
kelajakda faoliyati samarali bo‘lishini, tobora keskinlashib boradigan 
raqobatga chidamining ortib borishini astoydil istashsa - boshqaruv 
hisobini tashkil qilish va yuritish maqsadida byudjetni tushunish – 
butunlay boshqa ma’noni ham anglatishini e’tirof eta bilishlari lozim.
Bundan tashqari, rivojlangan bozor iqtisodiga ega bo‘lgan 
mamlakatlar tajribasi ko‘rsatadiki, xo‘jalik yurituvchi subyekt 
miqiyosida bir necha byudjet tuzilib, shunga muvofiq ularning yakuniy 
umumlashtiruvchisi sifatida bosh byudjet ham tuziladi. Xo‘jalik 
yurituvchi subyekt amaliyotida tuziladigan byudjetning tub mohiyati ana 
shu bizlarga ma’lum bo‘lgan an’anaviy byudjet tarkibi va mohiyati bilan 
o‘xshash bo‘lganligi uchun ham bir qator olimlar uni shu nomda qoldirib 
foydalanishni taklif qiladilar. Bu fikrga albatta, qo‘shilish maqsadga 
muvofiqdir. 
Kelgusida amalga oshirilishi belgilangan dasturlar doirasidagi 
tadbirlar bo‘yicha byudjetni ishlab chiqish dasturlarni ishlab chiqish kabi 
rejalashtirishning muhim jarayoni hisoblanadi. Byudjet bilan dasturlash 
jarayonining asosiy farqi shu bilan belgilanadiki, dastur istiqboldagi bir 
necha yillar (1 yillik, 2-3 yillik, 5-10 yillik) uchun tuzilishi mumkin. 


157 
Byudjet esa har bir tadbirlar guruhi uchun maksimal tarzda bir yilga 
tuziladi.
Byudjetlarni ishlab chiqish xo‘jalik yurituvchi subyektda 
boshqaruv hisobi tizimini tashkil qilishning asosiy vositalaridan biri 
hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarning tajribasidan kelib chiqib, shu 
narsani qayd etish lozimki, mavqeyi va ko‘lamidan qat’i nazar deyarli 
barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z faoliyatlarini samarali olib 
borish maqsadida bir necha byudjetlarni tuzadilar. Bu esa o‘z navbatida 
xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining rejali tarzda boshqarilishi 
imkonini yaratadi. Bizning mentalitetimizda byudjet jarayoni faqatgina 
respublika yoki mahalliy byudjetlar doirasi bilan chegaralanib qolgan. 
Mahalliy xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aksariyati o‘z faoliyatini 
rejalashtirishda byudjet tuzish amaliyotidan foydalanmaydi.
Ma’lumki, xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini rejalashtirishda 
asosiy e’tibor foyda olishga qaratilgan bo‘ladi. Foyda olish rejasi esa o‘z 
navbatida, xo‘jalik yurituvchi subyektning yillik byudjeti asosini tashkil 
etadi. Qayd qilish lozimki, nafaqat tijorat maqsadlarini ko‘zlovchi, balki 
notijorat xo‘jalik yurituvchi subyektlari ham o‘z byudjetlarini tuzishlari 
mumkin.
Budjetni tuzish dastur tuzish kabi
rejalashtirishning ikkinchi bir muhim qismidir 
-
budjet boshqaruv nazorati uchun muhim quroldir 
-
 
amaliyotda barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tuzadigan 
moliyaviy hujjat 
-
budjet erkin shaklda, juda oddiy va barcha foydalanuvchilar 
uchun tushunarli tarzda tuziladigan ixtiyoriy hujjat 
-
 
muddati, shakli, mazmuni va tizimi ixtiyoriy ko‘rinishda bo‘lgan 
muhim boshqaruv quroli 


