qo‘llashga, ulardan foydalanishga undashi kerak.
Ma’ruza metodi asosan maktabning yuqori sinflarida, o‘rta-
maxsus kasb-hunar o‘quv yurtlari va oliy o ’quv yurtlarida qo‘llanadi.
Bu metod yordamida og‘zaki bayon etiladigan o ‘quv materiali
hikoyadagiga nisbatan hajman kattaligi, mantiqiy tuzilishi, obrazlari,
isbot va umumlashtirishlarining anchagina murakkabligi bilan
farqlanadi. Agar hikoya darsning yoki mashg‘ulotning bir qisminigina
egallasa, ma’ruza odatda, ulami to iiq qamrab oladi. Ma’raza
o ‘tilayotgan mavzuning haqiqiy ilmiy mohiyatini ochib berish,
ulardan ilmiy xulosalar chiqarish va umumlashtirish y o ii bilan bir
soatlik mashg‘ulot davomida bilimlami izchillik bilan bayon etishdir.
Ko‘igazmalilik metodi o‘quvchilarga ko‘rgazmali vositalami yoki
real ob’ektlami ko‘rsatishga asoslangan metoddir. Mazkur metod
qoilanganda o‘qituvchi aslicha ko‘rsatilishi mumkin boigan buyum
va narsalar hamda tasviriy- ko‘ rgazmali materiallardan foydalanadi.
Materiallaming barchasi illyustratsiya materiallari deb ataladi.
Ko‘igazmalilik metodi qoilanib, o‘quvchilaiga illyustratsiya materiallari
ko‘rsatilayotganda quyidagi qoidalarga rioya etish lozim: ko‘rsatilayotgan
narsa iloji boricha turli retseptorlar bilan sezilishi kerak; ko‘rsatilayotgan
narsa barcha o‘quvchilaiga ko‘rinishi kerak; ko‘rsatilayotgan narsaning
eng muhim joylari o‘quvchilaiga kuchliroq ta’sir ko‘rsatishi kerak;
narsalar asta-sekin darsning tegishli qismida ko‘rsatilishi kerak;
zaruratsiz oldindan illyustrativ materiallami namoyish etmaslik, har
eiga osib qo‘ymaslik, joylashtirmaslik lozim. Eng muhimi, illyustrativ
materiallar yordamchi vosita ekanini, suhbat, hiokoya, tushuntirish,
ma’ruza bilan uyg‘un qo‘llanishi lozimligini unutmaslik kerak.
0
Do'stlaringiz bilan baham: |