o'qitishni individuallashtirish o'quv jarayonining shunday tashkil qilinishiki,
unda individual yondashuv va individual shakl ustuvor hisoblanadi.
O'qitishni individuallashtirish quyidagi mualliflik texnalogiyalarida asoslab
berildi:
•
Inge Untning o'qitishni individuallashtirish texnologiyasi;
• A.S. Gransikayaning moslashuvchan o'qitish texnologiyasi;
• V.D. Shadrikovning individuallikka qaratilgan reja asosida o'qitish
texnologiyasi.
Inge Untning o'qitishni individuallashtirish texnalogiyasidagi asosiy
konsepsiya hoziigi sharoitda o'qitishni individuallashtirishning muhim shakli
o'quvchilaming maktabdagi va uydagi mustaqil ishlari deb qoidalashtirilgan.
Inge Unt uning mazmuni va metodikasi deb mustaqil ishlar uchun individual
o'quv vazifalari, joriy o'quv adabiyotiga m oslashtirilgan,
individuallashtirilgan mustaqil ishlar qo'llanmasi asosida nashr etilgan ish
daftariarini
tushunadi.
A.S.Graniskaya o'zining moslashuvchan o'qitish tizimini sinf-dars tizimida
tashkil etish va unda o'qituvchi 60-80% vaqtini o'quvchilar bilan individual
ishlashga
ajratish mumkinligini qayd qiladi. A.S.Graniskaya metodikasining
o ‘ziga xosligi uning darsni muayyan g‘ayriodatiy qurilma asosida tashkil
etishidir:
•
Birinchi qism — barchani o'qitish;
• Ikkinchi qism — ikki parallel jarayon: o'quvchilaming mustaqil ishlari
va o'qituvchining ayrim o'quvchilar bilan individual ishlashi, y a ’ni
umumlashtirilgan sxemalardan foydalanish, almashinib turuvchi juft o'qituvchi
bo'lib ishlash, moslashuvchan ko'p qirrali vazifalar va b.
Do'stlaringiz bilan baham: |