Mashq qilish
— o'quvchining o'z qobiliyatlari, bilim, malaka va
ko‘nikmalarini o ‘stirishga qaratilgan harakatlari.
Maqsad
— faoliyat natijasini oldindan fikran belgilash.
Maqtov
— foydali ish qilgan shaxs va yoki, jamoani og‘zaki taqdirlash.
Menejment
— sotsial, shuningdek, ta’lim jarayonlarini boshqarish
tamoyillari, metodlari, vositalari va shakllari majmuasi.
Metod
— 1) tabiiy va ijtimoiy hayot hodisalarini tadqiq qilish, bilish
usuli; 2) harakat qilish usuli, tarzi.
Metodika
— biror ishni tashkil qilishda maqsadga muvofiq qo‘llanadigan
metodlar.
Metodologiya
— 1) dunyoni ilmiy bilish metodi haqidagi ta’limot; 2)
biror fanda, shu jumladan pedagogikada qo‘llaniladigan metodlar.
Mifologiya
- Qadimgi dunyo xalqlarining dunyo, tabiat hodisalari,
ularning paydo boMishi hamda, xudolar va qahramonlar haqidagi rivoyatlari,
afsonalari. Bu afsonada qadimiy xalqlaming dunyo xamda xudolar haqidagi
ibtidoiy tasawurlari aks etgan bo‘ladi.
Motiv
— kishining ma’lum ehtiyojlami qondirish uchun asos bo'ladigan
kishining ichki faoliyat mazmuni.
Motivatsiya
— shaxsni faol xatti-harakatlarga undovchi sabablar, asoslar
to‘plami bo‘lib, u ayni zamonda kishi xulqini fiziologik va psixologik
boshqarishning dinamik jarayonini ham bildiradi. U faoliyatning yo‘nalishi,
faolligi, uyg‘unligi hamda tuig‘unligini belgilaydi.
Muammoli o‘qitish
- o ‘quv mashg‘ulotini tashkil etish shakli bo‘lib,
unda pedagog rahbarligida muammoli vaziyat yuzaga keltiriladi va uning hal
Do'stlaringiz bilan baham: |