Z. T. Taxirov nashr jarayoni asosiy bosqichlari


Download 6 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/167
Sana24.10.2023
Hajmi6 Mb.
#1718351
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   167
Bog'liq
Nashr jarayoni asosiy bosqichlari. Taxirov Z.T.

Afrosiyob-mifologik obraz. 1. Avestoda Frangxrasyan deb 
atalgan. Avestoda A. shohlik ilohiy martabasi farn (xvarno) 
ni qo‘lga kiritish uchun mifologik Varokasha dengizi tubiga 
tushishga ahd qiladi va bunda Anaxitadan yordam so ‘raydi. 
Lekin if bu iltimosni rad etadi. Frangxrasyan ust-boshini yechib 
dengiz tubiga 3 marta sho‘ng ‘iydi, ammo harakati zoye ketadu 
Avestoda и samarasiz harakat qilayotgan afsonaviy obraz sifatida 
namoyon bo'ladi. Bu mavzu “Avesto”dan M
Shohnoma”ga 
ham o ‘tgan. Lekin Avestoning Eron podshohlari bilan jangga 
kirishuvi - y a ’ni Eron bilan Turonning tnifologik raqobati 
g'oyasi Avestoda y o ‘q. A.ning Eron shohlarining dushmani qilib 
ko‘rsatish g ‘oyasi yozma adabiyotga birinchi bo‘lib Firdavsiy 
“Shohnoma”si orqali kirgan. U Faridun (Traztaona)ning Tur 
ismli o ‘g ‘lidan tarqalgan shajaraga mansub. Otasining ismi- 
Tajang. В и talqinda Firdavsiy zamoni uchun muhim bo‘lgan 
turk davlatchiligi va eroniy davlatlar o ‘rtasida tarixiy у uzma-yuz 
turish - harbiy-siyosiy muholiftik o ‘z aksini topgan. Shu bilan 
A.ning ilohiy oliy baxt, hokimiyat ramzi-farn ilinjidagi mifologik 
shaxs qiyofasi tarixiylik kasb etgan. Mifologik tassavvurdan
3 6


о ‘sib chiqqan adabiy an'папа, y a ’ni Avesto Turon podshohi 
degan tushuncha tufayli xalq orasida Samarqandning qadimiy 
qo‘rg‘oni, Toshkentdagi M ingo‘rik xarobalari, Buhorodagi 
Romitan qo‘rg‘oni kabiyodgorliklarni uning nomi bilan bog‘lash 
hanuzgacha saqlangan.
2. Turkiy yozma yodgorliklarda A. epik qahramon To‘nga alp 
Er (Yusuf Xos Hojib), Alp Er To‘nga (Mahmud Koshg‘ariyda) 
bilan bir shaxs qilib ko'rsatilgan. Bu qiyoslanish har ikki obrazni 
Turon bilan bog'Uqligi tufayliyuzaga kelgan. Ba'zi olimlar (A. 
Abdurahmonov) A.ni tarixiy shaxs deb hisoblaydilar. Aslida A. 
va Alp Er To(nga miflari orasida katta tarixiy-madaniy tafovut va 
anoxronizm mavjud. A. ibtidoiy tafakkurning mifologik hosttasL 
Alp Er To‘nga esa Turk davlatchiligi davrlarining umumlashmnsi 
sifatida o ‘rganilishi lozim.
3. Turkiy xalqlar bobokaloni, turkiylar podshosi, bahodir, 
jahongir Qoraxoniylar va Saljuqiylar o ‘z shajaralarini A.dan 
boshlaganlar. Turli yozma manbalarda A haqidagi m a ’lumot 
turlicha. Masalan, “Buxoro tarixi* (Nmrshaxiyda A. 2000 yil 
yashagan afsungar, kuyovi Siyovushmng qotili, Romitan qai’asi 
bunyodkori va nihoyat, Siyovush qasosi uchun o ‘g ‘li Kayxusrav 
tomonidan oUdirilgan deb k o ‘rsatiladi. (O'zbekiston MiUiy 
Ensiklopediyasi 1-jild, 517-518-b).
Yuqoridagi misoldan ko‘rinadiki, muharrir, ilmiy tahririyat 
mudiri to‘g‘ri qarorga kelgan.
Muallifga u asar ustida ish boshlagan ilk davrdayoq yordamla- 
shishning boshqa shakli ham bor. Ayrim hollarda asaming ayrim
3 7


qismlarini shu kitob mo‘ljallangan o‘quvchilari auditoriyasida 
muhokamasini o‘tkazish foydadan holi bo‘lmaydi.
Aytaylik, bolalar uchun mo‘ljallangan asar kompozitsiyasi, ba- 
yon usuli, tili va uslubini to‘g‘ri tanlash uchun kitob mavzusi bo‘- 
yicha uni o‘quvchilar bilan qo‘lyozma muhokamasini o‘tkazish 
tufayli muallif auditoriyani his etishga erishadi.
Muharriming nashr jarayonining bu bosqichidagi ishlash shakli 
rejalashtirilgan nashr turiga, muallifning individual jihatlariga 
bog‘liq. Muharrir muallifdagi, ayniqsa, yozish ishini endi boshlagan 
mualliflar bilan muloqotda bu jihatlami albatta e’tiborga olishi 
lozim. Muharrir mazkur ish jarayonida muallifga yotig‘i bilan 
materialni tanlash, tajribali adiblar va jumalistlar ijod laboratoriyasi 
bilan tanishish, noshirlik faoliyatiga oid ma’lumotnomalar bilan 
tanishib chiqish haqida maslahatlar berishi mumkin. Zero, u tavsiya 
etgan nashrlarda, odatda, muallifning huquq va majburiyatlari
qo‘lyozmaning rasmiylashtirilishi bo‘yicha talablar, yozuvda 
harflardan foydalanish yo‘riqlari haqida ma’lumotlar bo‘lishi kerak. 
Muharrir uchun esdaliklardan foydalanishni tavsiya etishi ham 
mualliflarga ortiqchalik qilmaydi. Xullas, muallifni qo‘lyozmani 
nashriyotga topshirish uchun qanday tayyorlashning barcha shart- 
laridan, ya’ni qo‘lyozma qanday shaklda, ko‘rinishda taqdim etili- 
shidan tortib, to jadvallar qanday tuzilishi, tavsiflar, chizmalar
portretlar qanday tayyorlanishi, joylashtirilishi, iqtiboslar izohi, 
havolalar va adabiyotlar ro‘yxati, bibliografik ko‘rsatgichlar qan­
day berilisl.i va boshqalardan xabardor qilishi kerak. Bu ishlar 
go‘yo ikkinchi, uchinchi darajadagidek tuyulsa-da, lekin jiddiy 
ahamiyatga molikdir.


Muharriming у ana bir muhim vazifasi muallif hali ishlashda 
davom etayotgan qismlar, boblar bilan tanishishdir. Yuqorida 
aytilganlami amalga oshirish go‘yo muharrirlik vazifalaridan emas- 
dek, bundan tashqari bularga muharriming vaqti etmaydigandek 
tuyulsa-da, ammo muharrir vaqt topishi kerak, vaholanki, uning 
“zoye ketgan” bu vaqti keyinchalik ikki-uch barobar samara bilan 
qaytishi mumkin. Shunday qilib muallifning nashr jarayonining 
to'laqonli a’zosi bo‘lishi uchun imkon beruvchi muallif bilan 
muharrir munosabati shakli yuzaga keladi. Bo‘lajak kitobning 
muvaffaqiyati esa ko‘p jihatdan shunga bog‘liqdir.
Takrorlash va muhokama uchun savollar
1. Darslik va ensiklopedik asar tarhi xususida nima bilasiz?
2. To‘plam, antologiyalar tarhini ta’riflang, boshqa asarlardan 
qanday farqga ega?
3. Muharrir va muallif hamkorligi qanday shaklda bo‘ladi?
4. Asaming birinchi o'quvchisi kim?


3-BOB
NASHR JARAYONINING TAHRIR BOSQICHI

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling