Z nishanova, G. Alimova
Ontogenezda emotsiyalar va hissiyotlar rivojlanishining
Download 485.46 Kb. Pdf ko'rish
|
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova G
13.2. Ontogenezda emotsiyalar va hissiyotlar rivojlanishining
umumiy qonuniyatlari Bola faoliyati atrof olamni va o'zini bilishi, kattalar va tengdoshlar bilan bo'lgan munosabat jarayonida xilma-xil emotsiya hamda hissiyotlami o'zidan o'tkazadi. U atrofda my berayotgan hamda o’zi qilayotgan narealaiga muayyan munosabatda bo’ladi. Ana shu munosabat bolada ma’lum bir emotsiya va hissiyotlami tug'diradi. Emotsiya va hissiyotlar ham voqelikni aks ettirishning o'ziga xos shakli. U bolaning atrof olamga bo'lgan munosabati, biror-bir ehtiyojning qondirilishi yoki qondirilmasligi tufayli vujudga keluvchi ichki kechinmalarida namoyon bo'ladi. Emotsiya va hissiyotlar rivojlanishining quyidagi umumiy yo'nalishlarini ajratib ko'rsatish mumkin: bola hayotiy vaziyatining o'zgarishiga bog'liq ravishda emotsional holatlaming shakllanishi; emotsiyalar asosida oliy hissiyotlaming shakllanishi; emotsiya va hissiyotlaming shaxsiy tuzilmalar orasida yangi tuzilma sifatida shakllanib borishi. Emotsiya va hissiyotlaming ontogenezdagi rivoji muayyan o'z qonunlariga ega: 1. Dastlab, ontogenezda oddiy kechinmalarni ifodalovchi emotsiyalar paydo bo'ladi. Bu kechinmalar tabiiy ehtiyojlaming qondirilishiga bog'liq ravishda vujudga keladi (qondirilsa - ijobiy, qondirilmasa - salbiy emotsiyalar vujudga keladi). Bunday emotsiyalar hayvonlarda ham mavjud. Biroq boladagi eng oddiy emotsiyalami hayvonlardagi eng oddiy emotsiyalardan farqlash kerak. Chunki emotsiyalaming namoyon bo'lish shakli insonda sotsial xarakterga ega. 2 yoshdan boshlab bola uchun shodlik, xursandchilik, umuman ijobiy emotsiyalami ifodalovchi reaksiyalar eng informativ (ko‘p axborot beradigan) bo‘lib hisoblanadi. Tajribalaidan birida 2-9 yoshdagi bolalarga fotosuratlardan turli mimik reaktsiyalami (hayronlik, jahl, qo‘rquv, xursandchilik va boshqalarni ifodalovchi reaktsiyalami) aniqlab olib, so‘ngra ko‘rsatib berish taklif etilgan. Tajribadan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, bolalar birinchi bo‘lib xursandchilikni ifodalovchi mimik reaktsiyalami ko’rsatganlar. Demak, dastlab ijobiy emotsiyalami ifodalovchi mimik reaktsiyalami aniqlash, boshqa reaktsiyalar orasida tanish va namoyon eta bilish qobiliyati shakllanadi. Shubhasiz, ijobiy emotsiyalar maktabgacha yoshdagi bolaning psixik vajismoniy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Biroq V A Suxomlinskiy ta’kidlaganidek, agar bola shodlikni mehnatsiz, ruhiy kuchlarini ishga solmay qo'lga kiritaversa, ertami kechmi uning yuragi bir parcha “muz” ga aylanib qoUshi mumkin. Unda sovuqqonlik paydo bo‘lishi mumkin. 2.E m otsiyalam ing rivojlanishi ularning differentsiyasi, kechinmalaming boyib borishi orqari ro‘y beradi. Ijobiy emotsional yoki salbiy emotsional bo‘yoqlarka ega bo‘lgan kechinmalarga misol qilib, oziqaga bo‘lgan ehtiyojning qondirilishi yoki qondirilmasligi tufayli bola o‘z boshidan o'tkazadigan kechinmalarni keltirish mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolada salbiy kechinmalar qo‘rquv, jahl, jirkanish, ijobiy kechinmalar shodlik, bola mehrining atrofdagilarga tovlanib ketishi, ota-onasiga qalban, yaqinlashishi ko‘rinishlarida namoyon bo‘lishi mumkin. 3. Bolalar hissiyotlarining rivojlanishi muayyan ob’ektga yo'naltirilgan emotsiyalaming umumlashishi sifatida ro‘y beradi. Emotsiya va hissiyotlaming shakllangan tizimida emotsiyalar boshdan o‘tkazilayotgan hissiyotning namoyon bo‘lishi sifatida gavdalanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda emotsiya va hissiyotlar tizimi endi-endi shakllanayotgan bo'ladi. Shuning uchun ularning emotsiyalari ular kechirayotgan hissiyotlaming namoyon bo'lishi emas, balki ko‘proq oliy hissiyotlaming shakllanishi uchun umumlashtirilishi kerak bo‘lgan materialdir. 4. Maktabgacha yoshdagi bolalar emotsional sohasining 89 rivojlanishi davomida emotsional kechinmalarni uyg'otuvchi ob’ektdan sub’ekt munosabat ajralib boradi. Bola qanchalik kichik bo‘Isa, uning uchun ob’ekt tavsifi bilan sub’ektiv kechinmalari tavsifi shunchalik bir-biriga yaqin bo'ladi. 3 yoshli betob bola uchun unga ukol qilgan hamshira “yomon xol”dir. Bunda bola o'z emotsional holatining salbiy tavsifi (xarakteristikasi)ni bu holatning yuzaga kelishiga sababchi bo'lgan odamga ko'chirib o'tkazadi. 5. Maktabgacha yoshda emotsiya va hissiyotlaming dinamik va mazmuniy tomonlari rivoj topadi. Mazmun tomonining rivojlanishi atrof olam haqidagi bola bilimlarining kengayishi va chuqurlashishi, bola barqaror (doimo bir xil) munosabatda bo'ladigan predmet va hodisalaming ko'payib borishi bilan taqozolanadi. (shular tufayli emotsiya va hissiyotlar mazmun jihatdan rivojlanadi). Dinamik tomonining rivojlanishi bolada o'z emotsiyalarini nazorat qilish va boshqara olish ko'tiikmalarining shakllanishi bilan taqozolanadi. Emotsiya va hissiyotlaming mazmuniy aspekti (tomon) emotsional kechinmalaming ob’ektlari, sabablari bilan bog'liq. Dinamik aspekt esa emotsional kechinmalaming chuqurligi, davomiyligi va vujudga kelish chastotasi bilan xarakterlanadi. Emotsiya va hissiyotlar rivojlanishi boshqa psixik jarayonlar, ayniqsa, nutqning rivojlanishi bilan bog'liq. Nutq yordamida bola o'z hisiyotlari va emotsiyalarini anglaydi va boshqaradi. Nutq orqali bolalar nafaqat biror narsaga ehtiyoj sezayotganlarini bildiradilar, balki ma’lum bir tarzda o'z kechinmalarini ifodalaydilar. Bola emotsiyalarining rivojlanishi muayyan ijtimoiy vaziyatlar bilan bog'liq. Bolaning vaziyatni tushunish, vaziyat va undagi o'zgarishlami boshdan kechirish muayyan emotsional holatni hosil qiladi. Bola uchun odatiy bo'lgan vaziyatlaming buzilishiga bola hayot tarzi, kun tartibining o'zgarishi sabab bo'lishi mumkin. Bu esa ba’zida stress holatini yuzaga keltiradi. A.I.Mishkis va L.G.Golubevanirig ma’lumotlariga ko'ra, bolalar yangi sharoitlaiga moslashishi uchun 2 oy talab qilinadi. Odatiy vaziyatning buzilishi affektiv reaksiyalar shuningdek, qo'rquvni keltirib chiqishi mumkin. Affekt (qisqa muddatli, jo'shqin kechadigan salbiy emotsional reaksiya) bosh miya po'stlog'i boshqaruv funksiyasning sustligi natijasi bo'lishi ham mumkin. 90 Bolalardagi o'zgarish tormozlanishdan ustun kelishi mumkin. Bola ijobiy emotsiyalaming jo'shqin ifodalanishini tormozlay olmasligi tufayli qarama- qarshi (salbiy) emotsiyalar paydo bo'lishi mumkin. Masalan, jo ‘shqin xursandchilik ko‘pincha yig‘i va ko‘z yoshi bilan tugaydi. Download 485.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling