Z. A. Sulaymonova biofaol moddalar kimyosi


- ish. PIGMENTLARNI EKTSRAKTSIYA QILISH


Download 2.77 Mb.
bet31/40
Sana23.11.2023
Hajmi2.77 Mb.
#1795746
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40
Bog'liq
efir moylari 2

- ish. PIGMENTLARNI EKTSRAKTSIYA QILISH




Kerakli asbob va reaktivlar: sabzi yoki o’simlik to’qimasi, atseton, pichoq,
50 ml kolba, chinni hovoncha, xromatografiya qog’ozi, shisha naycha, qalam, silindr.
O’simlik bargidan yoki karotinga boy bo’lgan boshqa to’qimalar (sabzi) dan 2 – 3 g olib pichoq bilan yaxshilab maydalanadi, so’ngra uni chinni hovonchaga solib atsetonda eziladi. Arsetonda ezilgan o’simlik to’qimasi 50 ml hajmdagi o’lchov kolbasiga o’tkaziladi. Chinni hovoncha 2 – 3 marta atseton bilan yuvilib kolbadagi aralashma ustiga solinadi va eritma hajmi 50 ml ga yetkazildi. So’ngra filtrlanadi. Shu usulda tayyorlangan pigmentlarning atsetondagi eritmasidan karotin manbai sifatida foydalanish mumkin.


I SH N I N G B O R I SH I
Xromatografiya qog’ozidan uzunligi 20 – 25 sm, eni 2 – 5 sm o’lchamli kesmalar kesib olinadi. So’ngra xromatografiya qog’ozining pastki uchidan 2 sm balandlikda oddiy qora qalam bilan bilinar – bilinmas qilib chiziq o’tkazildi. Tayyorlangan pigmentlarning atsetonli eritmasidan nuqta shaklidagi qog’ozdagi chiziq ustiga kapillyar shisha naycha orqali tomizib shimdiriladi. Keyin u havoda quritiladi. Xromatografik qog’ozga pigmentlar aralashmasini tomizish va uni quritish jarayoni 3 – 4 marta takrorlanadi. Natijada xromatografiya qog’ozida nuqta ko’rinishda yashil rangdagi dog’ hosil bo’ladi. So’ngra pigmentlar aralashmasi singdirilgan xromatografiya qog’ozi 2 – 3 sm balandlikda efir yoki benzin solingan silindrga yoki maxsus shishadan yasalgan kameraga tushiriladi. Xromatografiya qog’ozini efir yoki benzinga tushirilganda ehtiyot bo’lish kerak. Qog’ozdagi yashil rangli dog’ erituvchidan 1,0 – 1,5 sm yuqorida turishi kerak. Erituvchining qog’oz bo’ylab ko’tarilishi bilan pigmentlar bir-biridan ma’lum tartibda ajrala boshlaydi (3 – rasm).



Karotin efir va benzinda yaxshi eriganligi tufayli boshqa pigmentlardan oson ajralib, xromatografiya qog’ozining eng yuqori qismiga ko’tariladi. Undan keyin ksantofill, xlorofill «a» va xlorofill «b» joylashadi. Pigmentlarning bir – biridan ajralishi benzol – benzin aralashmalarida (1:1 nisbatda) yanada yaxshiroq bo’ladi.




Download 2.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling