Yusupova sh. K


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/58
Sana13.04.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1349503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
Qandli diabet. Oquv qollanma. Yusupova Sh.Q. 6a84126393d9c873b8540a8259056f85

Glyukagon 
Biokimyo Pankreatik glyukagon, bir nechta boshqa biologik peptidlar kabi 
insonlarning 2-xromosomasida joylashgan preproglyukagon genini kodlaydigan 
preglyukagonning juda yirik peptididan hosil bo’ladi. 
Glyukagon bir zanjirli polipeptid bo’lib, 29 ta aminokislota qoldig’idan tashkil topgan. 
Uning molekulyar vazni 3485 ga teng. Sog’lom kishi plazmasida o’rtacha 
immunoreaktiv glyukagon kontsentratsiya 75pg/ml (25pmolg’/l)ni tashkil etadi. 
Glyukagonning qonda yarim yashash davri 3-6 daqiqa. U qondan asosan jigar va 
buyrak orqali eliminatsiyalanadi. 
Sekretsiyasi. Glyukoza glyukagon sekretsiyasini ingibirlaydi. H
ozirgacha u α- 
hujayraga bevosita ta’sir qiladimi yoki 
α-hujayra faolligini susaytiruvchi somatostatin 
va insulin sintezini oshirish orqali ta’sir qiladimi aniq emas. Undan tashqari 
δ-hujayra 
gamma-aminomoy kislotani 
(GAMK)sintezlaydi, α-hujayra esa yaqinda ushbu 
kislotaning retseptorlari aniklandi

SHuning uchun GAMK 
α-hujayra faolligini 
ingibirlashda muhim ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. 
Glyukagon ta’sirlari. Insulindan farqli ravishda glyukagon har xil to’qimalarda 
energiyani zahirasiga sabab bo’ladi, ovqat qabul qilish o’rtasida to’qimalarni energiya 
bilan tahminlaydi. 


12 
Oshqozon osti beziga anatomik yaqinligi sababli glyukagonning asosiy nishon organi 
jigar hisoblanadi. Glyukagonni o’zining jigar retseptorlari bilan bog’lanishi 
adenalattsiklaza va tsAMF sintezini faollashtiradi, 
o’z 
navbatida 
glikogen 
parchalanishiga, aminokislotalarning o’tmishdoshlaridan glyukoza hosil bo’lishi 
(glyukoneogenez) va yog’ kislotalaridan keton tanasi (ketogenez) hosil bo’lishiga sabab 
bo’ladi. 
Glyukagon o’tmishdosh peptidlari 
Ingichka ichak hujayralarida 1/3 progormonkonvertaza ta’sirida proglyukagondan 
boshqa peptid- glitsentin, polipeptid, glitsentin avlodi (PPRG), oksintomodulin va ikkita 
glyukogonga o’xshash peptid (GPP – 1 i GPP – 2) jamlanmalari hosil bo’ladi. 
GPP–1 ikki faol shaklda: GPP-1 (7-36) va GPP-1 (7-37) mavjud bo’ladi. U ovqat 
qabul qilinishiga javoban ichaklarning L- hujayrasida sintezlanadi va glyukagon 
retseptorlariga o’xshash bo’lgan o’zining retseptorlari bilan (‘CGB) bog’lanadi. Qonda 
GPP-1 dipeptidilpeptidaza IV (DPP IV) tomonidan undan ikkita N-oxirgi aminokislota 
qoldig’ini ajratib tashlash yo’li bilan tez inaktivlashadi. GPP-1 ning asosiy nishoni 
oshqozon osti bez orolchasi bo’lib, u somatostatin va insulin sintezini hamda 
sekretsiyasini qo’zg’aydi, glyukagon sekretsiyasini ingibirlaydi. Undan tashqari,GPP-1 
β hujayra destruktsiyasiga to’sqinlik qiladi va ularning proliferatsiyasini stimullaydi. 
GPP-1 nishonlari oshqozon (bu peptid oshqozonni bo’shashini tormozlaydi va xlorid 
kislotasi sekretsiyasini kuchaytiradi), bosh miya (GPP-1ishtahani yo’qotib, vazn 
yo’qotilishiga olib keladi) va yurak (bir qancha himoyaviy ta’sir ko’rsatadi) bo’lishi 
mumkin.Ovqat qabul qilishdaGPP-1 bilan birga GPP-2 xamsintezlanadi, u GPP-1 va 
glyukagon retseptorlariga juda o’xshash bo’lgan o’zining ‘CGBretseptoriga bog’lanadi, 
DPP-IVtomonidan inaktivatsiya qilinadi. Uning asosiy nishoni ichak hisoblanib, u bir 
vaqtning o’zida peristaltikani susaytirib, to’yingan moddalar so’rilishini va shilliq 
qavatni o’sishini tag’minlaydi. 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling