Yurituvchi subyektlar faoliyatini rejalashtirish va byudjetlashtirish


-§. Sotish hajmini rejalashtirish


Download 253.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/19
Sana02.11.2023
Hajmi253.74 Kb.
#1739066
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
4-bob (3)

 
7-§. Sotish hajmini rejalashtirish
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning (bajarilayotgan ish, 
ko‘rsatilayotgan xizmat) sotuv byudjetini tayyorlash bosh byudjetni 
ishlab chiqish jarayonining boshlang‘ich bosqichidir.
Barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarda sotuv byudjetini ishlab 
chiqish rejalashtirish jarayonining eng qiyin bosqichi hisoblanadi. Sotuv 
hajmi va shundan kelib chiqqan holda sotuvdan tushgan daromad 
nafaqat xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish imkoniyatlari, 


186 
balki nazoratga olinmaydigan omillarning ta’siridagi real bozorda sotish 
imkoniyatlari bilan ham bog‘liq. Sotuv byudjetini tuzishda e’tiborga 
olinishi lozim bo‘lgan, lekin hisobga olinishida bemalol hisoblanishi 
mumkin bo‘lgan omillar bilan bir qatorda, hisoblanishi mumkin 
bo‘lmagan yoki alohida yondashuvni talab qiladigan omillar mavjud. 
Ulardan quyidagilarni alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin: bozorga shu 
xildagi mahsulotlar ishlab chiqaradigan raqobatchilar faoliyati; xo‘jalik 
yurituvchi subyektning milliy va jahon bozoridagi umumiy o‘rni; 
mahsulotlarni sotib oluvchi xaridorlar va xomashyo hamda materiallarni 
yetkazib beruvchilarning muqimligi; xo‘jalik yurituvchi subyekt imidjini 
ko‘tarishga hamda mahsulot realizatsiyasini ta’minlashga qaratilgan 
reklamaning samarasi; davriy, mavsumiy va boshqa tebranishlar; ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot bahosini shakllantirish (belgilash) siyosati; 
realizatsiya qilinayotgan mahsulotning rentabellik darajasi. 
Sotuv byudjeti asosidagi baholarni aniqlashning ikkita asosiy usuli 
mavjud: 
1. Umumiqtisodiy shart-sharoitlar, bozor kon’yunkturasi va ishlab 
chiqarish o‘sishining egri chizig‘ini matematik tahlil qilish asosida 
statistik istiqbolni belgilash. 
2. Xo‘jalik yurituvchi subyekt sotishni tashkil etish bo‘limi 
boshqaruvchilari va xodimlarining fikrlarini yig‘ish orqali olingan 
ekspert xulosasi. Ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarda sotishni tashkil 
etish xodimlari tomonidan har bir mijozga sotilayotgan har bir 
mahsulotni hisoblab chiqiladi. Boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarda 
esa, butun mintaqadagi umumiy sotuvlar hajmini mintaqaviy 
boshqaruvchilar tomonidan hisoblanadi. 
Bu usullarning har biri o‘z ijobiy va salbiy jihatlariga ega. 
Amaliyotning ko‘rsatishicha, ko‘pgina yirik xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar bu usullarning ikkalasidan ham mos ravishda foydalanishadi. 
Ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlar regression tahlil, mahsulot 
chiqarish xarajatlari va ekonometrik modellar kabi qiyin uslublardan 
foydalanish istiqbolni to‘g‘ri belgilashda qo‘l kelmaydi degan nuqtayi-
nazarga egalar.


187 
Mahsulotlar sotuvi byudjeti - rejalashtirishning 
eng og‘ir bosqichi hisoblanadi
 
Sotuvdan tushadigan tushum, xo‘jalik yurituvchi
subyektning ishlab chiqarish imkoniyatlariga bog‘liq emas
Bozorda nazorat qilib bo‘lmaydigan va sotuv byudjetiga bevosita va 
bilvosita ta’sir qiladigan omillar ko‘p
Sabablari: 
Bu omillar quyidagilar 
Raqobatchilarning faoliyati 
Hududiy, milliy va jahon bozoridagi umumiy holat 
Xaridorlar va mol yetkazib beruvchilarning barqarorligi 
Reklama va boshqa hamkorlik xizmatlarning samaradorligi 
(natijasi) 
Baho siyosati 
Mahsulotning rentabelligi 


188 
*- Bu ikkala usulning albatta bir qator yutuq va samaralari mavjud, lekin 
kamchiliklardan ham holi emas. 
8. a) Illyustrativ misol 
«Ulug‘bek» xo‘jalik yurituvchi subyekti uy-ro‘zg‘or buyumlari 
ishlab chiqaradi va sotadi. O‘tgan yil yakuni bo‘yicha buxgalteriya 
schyotlarida quyidagi qoldiqlar mavjud: 

Download 253.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling