Yurituvchi subyektlar faoliyatini rejalashtirish va byudjetlashtirish


Download 253.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/19
Sana02.11.2023
Hajmi253.74 Kb.
#1739066
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
4-bob (3)



149 
4-BOB. BOSHQARUV HISOBIDA XO‘JALIK 
YURITUVCHI SUBYEKTLAR FAOLIYATINI 
REJALASHTIRISH VA BYUDJETLASHTIRISH 
 
1-§. Rejalashtirish asoslari va dasturi.
2-§. Xo‘jalik yurituvchi subyekt byudjeti mohiyati va uni 
shakllantirish.
3-§. Bosh byudjet, uning tarkibi va tuzish tartibi.
4-§. Moslashuvchan va statik byudjet, ularni tuzish asoslari. 
5-§. Byudjetlashtirishda ishlab chiqarish dasturi. 
6-§. Pul mablag‘lari byudjeti. 
7-§. Sotish hajmini rejalashtirish. 
8. a) illyustrativ misol 
b) o‘z-o‘zini tekshirish bo‘yicha savollar (test savollari) 
v) muammolar va vazifalar 
g) vaziyatli masalalar 
Mavzuning maqsadi 
Ushbu mavzuda boshqaruv jarayonining asosiy funksiyasi bo‘lgan 
rejalashtirish va boshqaruv nazoratini o‘rnatishda (ta’minlash) muhim 
bo‘lgan rejalashtirish jarayoning asosiy ikki tamoyili to‘g‘risida fikr 
yuritiladi. 
Birinchisi - qabul qilingan strategiyani amalga oshirish uchun 
mo‘ljallanayotgan o‘rta va uzoq muddatli rejalarni amalga oshirish 
bo‘yicha maxsus dasturlar tayyorlash. 
Ikkinchisi - tegishli byudjet (smeta)larni ishlab chiqish. Sababi, har 
bir reja asosli bo‘lishi, u amalga oshishi uchun bo‘lsa, real iqtisodiy 
ta’minoti belgilangan bo‘lishi shart. Shundagina boshqaruv qarorlari 
asosli, maqsadli va amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi. 
Tegishli byudjetlarni tuzish muhim vazifa bo‘lganligi uchun, 
mavzuda e’tibor shu byudjet turlarini tuzishga ham qaratiladi. 
 


150 
1-§. Rejalashtirish asoslari va dasturi 
Mamlakat iqtisodining bozor munosabatlariga o‘tishi bilan mikro va 
makro darajalarda rejalashtirishning o‘rni pasaymaydi, balki yanada 
oshadi. Xususan, har qanday xo‘jalik yurituvchi subyekt boshqaruvi 
jarayonida nazorat qanchalik muhim hisoblansa, rejalashtirish ham 
undan kam bo‘lmagan muhim funksiyani bajaradi.
Umumiy holda, rejalashtirish deyilganda – kelgusida aniq bir 
ishlarni bajarish uchun sodir etiladigan xarakatlarni oldindan belgilab-
aniqlab olish tushuniladi. 
Rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasida rejalashtirishning 
bir necha turlaridan foydalanishlari kuzatiladi. Rejalashtirishning bir 
necha turlarga bo‘linishidagi asosiy mezon – bu vaqt ko‘rsatkichidir. 
Shu nuqtayi nazardan xulosa qilish mumkinki, rejalashtirish borasidagi 
asosiy maqsad – bu uzoq muddatlarga mo‘ljallangan muhim harakatlar 
yo‘nalishini oldindan belgilab olishdir. Shu bilan birgalikda alohida 
qayd qilish lozimki, rejalashtirish jarayonida ikkita muhim bo‘lgan 
tadbirlar bor. Bular: 
1. Dasturlar ishlab chiqish; 
2. Tegishli byudjetlarni shakllantirish. 
Rejalashtirish natijasida ko‘zda tutilayotgan uzoq muddatli strategik 
maqsadga erishish uchun bir necha dasturlar ishlab chiqiladi. Masalan, 
stol va stullar ishlab chiqarish va kelgusida uni yuqori miqdorda foyda 
olib sotish maqsadi belgilanishida, quyidagi dasturlar ishlab chiqilishi 
maqsadga muvofiqdir: ishlab chiqarishning uskuna va materiallar bilan 
ta’minoti dasturi; ishlab chiqarishning malakali ishchi kuchi bilan 
ta’minoti; ishlab chiqilgan mahsulotlarni realizatsiya qilishning optimal 
dasturi va sh.k. 
Ana shu har bir dastur ishlashi, ya’ni dastur doirasida belgilangan 
tadbirlar bajarilishi ma’lum miqdordagi mablag‘ bilan ta’minlanishni 
ta’lab qiladi. Shunga muvofiq, dasturlar bo‘yicha tegishli byudjetlarni 
ishlab chiqish va shakllantirish – rejalashtirishdagi muhim bir omildir.


151 
Dasturlar tuzish, yuqorida qayd qilinganidek rejalashtirish 
jaryonining muhim detallashgan qismlari hisoblanadi. 
An’anaviy tarzda byudjet ikki qismdan iborat bo‘lib, uning dastlab 
daromad qismi shakllanishi ta’minlanadi, so‘ngra shakllangan 
REJALAR QUYIDAGICHA KLASSIFIKATSIYA 
(TASNIF) QILINADI: 
1. Joriy 
2. Ma’muriy
3. Strategik 
(operativ) 
rejalar
(administrativ) 
rejalar 
rejalar
• 
bu xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy maqsadini 
amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan taktik rejalar
• 
bular kvartallik va yillik byudjetlar ko‘rinishidagi qisqa 
muddatli rejalar
(ishlab chiqarish rejasi; umum ishlab chiqarish 
xarajatlari rejasi; moddiy texnika ta’minoti rejasi va 
sh.k.)
 
• bu tashkiliy tuzilmani saqlash va rivojlantirish bo‘yicha 
ishlab chiqiladigan taktik rejalar;
• 
bu har yili qayta ko‘rib chiqiladigan va albatta tegishli 
o‘zgartirishlar kiritiladigan yillik rejalar;
• 
bu rejaning asosiy maqsadi, ko‘zda tutilayotgan 
ko‘rsatkichlarga erishish uchun qanday tarzdagi va 
sondagi tashkiliy tuzilmani tuzish lozimligini aniqlab 
olish.

bu biznes yo‘nalishini aniqlab olish va tashkiliy 
tuzulmani belgilash bo‘yicha tuziladigan bosh rejalar

bu rejalar alohida ehtiyoj bo‘lmasa qayta tuzilmaydi
(yangi texnologiyalarni joriy qilish; yangi bozor va 
xaridorlarini jalb qilish va h.k.)
 


152 
mablag‘larning xarajat qilinish moddalari belgilanadi. Dasturlar bo‘yicha 
tegishli byudjetlarni tuzish xo‘jalik yurituvchi subyekt miqyosida 
boshqaruvning bir tizim asosiga solinishini ta’minlab qolmasdan, 
kelgusida operativ tarzda har bir dastur bajarilishini kuzatish, tegishli 
o‘zgarishlarni zudlik bilan kiritish, chetlanishlarni aniq hisoblash, turli 
omillar ta’sirini hisoblash, taqqoslama tahlillar qilish va umuman 
olganda, ongli tarzda boshqaruv qarorlarini qabul qilishni ta’minlaydi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarida boshqaruv madaniyati 
shakllanishini ta’minlaydi. 

Dasturlar tuzish - bu strategik rejalarni amalga oshirishdagi 
ikkinchi bosqich - vositachidir.
Dasturlarxo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z rejalariga erishish 
maqsadida amalga oshirishni mo‘ljallashtirgan tadbirlari yig‘indisidir
Masalan:
va sh.k 
• 
ishchilarning mehnat sharoitini yaxshilash dasturi 
• 
atrof-muhitni himoya qilish dasturi

• 
texnologik jarayonlarni takomillashtirish dasturi

• 
ilmiy tekshirish ishlarini joriy qilish dasturi

• 
ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yaxshilash dasturi 


153 
Ammo, ta’kidlash joizki, rejalashtirilgan maqsadga erishish 
borasidagi belgilangan tadbirlar bo‘yicha dasturlar tuzish amaliyotiga 
barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ham yetarlicha e’tibor 
qilinmaydi. Ba’zi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda bunga zaruriyat 
sezilmasa, b’zi birlarida esa ana shu xo‘jalik yurituvchi subyekt 
rahbarlari uchun tegishli iqtisodiy bilimlarning yetishmasligi, xuddi 
shuningdek xafsalasizlik va yana bir qator omillar sababchi bo‘ladi. 
Shu bilan birgalikda, dasturlar tuziladigan xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarning barchasida ham bu jarayonga jiddiy yondashilgan, 
dasturlar bekami-ko‘st tuzilgan, uning bajarilish vaqti aniq va real 
belgilangan deb bo‘lmaydi. Aniqroq qilib aytiladigan bo‘lsa, juda ko‘p 
xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tegishli dasturlar tuzish jarayoniga juda 
ham e’tiborsiz qaraladi. 
O‘z biznesining taraqqiyotidan umidvor bo‘lgan, uning kelajakda 
kengayishini astoydil xohlagan biznes xodimlari uchun, ular dasturlash 
jarayonida e’tiborga olishlari lozim bo‘lgan quyidagi tadbirlar ketma-
ketligini taklif qilamiz.

Download 253.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling