Yusupova sh. K


QANDLI DIABETNING SURUNKALI ASORATLARI DIABETIK


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/58
Sana13.04.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1349503
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58
Bog'liq
Qandli diabet. Oquv qollanma. Yusupova Sh.Q. 6a84126393d9c873b8540a8259056f85

QANDLI DIABETNING SURUNKALI ASORATLARI DIABETIK 
RETINOPATIYA 


70 
DR-QD tomirli asoratlarning klassik namunasi.Kichik yoshdagi bemorlarda ko’rishning 
yomonlashishi va ko’rlikka olib keladigan sabablar orasida birinchilardan hisoblanadi. 
DR ekssudat o’choqlar, retinal va preretinal qon quyilishi, yangi hosil bo’lgan 
tomirlarning o’sishi, shox pardaning traktsion ko’chishi, rubeoz glaukomaning 
rivojlanishi bilan xarakterlanuvchi to’r parda tomirlari hamda to’r parda qobiqlarining 
o’ziga xos shikastlanishi hisoblanadi. QD 1-turi bilan 10 yildan ortiq kasallangan 
bemorlar orasida DR %, 15 yildan ortiq vaqt kasallanganlar orasida esa 70-90% 
aniqlangan. QD kompensatsiyasi qanday yomon bo’lsa, DR shuncha tez va og’ir 
kechadi. 
DR ning oftalg’moskopik ko’rinishi : 
-mikroanerizm ( kapillyar devorlarning tsilindrik bo’rtib chiqishi) 
- kapillyarlar kengayishi 
-nuqta yoki dog’ ko’rinishida retinal quyilishi 
-qattiq yoki yumshoq, paxtasimon ekssudativ o’choqlar 
-yangi hosil bo’lgan tomirlar 
-to’r parda shishi 
QD da ko’rishni yo’qotish shishasimon tana, makulopatiya, to’r parda qoldig’i, 
glaukomaga qon quyilishi oqibatida bo’lishi mumkin. 
Tasnifi 
I bosqich – noproliferativ DR. Birlamchi mikroanevrizm, nuqtali qon quyilishi, 
paramakulyarzonada qattiq ekssudat bilan xarakterlanadi II bosqich – preproliferativ DR, 
ko’plab ekssudat va yirik retinalgemorragiya , venoz anomaliya balan namoyon 
bo’ladi. 
III bosqich – proliferativ DR, shishasimon tanada retinal, preretinal qon quyilish, ko’rish 
nervi sohasida yoki to’r pardaning boshqa hududlarida yangi hosil bo’lgan tomirlarning 
o’sishi bilan xarakterlanadi. Jarayonning rivojlanishida yangi hosil bo’lgan tomirlarning 
yanada tez o’sishi bilan preretinal qon quyilish zonasida fibroz to’qimaning o’sishi 
kuzatiladi. Bu o’zgarishlar to’r pardaning vitreoretinal tortmalari va traktsion 
qatlamining hosil bo’lishiga olib keladi. Kamalak qobig’i (rubeoz) va old kamera 


71 
burchagida yangi 
hosil bo’lgan 
tomirlarning 
ko’payishi ikkilamchi glaukoma rivojlanishi va ko’rishni birdan yo’qotishning sababi 
hisoblanadi. 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling