Yusupova sh. K


Jadval 1. Pankreatik xujayralar


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/58
Sana13.04.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1349503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
Qandli diabet. Oquv qollanma. Yusupova Sh.Q. 6a84126393d9c873b8540a8259056f85

Jadval 1. Pankreatik xujayralar 
 
Hujayra turi 
Orollar hajmining 
taxminiy ulushi 
Sekrektsiya mahsulotlari 
Dorsal 
Ventral 



A-hujayralar (£) 
10% 
<5% 
Glyukagon 
V-h
ujayralar(β) 
70-80% 
15-20% 
Insulin, s-peptid, 
proinsulin, amilin, γ- 
amino yog’li 
kislota(GAYoK) 
D-h
ujayralar(δ) 
3-5% 
<1% 
Somatostatin 
‘‘-hujayralar (F) 
<2% 
80-85% 
Pankreatik polipeptid (PP) 
 
 
INSULIN. 1921 yili Banting va Best itning oshqozon osti bezidan ozod bo’luvchi 
giperglikemiya hamda glyukozuriya ekstraktini olib, bir yildan keyin qandli diabet bilan 
kasallangan bemorlarni davolash uchun insulin dori vositasini tayyorlashgan. 
Insulinning kimyoviy tuzilishi 1953 yili Sendjer tomonidan tahlil qilingan. 
Insulin oshqozon osti bezining 
β hujayrasida sintezlanadi. Insulin geni 11- 
xromosomaning qisqa yelkasida tarqalgan. Dastlab preproinsulin, keyin proinsulinhosil 
bo’ladi, keyinchalik S-peptid va insulin molekulasi yoriladi. 
Insulinning molekulyar tuzilishi
 



Proinsulinning 
86-aminokislotali 
ketma ketligini A va V insulin zanjiri, shuningdek, 35 aminokislotali biriktiruvchi 
segment tashkil qiladi. KarboksipeptidazaE fermenti tag’sirida ikki juft asosiy 
aminokislota 
molekulasi parchalanishidan keyin insulin 
(51 
ta 
aminokislota qoldig’i) 
va S-peptid (31 
ta aminokislota qoldig’i) hosil bo’ladi. 
Proinsulindan insulin ajralib chiqqandan so’ng S- peptid (molekulyar vazni 3000 
ga teng 31 ta aminokislota zanjiri) hosil bo’ladi. Uning biologik faolligi mahlum emas. 
U insulinga ekvimolyar miqdorda 
β-hujayradasintezlanadi va parchalanadi hamda eng 
avvalo buyrakka tushadi. 
Insulin, 51 aminokislota oqsili ikkita zanjirdan:A-zanjir (21AK) va V-zanjir 
(30AK) tashkil topadi. Zanjirlar bir -biri bilan ikkita disulg’fid ko’prikchalar bilan 
birikadi. Yana bitta disulg’fid ko’prikcha A zanjirda 6 va 11-aminokislotalarni o’zaro 
bog’laydi. Inson insulinining molekulyar vazni 5808 ga teng. Qondagi endogen 
insulinning yarim yashash davri 3-5 daqiqadan iborat. U birinchi navbatda, jigar, buyrak 
va yo’ldosh insulinazalar tomonidan parchalanadi. Bitta qon passaji jigar orqali 
taxminan 50% insulinni yo’qotadi. 
Sekretsiyasi 
Sog’lom kishining oshqozon osti bezi bir kunda 30 birlik atrofidagi insulinni 
sintezlaydi. Qondagi uning bazal kontsentratsiyasi o’rtacha 30 mkEd/ml (0,4 ng/ml yoki 
61 pmolg’/l) ni tashkil qiladi. Sog’lom odamda normal nonushtadan keyin insulin 
darajasi kam holatlarda 100mkEd/ml (610 pmolg’/l)ga ortadi. Periferik qonda insulin 
kontsentratsiyasi ovqat 


10 
istehmol qilgandan 8-10 daqiqa o’tgach ortadi, 30-45 daqiqadan keyin maksimum 
darajaga yetadi. Keyin uning darajasi qondagi glyukoza kontsentratsiyasi bilan parallel 
holda kamayadi, 90-120 daqiqa o’tgach dastlabki holatga qaytadi. 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling