tartibini tahlil qilish.
19.1 Pedagogik jarayonning tarkibiy tuzilishi
Pedagogik jarayon pedagog tomonidan tashkil etiladi. Qachon,
qayerda va kim tomonidan tashkil etilishidan qat’i nazar pedagogik
jarayon doim bir xil tarkibiy tuzilishga ega bo‘ladi. Uning tarkibiga
quyidagilar kiradi: maqsad, tamoyillar, mazmun, metodlar,
vositalar, shakllar.
Maqsad o ‘qituvchi va o ‘quvchi intilayotgan yakuniy natijani aks
ettiradi. Tamoyillar maqsadga erishish uchun qanday yo‘nalishlar
bo‘yicha faoliyat olib borish lozimligini belgilaydi. Mazmun tanlangan
y o ‘nalish b o‘yicha maqsadga erishish uchun o ‘quvchilarga
etkaziladigan ijtimoiy tajribaning muayyan qismini anglatadi. Ta’lim
mazmuni deganda o ‘quvchilaming o ‘qish jarayonida egallab olishi
lozim bo‘lgan hamda tizimga solingan bilim, ko‘nikma va
malakalarning aniq belgilangan, jamiyat va davlat tomonidan
tanlangan va tan olingan doirasi tushuniladi. Metodlar mazmunni
uzatish va qabul qilish uchun o‘qituvchi va o‘quvchi tomonidan
qo‘llanadigan harakatlardir. Vositalar mazmunni uzatish va qabul
qilish jarayonining samarador bo‘lishini ta’minlaydigan maxsus
qurollardir. Shakllar ta’lim mazmunini uzatish va qabul qilish
yuzasidan amalga oshiriladigan faoliyat qanday sharoitda ro’yobga
chiqarihshini belgilab beradi.
Pedagogik jarayon dinamik tabiatga ega boiishi uch xil tuzilma —
pedagogik, metodik va psixologik tuzulmalaming o ‘zaro ta’sirlashuvi
talab etiladi. Pedagogik tuzilma ta’lim va taibiya jarayonining maqsadi,
shakllari, mazmuni va hokazolarni aniqlashtiradi, ushbu
jarayonlaming tashkil etilishi masalalami hal etadi. Metodik tuzilma
Do'stlaringiz bilan baham: |