guruhlardagi individual mashg'ulotlar bilan qo'shib olib boriladi.
Zamonaviy texnik vositalar yordamida 100-150 kishidan iborat katta
guruhlarda yuksak malakali o'qituvchilar, professorlar leksiya o'qiydilar. 10-
15 kishidan iborat kichik guruhlar esa leksiya materiallarini muhokama qiladilar,
bahs yuritadilar.
Individual ishlar esa maktab kabinetlarida, laboratoriyalarida o'tkaziladi.
Leksiya mashg'ulotlariga 40%, kichik guruhlardagi mashg'ulotlarga 20%,
kabinet va laboratoriyalardagi individual ishlaiga esa 40% ajratiladi. Odatdagi
sinf tushunchasi yo'q, kichik guruhlar ham doimiy emas.
4.5.6. Dasturlashtirilgan o'qitish texnologiyasi
Dasturlashtirilgan o'qitish XX asrning 50-yillari boshida paydo bo'ldi.
U amerikalik psixolog B.Skinner nomi bilan bog'liq. U materiallaming
o'zlashtirilishini boshqarishning samaradorligini oshirishda, axborotlami
qismma-qism uzatishning muntazam programmasi asosiga qurish va uni
nazorat qilishni tavsiya etdi.
N.Krauder tarmoqlangan dastumi ishlab chiqdi, unda nazorat natijalariga
ko'ra ta’lim oluvchilaiga mustaqil ishlar uchun turli xildagi materiallar
tavsiya etiladi.
G.K.Selevko dasturlashtirilgan o‘qitishga quyidagi ta’rifni beradi, ya’ni
dasturlashtirilgan o'qitish deganda o'qitish uskunalari (EHM ,
programmalashtirilgan darslik, kinotrenajer va b.) yordamida
programmalashtirilgan o'quv materialining o'zlashtirilishini boshqarishni
tushunadi. Dasturlashtirilgan o'quv materiali muayyan mantiqiy izchillikda
beriladigan nisbatan katta bo'lmagan o ‘quv axborotlari («kadrlaD>, «fayllar»,
«odimlar») seriyasidan iborat bo‘ladi.
V .P.Bespalko bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish
Do'stlaringiz bilan baham: |