‘z b b ton respublikasi oliy va ‘rta vlaxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Azizxo`jayeva N.N.Pedagogik texnologiyalar
metodik aloqalar ko'rsatiladi.
Leksiyaning didaktik macpadi, o'qitish jarayonidagi o'mi va axborotlami bayon qilish metodlariga ko'ra o'ziga xos xususiyatlaiga ega bo'ladi. Didaktik maqsadiga (ynalganligiga) ko'ra kirish va tematik hamda umumiy - yakuniy leksiyalar farqlanadi. Kirish (muqaddima) leksiyada kurs (bo'lim, mavzu) ning Um-fan tizimidagi o'mi, ushbu materialni amaliyotda qo'Uash imkoniyatlari, kurs (bo'lim, mavzu) mazmunini o'rganish metodlari ochib beriladi. Bunday leksiyaning muhim xususiyati shundaki, unda o'qituvchi asosiy masalaning u yoki bu tomonlarigagina to'xtaladi va bu masalalar keyinchalik albatta detalma-detal yoritib beriladi. Tematik leksiyalar ayniqsa, keng tarqalgan. Bunday leksiya u yoki bu mavzuga bag'ishlangan bo'lib, unda faktlar, ulaming tahlillari, xulosalar mazmuni bayon qilinadi va konkret ilmiy qoidalar isbotlanadi. Umumiy-yakuniy leksiya awal o'iganilgan materiallami qaytadan umumlashtirishga qaratilgan bo'ladi. Uning mazmuni awal bayon qilingan mazmunga o'xshamaydi, balki talabalar tomonidan o'zlashtirilgan axborotlami yuksak abstraksiyalash bosqichida tizimga tushiriladi. Bunday leksiyalar talabalar bilimining chuqurlashishida va o'quv fani metodologiyasini yaxshi tasawur qilishda alohida ahamiyatga molik bo'ladi. Axborotlarning bayon qilinishiga ko'ra leksiyalar dogmatik, axborot va namoyish qilish va muammoli leksiyalardan iborat bo'ladi. Lekin shuni ta’kidlash joizki, har bir leksiyaning o'ziga xos xususiyatlarini qayd qilgan holda, ulardagi umumiy jihatlami ham farqlash lozim. Chunki leksiya o'qish va uni loyihalash jarayonida ulami amalga oshirmasdan bo‘lmaydi. Ular quyidagilar • ilmiylik; • qulaylik; • kasbiy yo'naltirilganlik; • oqibatli aloqani amalga oshirish. Oliy maktab o'qitish tizimiga leksiya bilan biigalikda amaliy (mashq, seminar va laboratoriya) mashg'ulot turlari ham kiradiki, ular ta’limiy, tarbiyaviy hamda nazariyani amaliyot bilan bog'lash funksiyalarini bajaradi. “Amaliy mashg'ulot” termini peciagogikaga oid adabiyotlarda ham keng, ham tor ma'noda izohlanadi. “Amaliy mashg'ulot” termini keng ma'noda mashq, seminar (ulaming barcha turlari) va laboratoriya mashg'ulotlarini umumlashtiradi. Amaliy mashg'ulotlaming leksiyadan farqlanadigan asosiy me' yorlaridan biri o'quv jarayoni qatnashchilarining biigalikdagi harakatlarida o'ziga xos xarakter bilan namoyon bo'lishidir. Ular vazifalariga ko'ra ham farqlanadi. Agar leksiyada ilmiy bilimlar asosi bayon qilinadigan bo'lsa, amaliy mashg'ulotlarda esa bilimlar chuqurlashtiriladi, kengaytiriladi va detallashtiriladi. Eng muhimi, amaliy mashg'ulotlar talabalar bilimini sinash uchun ham xizmat qiladi. Amaliy mashg'ulot shakllaridan biri seminardir. Seminar mashg'ulotlari quyidagi vazifalami yechishga qaratilgan bo'ladi: • leksiyada bayon qilingan nazariy qoidalami mustahkamlash; • fan bo'yicha bilimlami kengaytirish va chuqurlashtirish; • talabalaming ilmiy-tadqiqot va bilish qobiliyatlarini o'stirish; • nazariy o'qitish jarayonida egallangan bilimlaming amaliyotda tan olinishi. Pedagogika nazariyasi va amaliyotida seminar mashg'ulotlarining uch turi farqlanadi: seminaroldi mashg'uloti hamda seminar va maxsus seminar. Seminaroldi mashg'ulotlari, asosan, talabalami mustaqil ishning o'ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish maqsadida o'tkaziladi. Unda adabiyotlar, ma’lumotnoma-adabiyotlar va boshqa manbalar bilan ishlash usullari o'igatiladi, talabalami boshlang'ich shaklda ilmiy-tadqiqot ishlariga o'tishga hozirlaydi. Seminaroldi mashg'ulotlari seminar mashg'ulotlarining tayyorgarlik shakli hisoblanadi va odatda birinchi kurslarda o'tkaziladi. Seminaroldi mashg'ulotlarida o'qituvchi yetakchilik qiladi. Chunki talabalar muayyan ixtisoslik bo'yicha o'quv ishlariga kam e’tibor beradilar, shuning uchun ham yetarli darajada tashabbus ko'rsata olmaydilar. Seminar mashg'ulotlarida, seminaroldi mashg'ulotlariga nisbatan o'ta muhim vazifalar hal qilinadi. Masalan, ayrim seminarlar tematik bog'langan muayyan muntazam kursni chuqur o'rganishni maqsad qilib qo'yadi. Boshqalari esa biror mavzuni yoki kursning alohida va nihoyatda muhim va umumiy bo'lgan mavzularini metodologik jihatdan ishlab chiqishga bag'ishlangan bo'ladi. Maxsus seminarlar leksiya mavzulariga aloqador bo'lmaydi va biror fanning dastur mazmuniga kirmaydi. U odatda fanning xususiy masalalarini chuqur o'rganish maqsadini ko'zlaydi. Seminar mashg'ulotlari davomida o'qituvchi va talaba o'rtasida yaqin aloqa, ya’ni ular o'rtasida ikki tomonlama aloqa o'matiladi. Bu esa taibiyaviy ahamiyatga molik bo'lib unda o'qituvchi talabalar bilan uzoq vaqt yaqin aloqada bo'ladi, leksiya guruhlariga nisbatan talabalar kichik bo'lgan gumhlarida jonli suhbat olib boradi, o'zaro fikr almashadi, turlicha qarashlarini bayon etish imkoniyatiga ega bo'ladi. Seminar jarayonida o'qituvchining o'mi juda yuksak, ya’ni o'qituvchi talabaning o'rniga javobni aytib bermaydi, balki muhokamalami tashkil etadi, unga derijyorlik qiladi. Seminarda o'qituvchining kirish so'zi konkret sharoitga qarab talabani muammoga jalb qiladi, hal qilinishi lozim bo'lgan masalalar doirasidagi savollar bo'yicha aniqliklar kiritadi. Ba’zan esa oldingi mashg'ulotlardagi fikrlar esga tushiriladi. O'qituvchining seminardagi kirish so'zi aniq, keng qamrovli va qisqa bo'lishi lozim. Talabalaming ma’ruzalari bo'yicha izohlar quyidagicha bo'lishi kerak: • mustaqil fikrlashga yo'naltirib turish; • tavsiya etilayotgan masalaning mohiyati va shaklini aniqlash; • talabalar bahsidagi nuqtai nazflriami darrov farqlab olish; • masalaning nostandart hal qilinishini ragfbatlantirish. Bunday izohlarda o'qituvchi muhokama jarayonida befarq turmayotganligini va har bir seminar ishtirokchisining bildirgan nuqtai nazariga e’tibor berayotganligini namoyon qilib turishi lozim. O'qituvchi har bir seminar mashg'ulotiga yakun yasaydi. Unda quyidagilar e’tiborga olinadi: • zamonaviy fan erishgan muammo muhokamasining holati va umumiy Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling