Z nishanova, G. Alimova
Bolalar psixologiyasi fani o‘qituvchisining metodik
Download 485.46 Kb. Pdf ko'rish
|
Bolalar psixologiyasi va uni o\'qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova G
17.3. Bolalar psixologiyasi fani o‘qituvchisining metodik
mahorati Pedagogik faoliyatga tayyorlanishda talabalaming uzoq yillar davom ida ushbu faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan o‘qituvchilarning tajribasini o‘zlashtirishi juda muhim. SHuning uchun talabalar har bir o ‘qituvchisi ish tajribasidan o ‘ziga, bo‘lajak pedagogik faoliyatiga imkon qadar ko£proq naisa olishga harakat qilishi lozim. Bunda talabalar har bir o‘qituvchining metodik mahoratiga e’tibor berishlari kerak bo‘ladi. Pedagogik amaliyotning ko‘rsatishicha, metodik mahorati past bo‘lgan o’qituvchi quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi: - ta’lim metodlarini auditoriya xususiyatlarini hisobga olmay tanlaydi; - tanlangan ta’lim usuli natijasini oldindan ko‘ra bilmaydi; - faoliyatida ta’siming to‘g‘ridan-to‘g‘ri usullari ustun bo‘ladi; - o‘z ko‘rsatmalarini aniq bajarishnigina yuqori baholaydi; - pedagogik ta’siming tor doiradagi turlaridan foydalanadi; - muloqotning avtoritar uslubidan foydalanadi; 114 - talabalarda itoatkorlik, bajaruvchanlik xususiyatlarini rivojlantirishga urg‘u beradi; - bilimlami talabalarga uzatishgagina e’tibor beradi. M etodik m ahorati yuqori bo'lgan o ‘qituvchi quyidagi xususiyatlaiga ega bo‘ladi: - pedagogik metodlami talabalar saviyasiga muvofiq tanlaydi; - tanlangan metod va usullar orqali erishiladigan natijani oldindan ko‘ra biladi; - faoliyatida ta’siming aylanma usullari ustunlik qiladi; - talabalar o‘quv dasturini o'zlashtirishida ularda mustaqillikni rivojlantirishi uchun sharoit yaratadi; - pedagogik ta’sir etishning xilma-xil turlaridan foydalanadi; - muloqotning demokratik uslubidan foydalanadi; - talabalar emotsional-intellektual sohalarining rivojlanishiga urg‘u beradi; - talabalarni faollikka undaydi, ular bilim larni o ‘zlari o‘zlashtirishlarini ta’minlashga e’tibor beradi. Bolalar psixologiyasi fani o'qituvchisi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishishi uchun undan yuksak metodik mahorat talab etiladi. Metodika sohasidagi mahorat ikki katta qismdan tashkil topadi. Birinchi qism bilim, ikkinchisi tajriba. 0 ‘qituvchi pedagogik tajribasi ortgan sayin uning metodik mahorati ham takomillashib boradi. Metodik mahorat asosini tashkil etuvchi bilim esa bolalar psixologiyasi fanini o'qitish metodikasini o‘rganish orqali hosil bo‘ladi. Nazariy bilim amaliy tajriba poydevori bo‘lib xizmat qiladi. Yuksak metodik bilim va amaliy tajriba birgalikdagi yuqori mahoratli o‘qituvchini shakllantiradi. Download 485.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling