Yusupova sh. K
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Qandli diabet. Oquv qollanma. Yusupova Sh.Q. 6a84126393d9c873b8540a8259056f85
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qandli diabet 1-turi epidemiologiyasi
Qandli diabet 1-turi
QD 1-turi bolalarda keng tarqalgan turi bo’lib, bolalar hamma etnik guruhida kasallikning yangi aniqlangan holatlarining uchdan ikki qismini tashkil qiladi. Bu bolalarda eng ko’p tarqalgan surunkali kasallik hisoblanib, 18 yoshgacha 350 bolaga 1 holatda uchrash tezligi bilan uchraydi; so’nggi yillarda kasallik asosan <5 yoshli bolalar o’rtasida ortib bormoqda. Diabetning 1-turi har qanday yoshda paydo bo’lishi mumkin, qoidaga ko’ra, bu kasallik 4-6 yoshlar, shuningdek, 10-14 yoshlar orasidagi bolalarda ham uchrab turadi. Qandli diabet 1-turi epidemiologiyasi Diamond Project nomli mashhur mulg’tinatsional loyiha bolalar diabeti bilan bog’liq o’lim va xavf omillari va kasallanish ko’rsatkichi bo’yicha standartlashgan xalqaro mahlumotlarni to’plagan. Bu loyihada dunyoning 70 dan ortiq davlatlar qatnashgan. Ushbu tadqiqot natijalariga muvofiq, qandli diabet kasalligi: eng yuqori ko’rsatgich (yiliga 100 mingga 20 tadan ko’proq) skandinaviya davlatlari (Finlyandiya, SHvetsiya, Norvegiya) va Sardiniya (Italiya)da aniqlangan. o’rtacha ko’rsatgich (yiliga 100 ming aholiga 7-9 holat) – AQSH, Yangi Zelandiya, Niderlandiya, Ispaniyada kuzatilgan. past ko’rsatgich (yiliga 100 ming aholiga 7 holat) Polg’sha, Italiya (Sardiniyadan tashqari), Isroilda aniqlangan. Kasallik xavf omili kamroq bo’lgan davlatlar (yiliga 100 ming aholiga 3 holat) CHili, Meksika, Xitoy (Atlas IDF 2000-2009)deb topilgan. Qandli diabet bilan kasallanish darajasi mahlum etnik guruhga taalluqli ekanligiga, mamlakatning geografik holati, iqlim sharoiti, o’rab turgan tashqi muhit, jumladan, ovqatlanishga ko’ra bir-biridan farq qiladi. So’nggi 10 yillik epidemiologik tadqiqot natija lariga ko’ra, turli davlatlarda bolalar orasida, asosan 5 yoshgacha bo’lgan bolalarda qandli diabet 1-turi bilan kasallanish ortib borayotganini ko’rish mumkinRossiyada 2000-2003 yillarda QD 1- turining tarqalganligi 53,0-55,3: kasallanish 13,4-9,2 : 100000 aholiga o’lim 0,11 ( Moskvada, 2001)-0,08 (RF,2003) (Peterkova V.A. va hammual., O’erbacheva L.N. va hammual. 2002-2007) ni tashkil qiladi, yahni Rossiya QD 1-turi bilan kasallanish xavfi o’rtacha davlat hisoblanadi. O’zbekistonda bolalar va o’smirlarda QD 1-turi haqidagi epidemiologik mahlumotlar 2000 yilda olib borilgan Milliy registrga asoslanganda kasallanish darajasi turg’un past raqamlarda aniqlandi, demak, O’zbekiston kasallanish xavfi kamroq bo’lgan davlatlar qatoriga kiradi. So’nggi 14 yilda erta tashhislash va insulin bilan tahminlanishning yaxshilanishi, bemorlarni o’z-o’zini nazorat qilish bo’yicha o’qitishning yangilanishi, 23 insulinning optimal dozasidan foydalanish bilan insulinoterapiyaning intensiv tartibini amaliyotga faol tadbiq etish va endokrinologlarni o’z hududlarida o’qitish hisobiga O’zbekiston bo’ylab bolalarda o’lim ko’rsatkichining 98,5%, o’smirlarda 98-100% kamaygani aniqlangan (Raximova G.N., Alimova N.U.,2002-201y.) . 5> Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling