Z. A. Sulaymonova biofaol moddalar kimyosi


– ish. O’SIMLIKLAR TARKIBIDAGI EFIR MOYINI SIRT FAOL MODDALAR ISHTIROKIDA GIDRODISTILLYATSIYA USULIDI AJRATISH


Download 2.77 Mb.
bet29/40
Sana23.11.2023
Hajmi2.77 Mb.
#1795746
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40
Bog'liq
efir moylari 2

13 – ish. O’SIMLIKLAR TARKIBIDAGI EFIR MOYINI SIRT FAOL MODDALAR ISHTIROKIDA GIDRODISTILLYATSIYA USULIDI AJRATISH




Kerakli asbob va reaktivlar: 1000 ml hajmli yumaloq tubli kolbalar, distillangan suv, 0,2–0,3% li anionli sirt faol moddalar (alkilsulfatlar, alkilsulfonatlar, alkilarilsulfonatlar) eritmasi, sharikli sovutgich, Ginzberg asbobchasi, o’simlik namunasi.

Efir moylarining ekstraktsiya jarayonini jadallashtirish va mahsulot unumini oshirish maqsadida turli usullar qo’llaniladi. Jumladan, siqilgan gazlar (CO2), ultratovush, IQ- nurlar ishtirokidagi ekstraktsiyalash usullari yaratilgan. Ammo, bu usullarning bir qator kamchiliklari mavjud. Efir moylarini sirt faol moddalar (SFM) ishtirokida ekstraktsiyalash usuli eng samarali va kamchiliklardan xoli hisoblanadi. Ayniqsa ekstraktsiya jarayonida anionli SFM larni qo’llash yaxshi samara beradi.




I SH N I N G B O R I SH I
Hajmi 1000 ml bo’lgan ikkita yumaloq tubli kolbaga 30 g dan o’simlik xom- ashyosi solinadi va ularning biriga 300 ml distillangan suv, ikkinchisiga esa 300 ml 0,2 - 0,3% li anionli sirt faol modda (alkilsulfatlar, alkilsulfonatlar, alkilarilsulfonatlar) eritmasi solindi. Har ikkala kolba Ginzberg asbobchasi bilan jihozlangan sharikli sovutgich bilan berkitiladi va qizdiriladi. Kolbalardagi Ginzberg asbobchalarida yig’ilayotgan efir moyining hajmi 25 – 30 minut davomida o’zgarmay qolgan paytida ekstraktsiya jarayoni to’xtatiladi va ketgan vaqt taqqoslanadi. Sirt faol modda eritmasi ishtirokida ekstraktsiya jarayoni bir muncha vaqt oldin tugaydi. So’ngra kolbalar sovutilib, Ginzberg asbobchalaridagi efir moylari suvdan ajratiladi va analitik tarozida massalari o’lchanadi.
Sirt faol modda eritmasi ishtirokidagi ajratib olingan efir moyining miqdori suv ishtirokida olingan efir moyining miqdoridan ko’proq bo’ladi. Sirt faol modda eritmasi ishtirokida olib borilgan ekstraksiyaning unumi quyidagi formula orqali hisoblanadi:
  а *100%
в
Bunda:  - efir moyining sirt faol modda ishtirokida ekstraksiyasining toza suv ishtirokida ekstraksiyasiga nisbatan unumi;
a – sirt faol modda ishtirokida olingan efir moyi massasi,
v – suv ishtirokida olingan efir moyining massasi.

  1. Download 2.77 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling