Z nishanova, G. Alimova
Amaliy qobiliyatlarning rivojlanishi
Download 485.46 Kb. Pdf ko'rish
|
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova G
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14.5. Maxsus qobiliyatlarning rivojlanishi Maxsus qobiliyatlar — bu shaxsning individual psixologik 101
14.4. Amaliy qobiliyatlarning rivojlanishi
Amaliy faoliyatli qobiliyatlar inson hayotida katta ahamiyatga ega. Ular orasida tashkilotchilik asosiy rol o‘ynaydi. Ulami ilk bolalik davrining so‘ngida kuzatishimiz mumkin. Tashkilotchilik qobiliyatining paydo bo‘lishi muloqotchanlik va guruhdagi faoliyatning rivojlanishi bilan uzviy bog'liq. Konstruktiv amaliy qobiliyatlar bog‘cha yosh davrida yaxshi rivojlanadi. Ko‘pincha bolalar tomonidan ushbu tipdagi konstuktorlash jarayonida yaratilgan qurilmalar o'zlarining faoliyatlarida foydalanish uchun qo‘l keladi (qurilgan kema sayohatga jo‘naydi, uychalariga nafaqat qo‘g‘irchoq sig'adi, balki o‘zlari ham joylashadilar). Qurilmalarni yaratish uchun maxsus qurilish vositalaridan ham foydalaniladi (masalan, taxtachalar, yog‘och, faner va kartondan yasalgan qutilar vah.z.). ushbu konstruktorlash tipi nafaqat bog'cha bolasining konstruktorlash qobiliyatini, balki m uloqotning zaru r m alakalari, axloqiy sifatlarn in g faol shakllanishini ta ’m inlaydi. B olalar o ‘zaro rejalashtirilgan harakatlari jarayonida maslahatlashish, tashabbus ko’rsatish, o ‘z takliflarini inobatga oldirish, yonbosish, bir-biriga yordam berish, umumiy yutuqdan zavqlanishni o‘rganadilar. Ijodiy konstruktorlash ayniqsa, bog'cha yosh davrining oxiriga borib yorqin namoyon bo‘ladi, ulardan o‘z faoliyatini mustaqil rejalashtirish, ijodkorlikka moyillik kabilami kuzatishimiz mumkin. 14.5. Maxsus qobiliyatlarning rivojlanishi Maxsus qobiliyatlar — bu shaxsning individual psixologik 101 xususiyatlari bo‘lib, faoliyatning maxsus turlarida muvaffaqiyatni ta’minlaydi. Bolalarda musiqiy qobiliyatlar juda erta shakllana boslilaydi. Ular awalambor o‘z tarkibiga chapakni his qilishda, yuqori musiqaviylikda (musiqaga emotsional javob qaytarish qobiliyati), shuningdek musiqani nozik did bilan farqlash (musiqaviylikning eshituvchanlik komponenti) qobiliyatida namoyon bo'ladi. B.M.Teplovning fikri bo'yicha, chapakni his qilish bilan mutanosib ravishda musiqiy- reproduktiv qobiliyat garmonik his-tuyg‘uning asosida yotadi. Musiqiy qobiliyatlar kerig qirralidir. Bog‘cha yosh davrida musiqiy qobiliyat faol tarzda rivojlanadi. Bog'cha yoshidagi bolalarning sevimli mashg'uloti bu rasm chizishdir. Musiqiy faoliyat kabi tasviriy faoliyat ham erta shakllanadi. Hatto agar ular u tarzda yorqin namoyon bo‘lmagan bo‘lsa ham barcha bolalarda bu qobiliyatni rivojlantirish kerak, zero rasm — shunday faoliyat turiki, uningsiz to'laqonli shaxs rivojlanishini tasawur qilish qiyin. Tasviriy faoliyat tevarak- atrofni yanada chuqurroq, to‘laroq ko‘rishga hamda uning go‘zalligini his qilishga o‘rgatadi. V.I.Kirienko, E.I.Ignatev va boshqa psixologlarning fikricha, tasviriy qobiliyatlar o‘z o‘mida murakkab ta’limiy kompleksga ham ega bo£lib o‘z tarkibiga bir qator zarur va maxsus qobiliyatlami oladi. Download 485.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling