Z nishanova, G. Alimova
16.2. Bolalar psixologiyasi faninini o‘qitish metodikasi kursining
Download 485.46 Kb. Pdf ko'rish
|
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova G
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16.3. Bolalar psixologiyasi fanini o‘qitish metodikasining asosiy tamoyillari
109
16.2. Bolalar psixologiyasi faninini o‘qitish metodikasi kursining tarkibiy tuzilishi Bolalar psixologiyasi fanini o‘qitish metodikasi kursi o‘zining muayyan tarkibiy tuzilishiga ega. Uning asosini bolalar psixologiyasi fanining asosiy bo'limlari tashkil etadi. bolalar psixologiyasi fanini o‘qitish metodikasining tarkibi quyidagi qismlardan iborat: 1. Bolalar psixologiyasi fanining umumiy masalalarini o'qitish metodikasi. Bu bo‘limga bolalar psixologiyasi fani predmeti, metodlari, bola psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini o'rgatish masalalari kiradi. 2. Go'daklik va ilk bolalik davrlarida bola psixik taraqqiyoti xususiyatlari bilan bog'liq masalalami o‘qitish metodikasi. 3. M aktabgacha yosh davrida bola psixik taraq q iy o ti qonuniyatlarining mazmuni, psbdk taraqqiyotda bola faoliyati va ijtimoiy munosabatlarning ahamiyati bilan bog‘liq masalalarni o‘qitish metodikasi. 4. Maktabgacha yosh davrida bola shaxsining taraqqiyoti, bola xulq- atvorining motivlari, bola shaxsi ma’naviy sifatlarining shakllanishi, bola hissiyotlari va irodasining rivojlanishi bilan bog‘liq masalalami o'qitish metodikasi. 5. Maktiabgacha yosh davrida bola aqliy taraqqiyoti, bola nutqining, diqqatining, xotirasi va xayolining, shuningdek, tafakkurining rivojlanishi, bola sensor rivojlanishi bilan bogcliq masalalami o'qitish metodikasi. 6. Bolaning maktabga psixologik jihatdan tayyorlash bilan bog'liq masalalami o'qitish metodikasi. Mazkur bo‘limlami o'qitish metodikasi pedagogika fani yutuqlari va bo‘lim mazmunidan kelib chiqib belgilanishi lozim bo'ladi. 16.3. Bolalar psixologiyasi fanini o‘qitish metodikasining asosiy tamoyillari Ta’lim jarayoni samarali tashkil qilinishi uchun o'qituvchi muayyan qoidalarga-o‘qitish tamoyillariga rioya etishi kerak. Bolalar psixologiyasi va uni o'qitish metodikasi fanini o‘rgatishda qanday 110 tamoyillarga rioya qilinishi lozimligini o‘rgatish bilan bir qatorda o‘zi ham muayyan qoidalarga rioya etmog‘i lozim. Bu qoidalar quyidagilardan iborat: 1. Bolalar psixologiyasi va umumiy psixologiya fanlari bo‘yicha egallangan talabalar bilimiga tayanish; 2. D idaktika sohasida erish ilay o tg an y u tu q lar, ishlab chiqarilayotgan yangi metodlardan faol foydalanish; 3. Talabalarda fanni o‘qitish jarayoniga ijodiy yondashish ehtiyojini shaldlantirib borish; 4. Talabalarga metodika yuzasidan berilayotgan nazariy bilimlami real o‘qituvchilik faoliyati bilan bog‘lash; 5. Talabalar metodika bo'yicha egallanayotgan bilimlardan amaliyotda foydalanishga qanchalik tayyorligini aniqlab borish; 6. Psixologiya fanining boshqa sohalari — psixodiagnostika, psixologik treninglar o'tkazish metodikasi, psixokorreksiya imkoniyatlaridan foydalanish. Mazkur qoidalar tamoyillarga muvofiq tashkil etilgan bolalar psixologiyasi fanini o‘qitish metodikasi kursi talabalaiga sifatli metodik bilimning berilishini kafolatlaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling