taikibidagi barcha fonematik xususiyatlami farqlab oladi. Shuning uchun
atrofdagilaming to‘g‘ri va noto‘g‘ri talaffuzini payqay oladi. Bog‘cha
yoshidagi bola noto‘g‘ri talaffiiz etilgan so‘zlami asta-sekin farqlamay
qo‘yadi. Bolada so‘zlar va tovushlaming fonetik obrazlari shakllanadi.
Bu davrda bolalar nutqning fonetik tomoniga katta diqqat bilan qaraydi.
L.E.Jurovaning fikricha, bolalami til olamiga o‘rta bog‘cha yosh
davrida, ya’ni til xususiyatlarini ayniqsa, o‘tkir his etish davrida
olib kirgan ma’qul. L.E.Jurova va N.V.Durovalaming eksperimental
tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, 4 yoshli bolalar nafaqat so‘z
tarkibidagi tovushlami intonatsion ajratib olishni, balki jarangli va
jarangsiz undoshlami farqlashni, so‘zdagi birinchi tovushni aytib
berishni o ‘igana oladilar. Bu esa 5 yoshli bolalarda tovushlami tahlil
etish ko‘nikmalari rivojlanishining muhim zaruratidir.
Nutq juda erta bolaning va atrofdagilaming amaliy faoliyati bilan
bog‘lanib L.S.Vigotskiy aytganidek, anchagina erta amaliy tafakkur
vositasiga aylanadi. Boshqacha qilib aytganda nutqning amaliy faoliyati
bilan aloqadorlik shakllaridan biri bo‘lajak harakatlami rejalashtirish,
kechayotgan harakatlarga nutqning yo‘ldosh bo‘lishi va harakat
natijalarini nutq vositasida ta’kidlab qo‘yishda namoyon bo‘ladi.
Bulaming bari esa aqliy faoliyatning shakllanishi uchun juda zarur.
Bog‘chagacha davming oxiri kichik va o‘rta bog‘cha davriarda nutq
bolaning amaliy faoliyati tarkibiga tez-tez kirib turadi.
Bog‘cha yosh davrda bola o‘zining harakatlari, ularda ishlatayotgan
buyumlari haqida hech kimga murojaat qilmay aytib beradi,
kelajakdagi harakatlarini rejalashtiradi va natijalami analiz qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |