Yusupova sh. K
Differentsial diagnostikasi
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Qandli diabet. Oquv qollanma. Yusupova Sh.Q. 6a84126393d9c873b8540a8259056f85
Differentsial diagnostikasi
Hozirgi vaqtda differentsial diagnostika QD va uning debyut davrida dolzarb muammo sanaladi. 50% dan ortiq bola diabet ketoatsidoz holati bilan tashhislanadi. Kasallik tarixining tahlili shifokorga birlamchi murojaatda bolalarga qo’yilgan tashhislarning turli tumanligiga ta’sir qiladi : − Fankoni sindromi (qand, fosfat, aminokislota va bikorbonat reabsorbtsiyasining buzilishi); − homiladorlikda glyukozuriya ( koptokcha filg’tratsiyasining ortishi, buyrak kanallariga tushuvchi glyukoza miqdorining ortib borishi uning reabsorbtsiyasini oshishiga imkon beradi); − jarrohlik patologiyasi (o’tkir appenditsit, ichak tutilishi,o’tkir qorin) − infektsion kasalliklar (gripp, pnevmoniya, meningit, bronxial astma); −oshqozon ichak yo’llari kasalliklari (ichak toksikoinfektsiya, gastroenterit, o’t haydovchi yo’llar diskineziyasi, ichak infektsiya); -buyrak kasalliklari (pielonefrit) ; -nerv tizimi kasalliklari (vegetomirli distoniya, bosh miya shishi, toliqish) ; -qandsiz va buyrak diabeti. Davolash 31 Bolalarda QD 1-turini davolash quyidagi asosiy omillarni o’z ichiga oladi; -insulinoterapiya -parhez -jismoniy yuklama -uy sharoitida o’z –o’zini nazorat qilishni o’rganish va tadbiq qilish -psixologik yordam Bu omillarning har biri terapevtik tadbirlar zanjirida zarur. QD 1-turi bilan kasallangan bolalar va o’smirlarni davolashning maqsadi: -uglevod almashinuvi darajasini normal holatga maksimal yaqinlashishiga erishish; -bolaning normal jismoniy, somatik va psixosotsial rivojlanishi. QD 1-turi bilan kasallangan bolalarga ambulator va statsionar holatda yordam ko’rsatiladi. Statsionar davolanishga bolada kasallik manifestatsiyasi bo’lgandada ehtiyoj seziladi. Keyinchalik esa kasallikning kechishiga bog’liq bo’ladi. Parhez. Kunlik ratsiondan tarkibida yengil hazm bo’luvchi uglevodlar bo’lgan mahsulotlar chiqariladi (qand, asal, shirin konditer mahsulotlari, qiyom, shirin ichimliklar). Kunlik ratsion kaloriyasi Uglevodlar 55-60% Oqsil 15-20% Yog’lar 20-25 % tashkil etadi. To’yingan yog’ kislotalarini – 10% cheklash, to’yingan yog’larni mono- va yarim to’yingan yog’lar bilan almashtirish (o’zaro munosabat 1:1:1) ga teng. Maktabgacha yoshdagi bolalarda to’yingan yog’lar chegaralanishi kerak emas. Quyidagi mahsulotlarni hujjatlashtirish zarur (non birligini hisoblash (NB): donli, suyuq sut mahsulotlari, sabzavotlarning ayrim navlari (kartoshka, makkajo’xori), mevalar . Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling