Yusupova sh. K


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/58
Sana13.04.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1349503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
Qandli diabet. Oquv qollanma. Yusupova Sh.Q. 6a84126393d9c873b8540a8259056f85

Somatostatin 
Somatostatin geni 3-xromosomaning uzun yelkasiga joylashgan. Bu gen 116 ta aminokislota 
qoldiqlaridan tashkil topgan peptid (preprosomatostatin),somatostatin gormonini o’zida 
mujassamlashtirgan S- oxirgi fragment (14 ta aminokislota qoldiqlari, molekulyar vazni 


13 
1640)ni kodlaydi. Somatostatin Langergans orolcha periferiyasi bo’ylab joylashgan 
δ hujayra 
tomonidan ishlab chiqarilaadi, ammo o’sish gormoni sekretsiyasini ingibirlash qobiliyati 
tufayli gipotalamusda birinchi bo’lib aniqlangan va o’z nomini olgan (O’Gyoki 
somatotropin). Keyinroq somatostatin ko’pgina to’qimalarda, yahni bosh miyaning turli 
sohalari, oshqozon-ichak yo’llari va oshqozon osti bezida topilgan. MAT va oshqozon osti 
bezida somatostatin - 14ning miqdori ustunlik qiladi, ammo bosh miyadadagi immunoreaktiv 
somatostatinning 5-10% i 28 ta aminokislota qoldiqlaridan tashkil topgan –somatostatin -28ga 
to’g’ri keladi. Uning N –oxirgi ketma ketligi 14ta aminokislota qoldiqlaridan, S-oxirgisi esa 
somatostatin -14 dan tashkil topgan. Ingichka ichakda, aksincha, somatostatin-28 ustunlik 
q
iladiː uning ulishi umumiy immunoreaktiv gormonning 70-75% iga to’g’ri keladi, 
somatostatin -14 ulushi esa 25-30 % ga to’g’ri keladi. Somatostatin-28 O’G va insulinni
somatostatin -14 dan ko’ra 10 marta kuchliroq ingibirlaydi. Boshqa tomondan, glyukagon 
sekretsiyasini aynan somatostatin-14 kuchliroq ingibirlaydi. 
Insulin sekretsiyasining ko’plab stimulyatorlar (glyukoza, arginin, JIP va 
tolbutamid)δ-hujayraladan somatostatin sekretsiyasini ham kuchaytiradi. Qonda mavjud 
somatostatinning roli hanuz noaniqligicha qolmoqda. Bu peptidning asosiy vazifasi 
taxminan oshqozon osti bezi orolcha to’qimalari faolligining va oshqozon-ichak 
tizimiining parakrin boshqaruvida ishtirok etishdir.Odam zordobida somatostatinning 
fiziologik darajasi kamdan kam hollarda80pg/ml (49pmolg’/l)ga ortadi. Ekzogen 
somatostatinning metabolik klirensi juda tez kuzatiladi. 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling