mashg‘ulotlar. Metodning ta’lim shakUdan farqi shuki, unda o‘quvchi
tomonidan biUmlaming egallanishi usullari, pedagogik jarayonda
o‘quvchining ham ishtirok etishi usullari qamrab oUngan bladi.
19.2. “Ta’lim metodi” tushunchasining mazmuni
Pedagogik adabiyotlarda “ta’Um metodi” tushunchasiga xilma xil
ta’riflar beriladi. Yu.K.Babanskiy “ta’Um metodi ta’limiy vazifalami
bajarishga yo‘naltirilgan o‘qituvchi va o‘quvchining tartibga soUngan,
o‘zaro bog‘Uq faoUyat yuritish usuUdir” degan ta’rifni beradi. T.A.Ilina
ta’Um metodi deganda “o‘quvchilar biUsh faoUyatini tashkil etish
usuU”ni tushunadi.
Didaktika tarixida ta’Um metodlarining xilma-xil tasniflari ishlab
chiqilgan. Eng keng tarqalgan tasnifga ko‘ra ta’lim metodlari og‘zaki,
amaliy, ko‘rgazmali metodlarga ajratiladi.
Metodlar va metodik usullar. Har qanday metod ta’lim berish
jarayonida muayyan metodik usullar orqali ro’yobga chiqariladi.
Metodik usullar — u yoki bu metodning elementlari bo‘lib, taiim
jarayonidagi o‘qituvchi va o ‘quvchining alohida harakatlarini
ifodalaydi. Usul — metodning tarkibiy qismi, metodni amalga
oshirishda bir martagina qoilanadigan alohida qadam. Metodik usullar
mantiqiy, tashkiliy va texnik usullarga boiinadi. Mantiqiy usullar
barcha metodlarda qo‘llanib, narsa va hodisalami taqqoslash, xulosalar
chiqarish, umumlashtirish kabi fikrlash operatsiyalarini faollashtirish
maqsadida ishlatiladi. Tashkiliy usullar o ‘quvchilar diqqati, idroki
va faoliyatini yo‘naltiradi. Texnik usullar taqdim etilayotgan
maiumotni yetkazishni osonlashtiradi. Texnik usullaiga o ‘qitishda
har xil texnik jihozlar, yordamchi vositalardan foydalanish kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |