Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika
O’qitish metodlarini o’rganishga funksional yondashuv: Hikoya, suhbat, maktab ma’ruzasi, munozara, kitob ustida ishlash
Download 1.26 Mb.
|
Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’quv faoliyatini rag`batlantiruvchi va qarashlarnichuqurlashtiruvchi metodlar
- Mumkin , agar: Mumkin emas, agar: • mazmun yetarli darajada sodda bo’lsa;
- O’qituvchi mustaqil ishlash metodini tanlaydi yoki boshqa metodni tanlashda davom etadi.
- Mumkin , agar: Mumkin emas, agar: • material o’rtacha murakkablikda bo’lsa;
- Bunda rag`batga muhtoj yoki qiynalib qolgan bolalarni murakkab holatdan olib chiqib ketish uchun unga kuchi yetadigan topshiriqlarni berib, keyinchalik topshiriqlarni murakkablashtirib borish.
- 7.O’qitishda nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish metodlari
4.O’qitish metodlarini o’rganishga funksional yondashuv: Hikoya, suhbat, maktab ma’ruzasi, munozara, kitob ustida ishlash. 1. Materialni og`zaki bayon qilish (hikoya, suhbat. tushuntirish. maktab ma`ruzasi). O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish o’qituvchining tushuntirishini faol qabul qilish va puxta o’ylash evaziga amalga oshiriladi. Bilimlarni uzatish vositasi sifatida o’qituvchi nutqi muhim ahamiyatga ega. Bu o’rinda o’qituvchining o’quvchilar faoliyatiga rahbarligi mavzuni qo’yish, rejani e’lon qilish, o’quvchilar faoliyatini boshqarishdan iborat bo’ladi. 2. Suhbat. O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish jarayoni: ular e’tiboriga havola etilayotgan savolning mohiyatini anglash, mavjud bilimlar va tajribani safarbar qilish, savolga oid obyektlarni o’zaro taqqoslash, puxta o’ylash va savollarga to’g`ri javob tayyorlashdan iborat. O’qituvchining rahbarligi: mavzuni qo’yish, savollarni ifodalash, berilgan javoblarni tuzatish, to’ldirish va umumlashtirish kabi holatlarda namoyon bo’ladi. Suhbat metodi yordamida bilimlarni o’zlashtirishda o’quvchilar mavjud bilimlari va tajribalariga tayanadilar.
Darslik (umuman, kitob) bilan ishlash (umumlashma va xulosalarni anglash, ularni xotirada saqlashga xizmat qiladi). Bilimlarni o’zlashtirish manbayi bo’lib bosma matn xizmat qiladi. O’qituvchining rahbarligi esa topshiriqni ifodalash, faoliyat maqsadini belgilash, o’quvchilarga darslik bilan ishlashning yangi usullarini o’rgatish, o’zlashtirilgan bilimlarning tushunilish va mustahkamlik darajasini tekshirish kabi ko’rinishlarda aks etadi. O’quv faoliyatini rag`batlantiruvchi va qarashlarnichuqurlashtiruvchi metodlar Inson faoliyatining tuzilishini turlicha tadqiq etish shuni ko’rsatadiki, hamma vaqt unda motivatsiya komponenti zarurligi namoyon bo’ladi. Agar shaxsda kuchli, yorqin, chuqur bilim olishga ehtiyoj bo’lsa, har qanday faoliyat shu vaqtda samarali va sifatli natija beradi. Bu holatda shaxs har qanday qiyinchilik, to’siqlarni, murakkab vaziyatlarni ham yengib, maqsad sari intiladi. Xuddi shu narsa o’quv faoliyatiga ham tegishlidir. Agar o’quvchida o’qishga nisbatan ijodiy munosabat, bilim olishga kuchli intilish bo’lsa va u doimiy ehtiyojga aylansa, o’quv jarayonining natijasi yuqori bo’ladi. Buning uchun butun o’qitish metodlari boyligini nafaqat bilimlarni yetkazish, balki motivlarni chuqurlashtirishga ham sarflash kerak. Rag`batlantiruvchi metodlarning asosiy ko’rinishlari ikki katta guruhga bo’linadi: 1. O’quvchilarda bilimga qiziqishni shakllantiruvchi metodlar. 2. O’qishda burch va masuliyatni oshiruvchi metodlar. O’quvchilarda bilimga qiziqishni shakllantirish uchta majburiy holat bilan xarakterlanadi: 1.Faoliyatga nisbatan ijobiy hissiyot. 2.Ushbu hissiyotning bilish tomonlari. 3.Bevosita faoliyatning o’zidan chiqayotgan motivlar. Bu o’rinda ilg`or o’qituvchilar axloqiy-hissiy tuyg`ularni uyg`otadigan usullarni qo’llaydilar. Hissiy tuyg`u, hayajonlanish, ruhiy qiynalish hissini uyg`otadigan holatlarni dars mazmuniga kiritish. Qiziqtiruvchi holatlarni yaratish. Masalan, fizikada, «Fizika hayotda», «Fizika ertakda», va b.q., yoki badiiy adabiyotlardagi obrazlar talqini. Turli didaktik, qiziqarli o’yinlar holatini kiritish ham o’quvchilarning bilishga bo’lgan qiziqishini oshiradi. Burch va masuliyat hissini uyg`otadigan metodlar turkum usullar yig`indisidan unumli foydalanish orqali amalga oshiriladi. Masalan, o’qitishning ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatini tushuntirish. Talablar qo’yish. Uni bajarish har bir o’zbekistonlik yoshning burchi ekanligini anglatish usuli: muvaffaqiyatli ishi uchun mukofotlash va bu o’rinda qilgan xizmatini davlat va ko’pchilik uchun ahamiyatini ta’kidlab o’tish; Talablarning bajarilishini tezkor tarzda nazorat qilish va zarur holatlarda kamchiliklarni ko’rsatish va tuzatish yo’llarini aytib berish kerak. 6. Amaliy metod O’qitish metodlarini optimal darajada tanlash bo’yicha bir nechta mashq 1-savol. Mavzuni o’rganishni o’quvchilarning mustaqil
O’qituvchi mustaqil ishlash metodini tanlaydi yoki boshqa metodni tanlashda davom etadi. 2-savol. Bu mavzuni tadqiqot metodi orqali o’rganishni tashkil etsa bo’ladimi?
• Qiziqtiruvchi metodlar -bilish o’yinlari. Masalan, o’yin sayohat, elektron viktorina. Hayotiy holatlarni tahlil etish: tarix, jamiyatshunoslik darslarida. Masalan, ilmiy-texnika jarayoni sizning tuman, shahringizga qanday ta’sir ko’rsatdi? (tahlil etish). O’qishda muvaffaqiyatga erishish holatini yaratish. Bunda rag`batga muhtoj yoki qiynalib qolgan bolalarni murakkab holatdan olib chiqib ketish uchun unga kuchi yetadigan topshiriqlarni berib, keyinchalik topshiriqlarni murakkablashtirib borish. 5. Laboratoriva ishlari. Mazkur jarayonda aniq vazifa, ya`ni, ma`lum sharoitda muayyan hodisalarni kuzatish yuklanadi. O’quvchilar hodisalarni kechish jarayonini kuzatadilar va tahlil qiladilar. Bilimlar manbayi kuzatilayotgan hodisalar va ularning kechish jarayonidir. O’qituvchi vazifa mohiyatini ifodalaydi, o’quvchilarni nazariy bilimlar bilan qurollantiradi, umumiy jarayon va bosqichlarni kuzatish yo’llari hamda yakuniy xulosa chiqarishni o’rgatadi. 6. Mashq (aqliy va faoliyatli mashqlar). O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish jarayonining o’ziga xosligi, nazariy asoslar o’zlashtirilgach, ayrim materiallardagi o’xshash harakatlarining ko’p bora takrorlanishi kuzatiladi. Bilimlar manbayi: o’zlashtirilgan bilimlar va xususiy tajriba sanaladi. O’qituvchi mashqni bajarish uchun joy hamda vaqtni belgilaydi, topshiriqni ifodalaydi, uni bajarish bosqichlarining borishini nazorat qiladi, boshqaradi, shuningdek, yakuniy natijalarni tekshiradi.
Bilimlar manbayi va materiali sifatida avval egallangan ijodiy ishlar tajribasi, mavjud bilimlar, kuzatuvlar, shaxsiy tajriba, o’qilgan hikoya, ijtimoiy-foydali ishlarni boshqarish kabilar qayd etiladi. O’qituvchining rahbarligi: nazariy materiallarni o’zlashtirilishining ta`minlash, mavzuni ifodalash, ijodiy ishlar xarakterini belgilash, ularning bajarilishini nazorat va tahlil qilish, sintezlash, xatoni ko’rsatish hamda to’g`rilash kabi holatlarda namoyon bo’ladi1.
Tabiiyki, umumiy holda erishilgan natija har doim ham o’qituvchining dars boshida belgilagan maqsadiga mos kelavermaydi. Ta’lim maqsadi o’qituvchi va o’quvchilar faoliyati asosida, shuningdek, ta’lim vositalari yordamida natijalanadi, ushbu jarayonda aniq maqsadga yo’naltirilgan mexanizm ishga tushadi. Ta’lim tizimlari maqsadga erishish jarayonida bosh xalqa aynan qanday va qaysi mexanizm asosida hamda mavjud tarkibiy unsurlarni qanday ishga solish mumkinligini ifodalashga xizmat qiladi. Ta’lim metodlari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
«Ta’lim metodi» atamasi bilan birga ko’p hollarda «metodik usul» (sinonimlari – pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi ham qo’llaniladi. U ta’lim metodining tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida qadam sifatida ta`riflanadi. Har bir ta’lim metodi muayyan ta’lim usullarini chog`ishtirish orqali joriy etiladi. Metodik usullarni xilma-xilligi ularni tasniflashga imkon bermaydi, biroq o’qituvchi faoliyatida tez-tez qo’llaniladigan usullarni ajratib ko’rsatish mumkin: Metodik usullar Namoyish (ko’rgazmali, obyektiv – tajriba, amaliy va aqliy harakatni namoyish etish, hokazolar) Masalani o’rganish Topshiriq berish Yo’l – yo’riq ko’rsatish 8 – chizma. Metodik usullarning turlari Mualliflar tavsiya etilayotgan metodlarni quyidagi chizma bo’yicha qo’llash maqsadga muvofiqligini ta`kidlaydilar: O’qituvchilarning kuzatuvi (sinfda va sinfdan tashqari (shu jumladan. sayohat va ekskursiyalar) jarayonlarda. O’quvchilarning o’quv predmetlari bo’yicha o’zlashtirish holati va hodisalarni kuzata borib, turli fan o’qituvchilarining ko’rsatmalari bo’yicha ularni qismlarga taqsimlab har bir o’quvchining o’ziga xos, o’xshash va muhim jihatlarini aniqlashga yo’naltiriladi. Bilimlarni o’zlashtirish manbayi bo’lib muayyan predmet (yoki jarayon), tajriba, model, xaritalar xizmat qiladi. O’qituvchining rahbarligi kuzatish vazifasini belgilash, uni ma`lum shaxs zimmasiga yuklash, obyektni belgilash, umumiy rahbarlikni olib borish, qismlarga ajratish, asosiylarini aniqlash va umumlashtirishdan iboratdir. O’tgan asrning 80-yillaridan boshlab o’quvchilarning bilish faoliyati xarakteriga mos ta’lim tasnifi yaratildi. Ushbu metodlar, mualliflarning ta`kidlashlaricha, bir-biridan o’quvchilarning ta’lim mazmuni turlarini o’zlashtirishda amalga oshadigan bilish faoliyatlari xarakteri va o’quvchilarning xilma-xil faoliyatlarini tashkil etuvchi o’qituvchi holati ... bo’yicha farqlanadi1. Shuningdek, V.F.Palamarchuk va V.I.Palamarchuklar ta’lim metodlarining uch o’lchovli modelini taklif qilishgan. Unda bilimlar manbayi, o’quvchilarning bilish faolligi va mustaqillik darajasi hamda o’quv-bilishning mantiqiy yo’li yaxlit tarzda chog`ishtiriladi. S.G.Sho’avalenko ta’lim metodlari tasnifini to’rt belgi asosida asoslovchi quyidagi tetroeddik yondashuvni taklif etadi: 1) mantiqiy-mazmunli; 2) manbali; 3) mazmunli; 4) tashkiliy boshqaruvchi. I.P.Podlasiy birmuncha keng tarqalgan ta’lim metodlari tasnifiga yaqinlashar ekan, quyidagi fikrni ta`kidlaydi: «Boshqa bir qator ta’lim metodlari tasnifi ham mavjud. Masalan, nemis didakti L.Klinbeig ta’lim jarayonida metodlarni hamkorlik shakllari bilan uyg`unlashtirishga alohida urg`u beradi»1 va quyidagi metodlarni ko’rsatadi:
Ta’lim metodlari turli shakllar hamda xilma-xil ta’lim vositalari yordamida joriy etiladi. Ta’lim shakllari ta’lim jarayonining tashkiliy-tuzilmaviy ko’rinishidir. Bugungi kunda ta’lim muassasalarida quyidagi ta’lim shakllaridan samarali foydalanib kelinmoqda: ma`ruza, seminar, amaliy mushg`ulot, uchrashuv, taqdimot, sayohat, o’quv konferensiyasi va boshqalar. Ta’lim jarayonida ta’limning samaradorligini ta`minlovchi muhim elementlardan biri sifatida ta’lim vositalari e’tirof etiladi. Ta’lim vositalari sirasiga quyidagilar kiradi: texnik hamda axborot qurilmalari (dioproektor, kinedoskop, uskunalar, radio, televideniye, komputer, audio hamda video magnitafonlar), laboratoriya jihozlari (kolbalar, probirkalar, kimyoviy reaktivlar, mikroskop), xarita, maketlar, diagrammalar, plakatlar, rasmlar, chizmalar va hokazolardan foydalaniladi. N.S.Sayidahmedov tomonidan asoslangan ta’lim metodlari tasnifi asosida didaktik jarayon nazariyasi yotadi1. Ma`lumki, didaktik jarayon har qanday pedagogik texnologiyaning asosi sifatida o’zida quyidagi uchta komponentni mujassamlashtiradi: 1) motivatsion bosqich; 2) o’quv faoliyati; 3) boshqaruv. Demak, didaktik jarayon tuzilmasiga mos holda ta’lim metodlarini quyidagi uch guruhga ajratish mumkin: O’qish va mehnatga rag`batlantiruvchi hamda motivlashtirish metodlari. O’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari. O’quv-bilish faoliyatini boshqarish metodlari. O’z navbatida, har bir guruh ilmiy asosda kichik guruhlarga ajratiladi:
Shunday qilib, taqdim etilayotgan ta’lim metodlari tizimi nazariy- amaliy jihatdan asoslangan va mazkur tizim yaxlit o’quv-tarbiya jarayonini qamrab oladi. Ushbu tizim bir qarashda akademik Yu.K.Babanskiy tomonidan asoslangan ta’lim metodlari tizimiga o’xshash. Biroq, Yu.K.Babanskiy tasnifiga ko’ra ta’lim jarayoniga nisbatan kibernetik yondashuv maqsadga muvofiq, unga ko’ra har qanday murakkab faoliyat, shu jumladan, ta’limiy faoliyat ham quyidagi uchta tarkibiy qismdan iboratdir: tashkiliy; rag`batlantiruvchi; nazorat. Ana shu asosida ta’lim metodlari quyidagicha guruhlanadi: O’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va bajarish metodlari. O’quv-bilish faoliyatini rag`batlantirish va motivlash metodlari. Nazorat va o’z-o’zini nazorat metodlari. Didaktik jarayon nazariyasi asosida ko’rilgan o’qish metodlarining tasnifi kichik guruhlar tarkibi, soni va unga kiritilgan metodlar nomenklaturasi fiamcia funksiyalari bilan kibernetik yondashuvli tizimdan tubdan farqlanadi va o’quv-tarbiya jarayonining metodik jihatdan birmuncha yuqori darajasini ta`minlaydi1. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling