Yusupova sh. K


Download 1.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/58
Sana13.04.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1349503
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58
Bog'liq
Qandli diabet. Oquv qollanma. Yusupova Sh.Q. 6a84126393d9c873b8540a8259056f85

Davolash 
Davolash eng avvalo, uglevod almashinuvining qoniqarli kompensatsiyaga yetkazishga 
qaratilgan bo’lib, distal polineyropatiyaning yuqori darajadagi dastlabki ko’rinishlari 
qaytarilmas sanaladi. Mahlumki, uglevod almashinuvi kompensatsiyasi (HbA 
1c<8%)ga yetganda diabetik neyropatiyaning rivojlanish xavfi 69% ga pasaygan. Dori 
vositalar bilan davolashda simptomatik dori vositalari singari patogenetik terapiyadan 
foydalanishni ham o’z ichiga oladi. Diabetik neyropatiyani simptomatik terapiyasida 
xolinesteraznalar (neostigmin bromid), ular nerv impulg’si, og’riqsizlantiruvchilar 
(atsetilsalitsil kislota, metamizol natriys vositasi), tomir tortishishiga qarshi vosita 
(klonazepam), tritsiklik antidepressant (amitriptilin), tomirni kengaytiruvchi va boshqa 
guruh dori vositalari qo’llaniladi. 
Bo’g’imlar harakatchanligining chegaralanishi (Xayropatiya) 
BHCH – bolalar va o’smirlarda diabetning ko’p uchraydigan asorati bo’lib, klinik 
ko’ruvda aniqlanadi. U og’riqsizligi bilan xarakterlanib, qo’l barmoqlarida rivojlanish 
ustunlik qiladi. Bo’g’imlarning chegaralangan harakatchanligi taxminan 5 yildan ortiq 
muddatda diabet kechgan 25-40% bolalar va o’smirlarda aniqlandi. Bo’g’imlar 


77 
harakatchanligining chegaralanishida periartikulyar to’qimalarda o’zgarish yuzaga 
keladi. Uning rivojlanishida yetakchi mexanizm ahamiyati shundaki, diabetning boshqa 
o’ziga xos asoratlari giperglikemiyaning uzoq ta’sir qilishiga olib keladi. 
Birinchi navbatda qo’l kafti V barmog’ining metakarpal – falang va proksimal 
falanglararo bo’g’imlarida aniqlanadi. Keyinchalik bunday o’zgarishlar boshqa 
barmoqlarda ham kuzatiladi. Kaftdagi jarayon odatda ikki tomonlama, kam hollarda esa 
bir tomonlama xarakterga ega bo’lib, V barmoqdan radial holatda tarqaladi. Ayrim 
bemorlarda kontraktura mayda qo’l manipulg’yatsiyasini o’tkazishni qiyinlashtiradi. 
Ko’pincha metakarpal- falang, proksimal va distal falanglararo bo’g’imlar 
harakatchanligining chegaralanishi bilak-kaft bo’g’imi, bo’yin, hatto umurqa 
pog’anasining ko’krak va bel bo’limlari, shuningdek, tovon bo’g’imlarida harakat 
hajmining o’zgarishi kuzatiladi. Yirik, masalan, tizza va bo’g’imlarida ham harakat 
hajmi qisqarishi mumkin. 
Skrining usulida bo’g’imlar harakatchanligi chegaralanganligini aniqlash uchun 
bemorlarga barmoqlar kafti yuzasi doim tirsagini baland ko’tarish, yelkada to’g’ri chiziq 
hosil bo’lishini tahminlash so’raladi. Bunda bo’g’imlar yuzasi mustahkam yopishishi 
aniqlanadi. 
Xayropatiya 


78 
Harakat chegaralanishining uchta darajasi ajaratiladi: 
I daraja (engil) bir yoki ikki proksimal falanglararo bo’g’imda harakat hajmining 
buzilishi, bitta katta bo’g’im yoki faqat metkarpal-falang bo’g’imlarda ikki tomonlama 
harakatning chegaralanganligi bilan xarakterlanadi . 
II daraja (o’rtacha) uchta yoki undan ko’proq proksimalfalanglararo bo’g’imlar 
harakat hajmining buzilishi yoki metakarpal–falang va qandaydir boshqa katta 
bo’g’imda ikki tomonlama harakat chegaralanganligi bilan xarakterlanadi. 
III 
daraja (og’ir) umurtqa bo’yin qismi shikastlanishi bilan qo’l barmoqlari 
bo’g’imlari harakatining chegaralanishi yoki barmoqlarning aniq deformatsiyasi 
bilan xarakterlanadi. 

Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling