Yusupova sh. K
% - shok, periferiyada kuchsiz pulg’s yoki uning yo’qligi - 1-soat
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Qandli diabet. Oquv qollanma. Yusupova Sh.Q. 6a84126393d9c873b8540a8259056f85
- Bu sahifa navigatsiya:
- - 2-soatda
- Insulinoterapiya
20% - shok, periferiyada kuchsiz pulg’s yoki uning yo’qligi
- 1-soat: 20 ml/kg tana vazni (avvalgi). Qiyin degidratatsiyada–quyish qaytariladi. Agar shok bartaraf etilmasa - 10 ml/kg 4-5% alg’bumin eritmasi-30 daqiqa mobaynida quyiladi. - 2-soatda:tana vazniga 10 ml/kg - 3-soat va keyin : tana vazniga 5 ml/kg DKAda sutkalik suyuklik mikdorini yoshga mos tarzda extiyoji (Qandli diabet bemorlarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam algoritmlari Moskva 2019 ) № Yoshi Suyuqlik miqdori ml/kg 1 1 yoshgacha 120-140 2 2 yosh 115-125 3 5 yosh 90-100 4 10 yosh 70-85 5 14 yosh 50-60 6 18 yosh 40-50 DKA har doim kaliy tanqisligi bilan kuzatiladi. Madomiki, K + hujayra ichi ioni hisoblanar ekan, uning qon plazmasidagi miqdori organizmdagi umumiy zahirada aniq ko’rinadi. Plazmada K + darajasining pasayishida uni tezda to’ldirish va zudlik bilan jiddiy kardiomonitoring olib borish kerak ( EKGda T yuqori o’tkir tish - gipokaliyemiya belgisi). Insulinni quyish - hujayraga K + ni kirishi- plazmada kaliy tanqisligiga aralashtiriladi ( suyuqlikning birinchi portsiyasiga KS1 ni zarur miqdorda qo’shib,keyinchalik qon plazmasidagi kaliy darajasiga mos holda quyish). Insulinoterapiya 68 SHokdan chiqqandan keyin boshlanadi. Kichik dozadagi insulin dozasini intravenoz yuborish optimal usuldir. DKAda faqat qisqa ta’sir ko’rsatadigan insulinlar ishlatiladi. Eng yaxshi kontsentratsiyadan 1 ml izotonik natriy xlorid eritmasi uchun 1 TB insulindir. 50 ml dan iborat aralashma infuzion tizim orqali tizillatib yuborish insulinni sistemalarga adsorbsiyasini tahminlaydi. Vena ichiga yuborish imkoni bo’lmasa, insulin teri ostiga yuborilishi mumkin. DKA uchun insulinoterapiya asosiy printsiplari: - boshlang’ich insulin doza soatiga 0,1 TB / kg ni tashkil etadi, yosh bolalarda bu doza 0,05 TB / kg bo’lishi mumkin, og’ir yiringli infektsiyalarda esa soatiga 0,2 TB / kg ga oshirish mumkin ; - birinchi soatlarda glikemiya darajasining pasayishi soatiga 4-5 mmol / l bo’lishi kerak, agar bunday bo’lmasa, insulin dozasi 50% ga oshiriladi va glikemiya ortsa 50-100% ga oshiriladi ; - glikemiya 12-15 mmol / l ga tushirilsa, infuzion eritmani dekstroza bilan almashtirilishi qon shakarini 8-12 mmol / l darajasida saqlash uchun kerak; - 15 mmol / l dan yuqori glikemiya ortishi insulinni dozasini 25% ga oshiriladi; - agar glyukoza darajasi 8 mmol / l dan oz bo’lsa yoki juda tez pasayganda, inektsiya qilinayotgan dekstrozaning konsentratsiyasini 10% yoki undan ortiq oshirish kerak; - dekstrozni kiritishga qaramasdan qonning glyukoza darajasi 8 mmol / l dan kam bo’lsa, insulin inhektsiya miqdorini kamaytirish kerak; - insulinni kiritishni to’xtatish yoki soatiga 0,05 TB / kg dan kamaytirish mumkin emas, chunki organizmda anabolik jarayonlarni o’z xoliga qaytarish uchun ikkala komponent insulin va glyukoza zarur . Bemorning kislota-ishqor holati normallashganda, har 2 soatda teri osti insulin inektsiyasiga o’tkaziladi. 2-3-kunda ketoz bo’lmasa, bola 5-6 martalik qisqa ta’sir ko’rsatadigan insulinga, so’ngra odatiy kombinatsiyalashgan insulin terapiyasiga o’tkaziladi. Elektrolitlar buzilishlarini tiklanishiga birinchi navbatda kaliy yetishmasligining to’ldirilishi tegishli. DKA xolatida bu elektrolit zaxirasi sezilarli darajada kamayadi. Agar infuzion terapiya boshlanishidan oldin qondagi kaliy miqdorining pasayishi bo’yicha laboratoriya mahlumotlari yoki EKG 69 mahlumotlar mavjud bo’lsa, u natriy xloridning izotonik eritmasi bilan bir vaqtning o’zida qo’llanilishi mumkin. Ko’pgina hollarda infuzion davolanishni boshlashdan 2 soat o’tgach, reanimatsiya tugagach, kaliy zaxiralari to’la boshlaydi. Bu davrda uning qondagi darajasi sezilarli darajada kamayadi, bu quyidagi omillar orqali amalga oshiriladi: - qonning infuzion eritmalar bilan suyulishi; - buyraklar faoliyatini tiklanishi bilan siydik orqali kaliy chiqarilish tezlashadi; - Qonning pH qiymatini oshirish va kislotalilik darajasini pasaytirish, insulin kiritilishi tufayli hujayralarga kaliyni kirishi. Odatda har bir litr izotonik natriy xlorid eritmasiga 40 mmol kaliy xlorid qo’shiladi (kaliy fosfat yoki asetat ham ishlatilishi mumkin). Atsidozga qaramasdan DKA bilan terapiya boshlanishida hech qachon vena ichiga bikarbonat ishlatilmaydi. Kislota-ishqor muvozanatining asta- sekin normallashuvi DKAni regidratsiya va insulin qo’llanilishiga bog’liq. Suyuqlik xajmi tiklanishi qon bufer tizimini tiklanishiga olib keladi, insulin kiritilishi ketogenezni to’xtatadi. Bikarbonatlar faqat ekstremal holatlarda qo’llaniladi: tashqi nafasni (pH 6.8 dan past) xavf ostida qoldiradigan qonning pH qiymati 7.0 dan past bo’lganida, miokardga salbiy inotropik ta’sir ko’rsatadi , qon tomirlarining katekolaminlarga sezuvchanligini pasayadi, jigar hujayralari insulinorezistentligi va laktat ishlab chiqarishi ortadi . SHu bilan birga kislotali holatni doimiy kuzatib borish kerak, rN 7.0 darajasiga y e tganda bikarbonatlarning kiritilishi to’xtatiladi. Odatda, bikarbonatlar 60 min ichida 1-2 mmol / kg (2,5 ml / kg, 4% natriy gidrokarbonat eritmasining haqiqiy massasi) dozasida vena ichiga juda sekin yuboriladi. Bundan tashqari, 0,15-0,3 g 1 kg tana vazni uchun quruq modda kaliy xlorid 1 litr suyuqlik bilan bir marta yuboriladi. Kapillyar qonda glyukoza miqdori har soatda kuzatiladi, qonda har 2- 4 soatda glyukoza, elektrolitlar, mochevina, qonning gaz tarkibini aniqlab turiladi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling