Z nishanova, G. Alimova


(“Qo‘g‘irchoq uxlayapti”, “Mashinani tuzatishsa, u yuradi ”


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/168
Sana18.08.2023
Hajmi2.97 Mb.
#1668015
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   168
Bog'liq
nishonova z. bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi

(“Qo‘g‘irchoq uxlayapti”, “Mashinani tuzatishsa, u yuradi ”, 
“Odamcha yiqilib ketdi, hozir men uni ko‘tarib qo‘yaman”). Bunda 
nutq muloqot uchun xizmat qilmaydi. Bunday turdagi nutqni J.Piaje 
“egotsentrik nutq” deb atadi. J.Piajening fikricha, egotsentrik nutq 
bola tafakkurining egosentrik xarakteri, individual nutqning hali 
etarlicha ijtimoiylasha olmaganligi natijasidir.
Biroq L.S.Vigotskiy shuni isbotladiki, egotsentrik nutq J.Piaje 
aytganidek ijtimoiylashgan nutqqa qarama-qarshi nutq emas, balki 
o ‘z tabiatiga ko‘ra u ham ijtimoiy nutqdir. Uning paydo bo‘lishiga 
sabab hali bolaning o‘ziga va o‘zgalarga yo‘naltirilgan nutqni o‘zaro 
farqlay olmasligidadir. Egosentrik nutqning yuzaga kelishi kichik 
bog‘cha yoshidagi bolalaming kattalar bilan hamkorlikda faoliyat 
qilishga moyil bo‘lishlari bilan bog‘liq. Bolaning mustaqil faoliyat 
ko‘rsatishi qanchalik sust bo‘lsa, ushbu moyillik yuqori bo‘ladi. 
Egotsentrik nutq esa kattalar bilan hamkorlik qilishning o‘mini 
bosuvchi o‘ziga xos nutqiy o‘rinbosor vazifasini bajaradi.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, egotsentrik nutq faoliyatni 
rejalashtirish vazifasini ham bajarar ekan. Bola oldindan o ‘z 
faoliyatining maqsad-muddaosini ozaki ifodalaydi. So‘ngra faoliyatni 
bajarish davrida olingan natijalami og‘zaki qayd etadi, og‘zaki 
ravishda yangi harakatlami rejalashtiradi, duch kelgan qiyinchiliklami 
bartaraf etadi.
Bog‘cha yoshining oxiriga kelib, bolaning mustaqil faoliyati 2 
bosqichdan iborat bo‘ladi:
1) og‘zaki tarzda qaror qilish va faoliyatni rejalashtirish;
2) tuzilgan reja va qabul qilingan qarorlarga muvofiq faoliyatni 
amalga oshirish. Bunda egotsentrik nutq asta-sekin yig‘ilib, 
interiorizatsiyalanib (ichki tomonga yo‘nalib), 5-6 yoshli bolalarda 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling