Yusupova sh. K


Insulin bazal sekretsiyasi


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/58
Sana13.04.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1349503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
Qandli diabet. Oquv qollanma. Yusupova Sh.Q. 6a84126393d9c873b8540a8259056f85

Insulin bazal sekretsiyasi (yahni ekzogen stimullar mavjud emasligida) ovqat 
qabul qilishgacha sintezlangan (och qoringa) insulin miqdori hisoblanadi. Glyukoza 
miqdori 80-100 mg% (4,4-5,6 mmolg’/l) bo’lganda insulin sekretsiyasini stimullaydi, bu 
gormon sekretsiyasi uchun ko’plab stimulyatorlarining ta’siri zarur ( in vitro tizimida). 
Insulin stimullangan sekretsiyasi ekzogen stimulyatorlar ta’siri ostida kelib 
chiqadi. In vivo h
olatda β- hujayralari ovqat qabul qilishga javoban ishlaydi. Insulinning 
eng kuchli qo’zg’atuvchisi glyukoza hisoblanadi. Glyukoza kontsentratsiyasining qonda 
birdaniga oshishida insulinning qisqa muddatli sekretsiyasi kuzatiladi (birinchi faza). 
Keyinchalik bu glyukoza kontsentratsiyasiga mos ravishda insulin sekretsiyasi sekin asta 
kamayadi, biroq keyin turg’un darajaga yetguncha yana o’sib boradi (ikkinchi faza). 
Insulinning ta’sir mexanizmi. Insulin hujayra membranasi orqali glyukoza, oqsil 
va boshqa moddalar kirishini oshirib, organizm to’qimalarida elektrolit, oqsil, yog’ va 
uglevod almashinuviga ta’sir qiladi. Insulin o’zining biologik ta’sirini mos retseptorlar 
orqali amalga oshiradi. 
Insulin retseptori ikki subbirlikdan tashkil topgan oqsildan iborat. SS-
subbirlikning polipeptid zanjiri 719 ta aminokislota qoldig’i (hajmi 135000), v-
subbirliklar esa 620 ta aminokislota qoldiqlari (hajmi 95000) ni o’z ichiga oladi. 
Retseptor quyidagi asosiy 
uchta vazifani bajaradiː 1) insulin yuqori darajadagi o’ziga 
xoslik bilan bog’lanadi; 2) hujayra ichi jarayonlariga mos signal beradi; 3) insulin 
«internalizatsiyasi»ni amalga oshiradi, natijada gormon lizosomada proteolizaga 
yo’liqadi, retseptor esa hujayra membranasiga qaytadi. Insulin retseptorini geni 19-
xromosomaning qisqa yelkasida joylashadi. 
Insulinning asosiy ta’siri hujayra membranasi orqali glyukoza o’tkazilishini oshirishdan 
iborat. Glyukozaning hujayra ichiga kirish tezligi 20-40 marta ortadi. Bu membranada 
glyukoza oqsil-transporterlar miqdorining 5-10 marta oshishi hisobiga bir vaqtning 
o’zida hujayra ichida ularning 50-60% kamayishi 
kuzatiladi. 
Glyukoza 
transportyorlarining 
ikki sinfi ajratiladiː glyukozali natriy kontrastportyori va 


11 
glyukozaning xususiy transportyori va uning 5 izoformlari. Glyukozali natriy 
yetkazuvchi (simporter) ingichka ichakning kipriksimon hujayrasi va buyrakning 
proksimal kanallarida ekspressiyalanadi. Mazkur oqsil ichak bo’shlig’idan yoki 
nefrondan kontsentratsiya gradienti bo’ylab yetkaziluvchi natriy ionlarining bog’lanish 
yo’li bilan glyukozani kontsentratsiya gradientiga qarshi yo’nalishda faol transportini 
amalga oshiradi. 
Glyukoza yetkazuvchilarining ikkinchi sinfi hamma hujayralar yuzasida joylashgan 
membranali oqsillar bo’lib, ular kontsentratsiya gradienti bo’ylab glyukozani yetkazib 
beradi (erkin diffuziya). 
Ushbu glyukoza yetkazuvchilari orasida GLYuT 1(eritrotsitar turi), GLYuT 2 
(jigarli turi ), GLYuT 3 (miyali turi ), GLYuT 4 (muskul-yog’ t) turi GLYuT-5 (ichakli 
turi) turlari farqlanadi. 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling