Z nishanova, G. Alimova
Download 485.46 Kb. Pdf ko'rish
|
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova G
107
XVI - BOB BOLALAR PSIXOLOGIYASI FANINI 0 ‘QITISH METODIKASIGA KIRISII 16.1. Bolalar psixologiyasi fanini o‘qitish metodikasining asosiy maqsad va vazifalari Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lihi-tarbiyasining samaradorligi birinchi navbatda tarbiyachi-murabbiylaming bilimi va mahoratiga bog'liq bo'ladi. Tarbiyachi faoliyatining muvaffaqiyatini belgilab beruvchi bilimlar tizimida uning bolalar psixologiyasi sohasidagi bilimlar markaziy o'rinni egallaydi. Bolalar psixologiyasi fani bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lgandagina tarbiyachi qo‘l ostidagi bola psixik taraqqiyotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlami, ulaming sabablarini to‘g‘ri tushunadi; bola psixik taraqqiyoti jarayoniga faol ta’sir ko'rsatadi va uni boshqara oladi; bola psixik taraqqiyotida uchrashi mumkin bo‘lgan muammolarini oldini olib, ulami bartaraf eta oladi. Bolalar psixologiyasi fani bo‘yicha bilimga bo‘lajak tarbiyachilar oliy yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtlaridagi ta’lim jarayonida ega bo'ladilar. Ta’lim — inson faoliyatining maxsus shakli bo‘lib, u ajdodlar tajribasida to‘plangan bilim, ko‘nikma va malakalami avlodlarga etkazish maqsadini ko‘zlaydi. Ta’lim — maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o ‘tkaziladigan, o ‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, bilim qobiliyatlarini o‘stiradigan, ulaming dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir. Ta’lim berish jarayonining mazmuni, qoidalari, metodlari, shakllarini pedagogika fani o'rganadi. Pedagogika fanining tarmoqlaridan biri xususiy metodikadir. Xususiy metodika alohida fanlami (masalan, tarix, ona tili, maktabgacha tarbiya pedagogikasi va hokazo) o ‘qitish qonuniyatlarini o‘rganadigan fanlarni o‘z ichiga oladi. Shunday fanlardan biri bolalar psixologiyasi fanini o‘qitish metodikasidir. M a’lumki, bolalar psixologiyasi — psixologiya fanining tarmoqlaridan biri bo‘lib, u turli yosh bosqichlarida bola psixikasining taraqqiyoti, bir bosqichdan ikkinchisiga o ‘tishi qonuniyatlarini 108 o'rganadi. Bolalar psixologiyasi insoniyat tug‘Ugandan etuklikka erishguncha psixik jihatdan qanday rivojlanib borishini, bu jarayon qanday qonuniyatlar asosida kechishini o‘rganuvchi fandir. Bolalar psixologiyasi fanini o‘qitish metodikasi bolalar psixikasi va uning rivojlanishini o‘rganmaydi. Bolalar psixologiyasi fanini o‘qitish metodikasi bo‘lajak tarbiyachilarni “Bolalar psixologiyasi” fanining o‘qituvchisi roliga tayyorlaydi. 0 ‘qitish metodikasi talabalarga oliy o‘quv yurtida yoki o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida bolalar psixologiyasi fanidan dars o'qitishning yo‘l-yo‘riqlarini o‘rgatadi. Uning asosiy maqsadi fan asoslari bo‘icha ta’lim oluvchilarga bilim berishning samarali usul va metodlarini o‘rgatish, ta’lim jarayoni kutilgan natijalami berishi uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligini tushuntirishdan iborat. Boshqacha qilib aytganda bolalar psixologiyasi fanini o‘qitish metodikasi mazkur fanni o'qitish qonuniyatlarini o‘rgatadi. Ba’zi o‘qituvchilar fanni o‘qitishga ijodiy yondashmaydi, ularning darslari zerikarli va mazmunsiz o‘tadi. Boshqa ayrim o‘qituvchilar dars o‘tganda vaqt o‘tgani bilinmay qoladi. Bulaming barchasiga o‘qituvchilar pedagogik mahorati va metodik bilimidagi farqlar sababdir. Bolalar psixologiyasi fanini o‘qitish metodikasi ta’lim jarayonini qiziq va samarador qilib tashkil etish uchun zarur bo‘lgan bilim, ya’ni metodik bilimni beradi hamda talabalarda pedagogik mahorat elementlarini shakllantiradi. Bolalar psixologiyasi fanini o ‘qitish metodikasi quyidagi vazifalami bajaradi: 1. Bolalar psixologiyasi fanining optimal mazmunini ishlab chiqish; 2. Bolalar psixologiyasi fani bo‘yicha bo‘lajak o‘qituvchilami ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish ko‘nikma-malakalari bilan qurollantirish uchun ulami o‘qitishning eng samarali shakl, metod va usullarini tizimlashtiradi; 3. Bolalar psixologiyasi fanini o ‘qitish bo‘yicha hozirgacha to‘plangan amaliy tajribalami tizimlashtirish va kelajakka tavsiyalar ishlab chiqish; 4. Bolalar psixologiyasi fanidan dars beradigan b o ‘lajak o'qituvchilami o‘z faoliyatlariga ijodiy yondashuvga o'rgatish. Download 485.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling