Yusupova sh. K
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Qandli diabet. Oquv qollanma. Yusupova Sh.Q. 6a84126393d9c873b8540a8259056f85
- Bu sahifa navigatsiya:
- Klinik ko’rinishi
Diabetik neyropatiya
Diabetik neyropatiya – QD juda keng tarqalgan asoratlaridan biri hisoblanadi. Diabetik neyropatiyaning tarqalganligi 5 - 90% gacha kenglikni tashkil etadi. Neyropatiya tezligida mahlumotlarning standart diagnostik mezonlarning mavjud emasligi, turli darajadagi o’ziga xoslik bilan diagnoztik usullardan foydalanilmasligida kuzatiladi. QD da ko’plab nevrologik asoratlar periferik nerv tizimi bilan bog’liq. Diabetik periferik neyropatiya etiologiyasi va patofiziologiyasiga tegishli mahlumotlarning yetarli emasligidan hozirgi vaqtda foydalanilayotgan tasnif (NathanD.,1993) klinik 75 ko’rinishlarga asoslanadi. 1)simmetrik polineyropatiya: -sensor-motor periferik neyropatiya -avtonom neyropatiya 2) o’choqli (asimmetrik) neyropatiya -mononeyropatiya -radikulopatiya QD 1-turi bilan 5 yildan ortiq vaqtda kasallangan bemorlar orasida diabetik neyropatiya 14%, 10 yoshdan oshganlarda 20-25%, 20 yoshdan oshganlarda esa 65% aniqlangan. QD 5-10 yil davom etgan bemorlarning ko’pchiligida elektrofiziologik tadqiqot olib borilganda motor va sensor asab o’tkazuvchanligining kechikishi ko’rinishida periferik nervlar shikastlanishining klinik ko’rinishigacha bo’lgan belgilar erta aniqlandi. O’smirlarda asab tizimining harakat, sezish va avtonom vazifalarining subklinik buzilishi hatto diabetni unchalik uzoq davom etmasligida ham kuzatilishi mumkin. Klinik ko’rinishi Yosh bolalar va o’smirlarda periferik neyropatiya uchun quyidagi ko’rinishlar xosdir : -bolalarda harakat buzilishlari sensorga o’rnini bo’shatadi. - sezishning sezilarli buzilishlari yo’qligida axill va tizza reflekslarining pasayishi. - og’riq sindromi ko’pincha distal polineyropatiyaning hamma rivojlanish davrlarida kuzatilmaydi. - bolalarda vibratsion sezuvchanlik yuzaki turidagi buzilishi oqibatida eng oxirida distal polineyropatiyaning og’ir shakllarida bo’ladi. Avtonom neyropatiya simmetrik neyropatiya shakli singari 30-70% bemorda QD boshlanishidan 5-10 yil o’tgach rivojlanadi. Ko’plab bemorlarda u patologik o’zgarishlar turg’un bo’lmagunicha simptomsiz bo’ladi. Avtonom neyropatiya har xil organ va tizimlarning harakatli hamda sensor vazifalarning buzilishini chaqiradi. Jarayon ko’pincha yurak qon tomir, oshqozon ichak va siydik ahzolari tizimini o’ziga tortadi. Avtonom neyropatiyaning yurak qon tomir shakli taxikardiya va ortostatik gipotoniya, kam holatda kardialgiya ko’rinishida kechadi. Yurak qon tomirli avtonom neyropatiya tashhisi Valg’salg’va sinamasi va chuqur nafasga javoban yurak ritmi o’zgarishini, 76 shuningdek, tana holatining o’zgarishida AB va yurak ritmi o’zgarishini qayd qiluvchi testlar yordamida o’rnatiladi. Oshqozon ichak yo’llari shikastlanishi avtonom neyropatiyaning ikkilamchi namoyon bo’lishi gastroparez yoki yo’g’on ichak atoniyasi ko’rinishida aniqlanadi. Avtonom neyropatiyada siydik sindromi siydik pufagi to’lgani va siydik chiqarishni sezish pastlashishi siydik pufagi atoniyasi, siydik chiqarish tezligining kamligi va infektsiya rivojlanishi xavfining oshishiga olib keladi. Bemorlarda ko’pincha siydikni ushlay olmaslik kuzatiladi. Bu holat tashhisi uchun siydik chiqarilganidan keyin siydik pufagini UTT yordamida tekshiriladi. 150 ml miqdoridagi siydikning qoldiq hajmini aniqlash siydik pufagi disfunktsiyasini ko’rsatadi. Avtonom neyropatiyaning boshqa simptomlari termoregulyatsiyaning buzilishiga olib keladigan distal angidroz gavdada o’ta ortiq terlash kuzatiladi. Qorachiq innervatsiyasi har ikkala qismining shikastlanishi , qorachiqning o’rtacha torayishi va qorong’ulikka moslashishning qiyinlashishiga olib keladi. Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling