39
Glyukozani avtomatik ravishda o’lchaydigan va olingan
natijalarga muvofiq zarur
miqdorda insulin kiritadigan qurilmalar allaqachon mavjud, ammo qimmat turadi.
Insulin dozasi. Xalqaro insulin birliklari
2000 yildan
buyon Jahon sog’liqni
saqlash
tashkiloti
va XDF
(Xalqaro Diabet Federatsiyasi) insulinni tarqatishda
birliklar soni bo’yicha
butun dunyo miqyosida bir xillik kiritdilar - 1 ml uchun 100 TB. Yevropa
mamlakatlarining ko’pchiligida anhanaviy bir marta ishlatiladigan insulin SHpritslari 1
ml uchun 100 TB gacha bo’lgan insulin kontsentratsiyasi uchun mo’ljallangan
va turli
o’lchamlarga ega: 25, 30, 50, 100 TB insulin (0,25-1,0 ml.) formasida. Rossiyada
va O’zbekistonda 1 ml da 100 TB a bo’lgan insulin ineksiyalari asosan 100 TB insulin
(1,0 ml) qiymatida bir marta ishlatiladigan insulin shpritslaridan foydalaniladi. 1 ml
ichidagi 40 U bilan ukolda 100 U miqdorida insulinni qo’llashda
xatoliklarni oldini
olish uchun, muqarrar ravishda hipoglikemiyaga
va aksincha xolatga olib
keladigan xolatlarni oldini olish uchun xamda ketoasidoz holatda 40 TB
saqlaydigan insulinni 100 TB uchun mo’ljallangan
shpritsda yubormaslik uchun,
faqat 100 TB qiymatiga ega bo’lgan insulin 100 TB dozatorga ega insulin
shpritsda yuborilishi kerak. Ishlatilgan ignalar va shpritslar maxsus idishga tashlanishi
kerak.
1 tur qandli diabet kasalligiga chalingan barcha bolalar va o’smirlar,
diabet
kasalligi bilan og’rigan homiladorlar, ko’rish qobiliyati past bo’lgan, qo’l yoki oyog’i
amputatsiya qilingan bemorlar insulin inhektsiyasi uchun shprits bilan tahminlanishi
kerak!
Insulin inyektsiyasi texnikasi qisqa ta’sirli insulin (QTI) ovqat istehmol qilishdan 30
daqiqa oldin quyiladi (zarurat bo’lganda 4-60 daqiqa ichida)ulg’tra qisqa ta’sirli insulin
(xumalog yoki novorapid)bevosita
ovqat istehmol qilishdan oldin, zarurat bo’lganda
ovqatlanilayotganda yoki ovqatdan keyin.
Agar igna uzunligidan ko’ra, teri osti yog’ qatlami qalin bo’lsa, QTI inhektsiyasi
45-90 darajadagi burchakda teri burmasiga qilish tavsiya qilinadi.
Lipodistrofiya rivojlanishini oldini olish maqsadida insulin inhektsiya qilish
joyini har kuni o’zgartirib turish tavsiya qilinadi.