butun qismlari sifatida faktlar, tushunchalar, g'oyalar tizimi o'mida qo'llana
oladigan ko'igazmali konstruksiyalardan iborat qisqacha shartli konspekt
ko'rinishidagi tayanch signallar sistemasidir.
V.F.Shatalovning xizmatlari shundaki, u mashg'ulot larda yetarli
darajada va barchaning faolligini ta’minlovchi o'quv faoliyati tizimini
ishlab chiqdi. V.F.Shatalovning o'quv jarayoni texnologik sxemasi tablisada
ko'rsatilgan.
V.F.Shatalov metodikasi 4 bosqichdan iborat bo'lib, ular bir qancha
usul va metodik yechimlami o'z ichiga oladi:
1. Nazariyani sinfda o'rganish: taxtada oddiy tushuntirish (bo'r,
ko'rgazmali qurol, O'TV bilan); bo'yalgan plakat — tayanch konspekt
bo'yicha qayta tushuntirish; plakat bo'yicha qisqacha bayon qilish;
o'quvchilaming o'z konspektlari ustida individual ishlashlari, konspekt
bloklari bo'yicha keng mustahkamlash.
2. Uydagi mustaqil ishlar: tayanch konspekt+darslik+ota-onalar
yordami. O'quvchilarga uqtirish: konspektdan foydalangan holda
o'qituvchining tushuntirganlarini esla, berilgan materialni kitobdan o'qi;
o'qiganlaringni konspekt bilan qiyosla; konspekt yordamida darslik
materiallarini so'zlab ber (kodlashtirish-dekodlashtirish); konspektni
so'zlab berish uchun tayanch sifatida yodda saqla; konspektni qayta ishlab
chiqqish va namunaga qiyosla.
3. Birinchi takrorlash - konspektni o'zlashtirishni har tomonlama
keng nazorat qilish: barcha o'quvchilar konspektni xotirasida qayta ishlab
chiqadilar, o'qituvchi ularni peshma-pesh tekshirib boradi; bir vaqtning
o'zida «asta» va magnitafon orqali so'rab boradi; yozma ishdan so'ng
og'zaki so'rash boshlanadi.
4. Tayanch konspektni og'zaki so'zlab olish - o'zlashtirishdagi
Do'stlaringiz bilan baham: |