158 
Byudjet rejalashtirilayotgan faoliyatning amalga oshishidan oldin 
tuzilgan moliyaviy hujjat hisoblanadi. Shuningdek, byudjetni moliyaviy 
tadbirlar rejasi sifatida ham talqin etishadi. Byudjet atamasini faqatgina 
qog‘ozda ask ettirilgan moliyaviy yoki boshqa ma’lumotlar sifatida 
tushunish to‘g‘ri emas, chunki u kelgusida amalga oshiriladigan bir 
nechta tadbirlarning rejasi ko‘rinishida ifodalanadi. Shundan kelib 
chiqib aytish lozimki, byudjet orqali kelgusidagi moliyaviy 
jarayonlarning istiqboli belgilanadi. Iqtisodiy adabiyotlardan ma’lumki, 
byudjet turli ko‘rinishlarda ifodalanishi mumkin. Xo‘jalik yurituvchi 
subyektning buxgalteriya hisobida yuritiladigan buxgalteriya balansi 
yoki foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobot kabi shaklga tushirilgan 
ma’lumotlardan farqli ravishda, byudjet qat’i tartibda bajarilishi lozim 
bo‘lgan standartlashtirilgan shaklga ega emas. Chunonchi byudjet kichik 
bir do‘konning oddiy oldi-sotdi hisoboti shaklida ham, yirik bir 
bankning qiyin moliyaviy dasturi ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin. 
Byudjetning tarkibi unda qanday moddalar aks ettirilishiga, xo‘jalik 
yurituvchi subyektning katta-kichikligiga, shuningdek, uni ishlab 
chiquvchilarning malakasi va tajribasiga bog‘liq.
Rivojlangan mamlakatlarning tajribasidan ma’lumki, davlat 
byudjeti fuqarolarga keng targ‘ib qilinadi. Byudjetning mohiyati undan 
foydalanuvchilarga tushunarli bo‘lishi uchun u oson va tushunarli 
shakldagi ma’lumotlardan iborat bo‘lishi lozim. Byudjetni keng ommaga 
yetkazish uchun ma’lumotlar qisqa va aniq bo‘lishi lozim, chunki 
ma’lumotlarning keragidan ortiqligi yoki yetishmasligi byudjet 
mohiyatini tushunishni qiyinlashtiradi. Byudjet bir vaqtning o‘zida ham 
daromadlar, ham xarajatlarni o‘zida ifoda etmasligi, shuningdek, 
ularning balanslashgan ko‘rinishda bo‘lishi ham shart emas. Masalan, 
xomashyo va materiallardan foydalanish byudjeti faqatgina xomashyo va 
yarim fabrikatlar xarajatlari rejasini o‘z ichiga olishi mumkin. 
Shuningdek, byudjet pulsiz ko‘rinishda ham tuzilib, uning tarkibida 
mehnat soati, mahsulot birligi, xizmatlar miqdori kabi o‘lchamlar 
qo‘llaniladi. 


159 
Byudjetni tayyorlashda uning aniq ko‘rinishdagi sarlavhasi yoki 
nomlanishi va qaysi muddat uchun tuzilayotganligi ko‘rsatilishi kerak. 
Byudjetning belgilangan shakli uni ishlab chiquvchilari tomonidan 
tuziladi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘zi uchun mos bo‘lgan shakldagi 
byudjet ko‘rinishini ishlab chiqib, undan doimiy ravishda foydalanishi 
mumkin. Agar byudjetga yangi mahsulot yoki xizmat to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni kiritish zarurati tug‘ilsa, ushbu hujjatga yangi moddalar 
qo‘shilib, byudjetning shakli o‘zgarishi mumkin. Byudjetni tuzishda har 
doim asosiy qoida - barcha ma’lumotlarni imkon qadar qisqa, aniq va 
foydalanuvchi uchun muhim bo‘lishiga amal qilish lozim. 
Iqtisodiy adabiyotlarda ko‘pincha byudjet reja sifatida ifodalanib, u 
miqdor (ko‘pincha pul) ko‘rsatkichida, shuningdek ma’lum bir muddat 
(ko‘pincha bir yil) ga tuzilgan bo‘ladi. 
AQSHning boshqaruv hisobini yuritish bo‘yicha hisobchilar 
institutining ta’kidlashicha, byudjet bu “pul ko‘rinishidagi miqdoriy reja 
bo‘lib, u ma’lum muddatgacha tayyorlanib tasdiqlangan, odatda 
erishilishi lozim bo‘lgan rejalashtirilgan daromadlar hajmi, yoki ushbu 
muddat davomida ishlatilishi kerak bo‘lgan xarajatlar va maqsadga 
erishish uchun jalb qilinishi zarur bo‘lgan kapitallarni ifodalaydi”.
Tegishli bandlarga ajratilgan byudjet ko‘pincha kelgusidagi 
cheklangan muddat (odatda bir yil) uchun tuziladi va u kichikroq 
(choraklar, oylar yoki 13 to‘rt haftalik) muddatlarga bo‘linadi. Byudjetni 
bu turdagi qisqa muddatlarga rejalashtirish boshqaruv nazoratini amalga 
oshirishga yordam beradi. Nazorat muddatining yakunida amalda 
bajarilgan ishlar byudjet bandlari bilan joriy faoliyatni tahlil va baholash 
uchun solishtiriladi. Shu borada oylik muddatlardan ko‘ra to‘rt haftalik 
muddatni taqqoslash ancha qulay hisoblanadi. Chunki har bir oyda 
kunlar soni turlichaligi uchun taqqoslaganda ma’lum bir noaniqliklarga 
olib kelishi mumkin.
Amaliyotda yillik byudjet ko‘pincha choraklarga bo‘lingan holda 
tuziladi va faqatgina birinchi chorakdagi tadbirlar oylar bo‘yicha 
taqsimlanadi. Yil davomida byudjet shart-sharoitlarga bog‘liq holda 
o‘zgarishi mumkin.


160 
Odatda, amaliyotda uzluksiz yoki egiluvchan byudjetlar deb nom 
olgan byudjet turlari keng qo‘llaniladi. Ularning asosiy mohiyati - har 
bir oy yoki chorak tugagandan so‘ng byudjetning tegishli bandlariga 
o‘zgartirishlar kiritilish imkoniyati mavjud bo‘ladi va shu tartibda 
keyingi muddatga mo‘ljallangan byudjet moddalari taklif qilinadi. Bu 
o‘z navbatida yillik rejalashtirishning uzluksizligini ta’minlaydi. 
Umuman olganda, byudjetni ishlab chiqish davriyligi aniq bir xo‘jalik 
yurituvchi subyektning rejalashtirilayotgan ma’lumotlari va ehtiyojlari 
hajmini inobatga olgan holda aniqlanadi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan qo‘shimcha 
investitsiyalarni talab qiladigan yangi turdagi mahsulotni ishlab 
chiqarish, yangi texnologilar va jihozlarni joriy etish bilan bog‘liq 
bo‘lgan katta o‘zgarishlar amalga oshsa, byudjet besh yillar va hatto 
undan ham ko‘p bo‘lgan muddatlarga tuziladi. E’tirof etish lozimki, 
xo‘jalik yurituvchi subyektlar amaliyotiga endigina joriy qilina 
boshlanishiga qaramasdan, byudjetdan uzoq muddatli rejalashtirishning 
asosiy vositasi sifatida foydalanadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
soni kundan kunga oshib bormoqda.
Byudjetlar xo‘jalik yurituvchi subyektning umumiy faoliyati, 
shuningdek uning tarkibiy bo‘linmalari yoki faoliyatning alohida 
yo‘nalishlari uchun ishlab chiqiladi.
Rivojlangan bozor munosabatlariga ega bo‘lgan mamlakatlar 
amaliyotida keng foydalanib kelinayotgan byudjet bevosita bir qator 
muhim funksiyalarni bajaradi. Xususan:

Download 253.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling