‘qitishning amaliy metodlari doirasi juda keng. Ular yozma
mashqlar, tajriba metodlarini o‘z ichiga oladi. Amaliy metodlar orasida
kuzatish va eksperiment kabi ilmiy-psixologik metodlar psixologiya
darslarida keng qo‘llanadi. Kuzatish metodi narsa va hodisalami ulaiga
ta’sir ko‘rsatmay bevosita idrok etish metodidir. Kuzatish metodini
o‘quvchilar uyda, darsda, ko‘cha-kuyda o‘qituvchining rahbarligi
ostida va berilgan topshiriqqa muvofiq mustaqil qo‘llashlari mumkin.
Kuzatish qisqa muddat yoki uzoq muddat davomida amalga oshiriladi.
Eksperiment metodi asosan laboratoriya mashg‘ulotlarida qo‘llanib,
turli psixologik qonuniyatlaming ifodalanishini ko‘igazmali namoyish
etish maqsadida qo‘llanadi. Mazkur metodlar o ‘quvchilami ilmiy
tadqiqot ishlarini amalga oshirishga o ‘rgatib boradi, o ‘quv
materialining ongli tushunilishini ta’minlaydi.
Ta’lim metodlarini tanlashda o ‘qituvchi, birinchidan, o ‘quv
materiali mazmuniga, ikkinchidan, ta’lim oluvchilaming psixik
rivojlanishi darajasiga e’tibor berishi kerak.
19.3. Psixologiyani o‘qitishning faol metodlari
Ta’limnig faol metodlari sifatida uch gumh metodlar ajratiladi:
dasturlashtirilgan ta’lim metodlari, muammoli ta’lim metodlari,
interaktiv ta’lim metodlari. Mazkur metodlar ta’lim berishning
an’anaviy metodlaridagi kamchiliklami bartaraf etish maqsadida
ishlab chiqilgan.
Dasturlashtirilgan ta’limda o ‘quv materiali kichik, oson
o ‘zlashtiriladigan qismlarga ajratilib beriladi.
0
‘quvchilar o ‘quv
materialini qadam-baqadam o ‘zlashtirib boradi. Har bir qadam bir
necha qator o‘quv materialidan tortib bir necha betli materialgacha
Do'stlaringiz bilan baham: |